1. “Umumiy qoidalar” bo‘limida:
a) oxirgi xatboshi “vazirliklar va idoralar” so‘zlaridan keyin “xo‘jalik birlashmalari
(korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalari va boshqalar)” so‘zlari bilan
2. “B” bo‘limda:
“1.1.2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun
mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-
uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish,
saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan
xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar,
inventarlarning, xo‘jalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat
vositalarining qiymati”;
b) 1.1.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.1.5. Tabiiy xomashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi
bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, korxonalar tomonidan suv xo‘jaligi tizimlaridan
beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun
– yog‘och, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga
huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari”;
v) 1.1.8-banddagi “tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi”
so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 1.1.12-banddagi “bojxona bojlari va yig‘imlardan” so‘zlaridan keyin “soliqlardan
(korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib
oladiganlardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
d) 1.3.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.3.2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga
ajratmalar”;
e) 1.4.2-banddagi “nomoddiy aktivlar” so‘zlaridan keyin “(Gudvill (firmaning narxi)dan
tashqari”) so‘zlari qo‘shilsin;
j) 1.5.2-banddagi “belgilangan normalar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari chiqarib
tashlansin;
z) 1.5.3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy
sug‘urta qilish xarajatlari”;
i) quyidagi mazmundagi 1.5.11 va 1.5.12-kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
“1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan
bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo‘lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan
tartibda;
1.5.12. Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo‘yicha xarajatlar, agar ular
kapital xarajatlarga tegishli bo‘lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu
xarajatlar “Kelgusi davrlar xarajatlari” sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan
muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning
hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini
hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobga olish
siyosatida aks ettirilishi kerak”;
k) 2.1.2-banddagi “ishlari xarajatlari” so‘zlari “sotish bo‘yicha xarajatlar” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
l) 2.1.2.9-bandda “norma doirasida va undan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
m) 2.1.2.11-banddagi “majburiy” so‘zidan keyin “va ixtiyoriy” so‘zlari qo‘shilsin;
n) 2.1.3-banddagi “belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
o) 2.2.6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.2.6. Ijara, xizmatlar ko‘rsatilganligi, ma’lumotlar berilganligi uchun aloqa uzellariga
haq to‘lash (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing aloqa, radiochastotalar ijarasi, ajratilgan kanallar,
ma’lumotlarni berishning simli va simsiz tarmoqlari, Internet)”;
p) 2.2.7-banddagi “belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
r) 2.2.11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni
majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari”;
s) 2.2.12 va 2.2.13-bandlardagi “belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha”
so‘zlari chiqarib tashlansin;
t) 2.2.15-banddagi “shu jumladan, yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan
ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun
to‘lovlar” so‘zlari “tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun
kompensatsiya to‘lovlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
u) 2.3.1-banddagi “normalar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
f) 2.3.4-banddagi “shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektning qatnashchilaridan
(mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
x) 2.3.10-bandda “joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan
normativlar doirasidagi va ulardan ko‘proq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ts) 2.3.14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.3.14. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xo‘jalik
yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar,
davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro
tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash”;
ch) 2.3.15.2-banddagi “tabiiy yo‘qolish normalari doirasidagi va normalardan ko‘proq”
so‘zlari chiqarib tashlansin;
sh) 2.3.15.11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki
(aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko‘rilgan zararlar”;
e) quyidagi mazmundagi 2.3.16., 2.3.17., 2.3.18., 2.3.19. 2.3.20-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‘jaliklar tomonidan xo‘jalik
yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot
(ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narx tafovutlari.
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan
bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulk bo‘yicha,
belgilangan tartibda.
2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni
takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish,
xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan
bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari.
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment
ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni
tayyorlash va sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik
va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash
xarajatlari va boshqa xarajatlar.
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari”;
yu) 2.3.15- “Boshqa xarajatlar” bandi 2.3.21- “Boshqa xarajatlar” bandi deb hisoblansin;
ya) 2.4.2., 2.4.6., 2.4.7-bandlari chiqarib tashlansin;
o‘) 3.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar
(investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va
boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlardan tashqari), shu jumladan,
muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar”.
3. “V” bo‘limning 2.6-bandi quyidagi mazmundagi gap bilan to‘ldirilsin:
“Tovar-moddiy boyliklarni to‘liq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar)
sotilishiga ko‘ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi)”.
Do'stlaringiz bilan baham: