2.1 – jadval
(mlrd.so’mda)
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlar tizimi
14
Ko'rsatkichlar
2013-yil
2014-yil
2015-yil (prognoz)
mlrd
so'm
jamiga
nisbatan
% da
mlrd
so'm
jamiga
nisbatan
% da
mlrd
so'm
jamiga
nisbatan
% da
I. DAROMADLAR (MAQSADLI JAMG'ARMALARSIZ) JAMI:
26223
100 31729,6
100 36184,9
100
1. To'g'ri soliqlar
6353,7
24,23
7433.1
23,43
8554,3
23,64
1.1 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i
1038,8
16,35
1120.2
15,07
1284,8
15,02
1.2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to'lovidan
davlat budjetiga ajratmalar
832,6
13,1
954.4
12,84
1193,1
13,95
1.3 Yagona soliq to'lovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan
mikrofirmalar va kichik korxonalardan ajratmalar
755
11,88
967.9
13,02
1067,1
12,47
1.4 Jismoniy shaxslar daromadiga soliq
2717,3
42,77
3261.7
43,88
3648,8
42,65
1.5 Tabirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qa'tiy belgilangan soliq
415,6
6,55
553.1
7,44
617
7,21
1.6 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i
594,4
9,35
575.7
7,75
743,5
8,7
2. Egri soliqlar
13398,6
51,1 16851.8
53,12 19115,8
52,83
2.1 Qo'shilgan qiymat solig’i
7552,5
56,36
9475.6
56,22
10721,7
56,1
2.2 Aksiz solig'i
4168,3
31,11
4941.1
29,32
5528,8
28,92
2.3 Bojxona boji
1007,4
7,53
1350
8,02
1583,6
8,28
2.4 Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg'isi va suyiltirilgan gaz
iste'mol qilganlik uchun soliq
670,5
5
1085.1
6,44
1281,7
6,7
3. Resurs to'lovlari va mulk solig'i
3888,2
14,83
4311.6
13,58
5741,8
15,87
3.1 Mulk solig'i
1011,6
26,02
1273.8
29,55
1716,7
29,9
3.2 Yer solig'i
583,4
15
647.5
15,02
929,6
16,19
3.3 Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq
2190,9
56,35
2275.6
52,77
2931,8
51,06
3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
102,4
2,63
114.7
2,66
163,7
2,85
4. Boshqa daromadlar
2582,5
9,84
3133.1
9.87
2773
7,66
14
www.stat.uz
ma’lumotlari va “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi Prezidentning PP –
2270 sonli qaroriga asosan mustaqil tuzildi
43
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlarining 2013 – 2015
yillardagi tarkibi va ularning budjet daromadlaridagi salmog’ini yuqorida
keltirilayotgan 2.1. - jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
2.1 – jadvaldandan ko’rishimiz ham mumkinki, budjet daromadlarini
shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jadval ma’lumotlariga e’tibor
beradigan bo’lsak, so’nggi yillarda mamlakatimizda soliqlar budjet daromadlarini
94-95 foizini tashkil etayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan qaraydigan bo’lsak eng katta ulush egri
soliqlarga to’g’ri keladi, egri soliqlar mamlakatimizda budjet daromadlarini
shakllantirishda eng katta ulushga ega. Egri soliqlar tarkibiga kiruvchi qo’shilgan
qiymat solig’i, aksiz solig’, bojxona boji egri soliqlarning 90 foizdan ortig’ini
tashkil etadi. Jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, egri soliqlar 2013-
yilda jami budjet daromadlarining 51.1 foizini ya’ni 13398.6 mlrd so’mni tashkil
etgan bo’lsa, 2014 – yil ma’lumotlari asosida 16851.8 mlrd so’mga yetib 53.12
foizni tashkil etgan va
2014 – yil 4- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining
2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti
parametlari to‘g‘risida”gi Prezidentning PP – 2270 sonli qarori ma’lumotlariga
asosan 2015 – yilda bilvosita soliqlar 19115.8 mlrd so’mni ya’ni jami budjet
daromadlariga nisbatan 52.83 foiz etib rejalashtirilgan.
Egri soliq tarkibida QQS katta ulushga ega, QQS har bir ishlab chiqarish
bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali soliqdir. Korxona
kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot etkazib beruvchilardan tovar va xomashyo
sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi, ya’ni QQS
ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi. Jadvaldan
qo’shilgan qiymat solig’i ma’lumotlarini tahlil qilsak QQS 2013 – yilda jami egri
soliqlarning 56.36 foizini ya’ni 7552.5 mlrd so’mni tashkil etgan, 2014 – yilda bu
ko’rsatkich 56.22 foizni tashkil etib 9475.6 mlrd so’mga teng bo’lgan va bu sonlar
2015 – yilda 56.1 foizni tashkil etib, so’m hisobida 10721.7 mlrd so’mga yetkazish
rejalashtirilmoqda, bu soliqni jami budjet daromadlari tarkibida ham eng katta
ulushga ega ya’ni 2013 – yilda QQS jami budjet daromadlarini 28.8 foizini
44
shakllantirgan, 2014 yil davomida bu soliq turi jami budjet daromadlarini 29.86
foizini to’ldirgan va 2015 – yilda esa bu ko’rsatkich 29.63 foizga yetkazish
rejalashtirilgan.
Shu o’rinda Aksiz solig’iga ham to’xtalsak, bilvosita soliqlar tarkibida Aksiz
solig’i ham salmoqli ulushga ega bu ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo’lsak 2013 –
yilda bu soliq jami egri soliqlar tarkibida 31.11 foizni tashkil etib 4168.3 mlrd so’m
bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2014 – yil davomida jami egri soliqlarning 29.32
foizini yoki 4941.1 mlrd so’mga yetgan va 2015 – yilda bu ko’rsatkichni 28.92
foizga yoki milliy valyutada 5528.8 mlrd so’mga yetkazish ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |