Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari


Moliyaviy menejmentning kontseptsiyalari



Download 18,16 Kb.
bet2/6
Sana29.11.2022
Hajmi18,16 Kb.
#874855
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari-fayllar.org

2. Moliyaviy menejmentning kontseptsiyalari.


  • Hozirgi kunga kelib moliyaviy menejmentning muhim nazariy asoslari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • - pul oqimlari konsepsiyasi;

  • - pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati konsepsiyasi;

  • - risk va daromadlilik konsepsiyasi;

  • - bozor samaradorligi haqida gipoteza;

  • - portfel nazariyasi va aktivlar narx shakllanishi modeli;

  • - kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi;

  • - agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar.

  • Yuqorida sanab oʻtilgan moliyaviy menejmentning nazariy asoslari xususida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Pul oqimlari konsepsiyasi


  • Har qanday korxona (MChJ, AJ va boshqalar) faoliyat koʻlami va turidan qat’iy nazar oʻz moliyaviy munosabatlarini aniq tizim asosida tashkil etadi va bu tizim pul mablagʻlari harakati asosida ishlaydi.

  • Pul oqimlarini tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablagʻlarining kirib kelishi va chiqib ketishidagi oʻzaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi. Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasi korxona ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablagʻlari miqdori korxonadan chiqib ketayotgan pul miqdoridan ortiqni tashkil etishi lozim. Boshqa tomondan esa korxona tomonidan olinadigan pul mablagʻlarining kelib tushish vaqti pul mablagʻlarining chiqib ketish vaqtidan qisqaroq boʻlishi talab etiladi. Keltirilayotgan bu ikki jihat har qanday korxona uchun moliyaviy barqarorlik va toʻlovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samaradorligiga erishishga ham xizmat qiladi. Shu oʻrinda aforizmga aylangan bir iborani keltirish maqsadga muvofiq: “Pul hech qachon koʻp boʻlmaydi!”

Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati konsepsiyasi.


  • “Vaqt – puldir!” degan iborani koʻp eshitganmiz va koʻp ibora uni ishlatganmiz. Lekin bu iboraning asl moliyati haqida koʻp ham oʻylab koʻrmaganmiz. Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati (time-value of money) konsepsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablagʻlari bir xil boʻlmagan qimmatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish vaqti pul mablagʻlarining miqdoriga nisbatan katta amamiyatga ega. Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt oʻtgandagiga nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qoʻshimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qoʻyilishi mumkin.

  • Ma’lum vaqtdan soʻng zarur miqdordagi pul mablagʻlariga egalik qilish uchun korxona ma’muriyati mavjud pul mablagʻini hozirning oʻzida yoʻnaltirish lozim boʻladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablagʻlarining joriy vaqtdagi qiymati (present value – PV)dan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim. Pul mablagʻlarining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash boʻyicha maxsus metodikadan foydalanadilar.

Download 18,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish