2.2 – jadval.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlari tizimi
16
(
mlrd so’mda)
Ko'rsatkichlar
2013 yil
2014-yil
2015-yil (prognoz)
mlrd
so'm
jamiga
nisbata
n % da
mlrd
so'm
jamiga
nisbata
n % da
mlrd
so'm
jamiga
nisbatan
% da
XARAJATLAR (MAQSADLI
JAMG'ARMALARSIZ) – JAMI
25825,9
100
31425
100 37967,7
100
1. ijtimoiy soha va aholini
ijtimoiy qo'llab quvvatlash
xarajatlari
15147
58,65
18490.8
58,84 21485,2
56,59
shundan:
1.1 Maorif
8803,2 58.11
10673.5 57.73
12776,2
59,46
1.2 Sog'liqni saqlash
3709,9 24.49
4507.2 24.38
5372,5
25
1.3 Madaniyat va sport
287,4 1.9
361.5 1.95
388,3
1,89
1.4 Fan
164,7 1.09
187 1.01
245,3
1,14
1.5 Ijtimoiy ta'minot
106,4 0.7
126.2 0.68
150,4
0,7
1.6 Bolali oilalarni hisobga
olgan holda ijtimoiy nafaqalar
1611,3 10.63
1805 9.77
2279,8
10,61
1.7 Qishloq joylarda yakka
tartibdagi uy-joylar qurish
dasturini birgalikda
moliyalashtirishga kredit
liniyasi
374,7 2.47
706.7 3.82
971,8
4,52
2. NNT, NST va fuqorolik
jamiyatlari institutlarini
rivojlantirish uchun
mablag'lar va grantlar
7
0,03
8.2
0,03
10
0,026
3. Iqtisodiyot xarajatlari
2749,8
10,65
3364.9
10,7
4119,7
10,85
4. Markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari
1439,6
5,57
1616.5
5,15
1800
4,74
5. Davlat hokimiyati,
boshqaruv organlari va sud
organlarini va fuqarolarni
o'zini o'zi boshqarish
organlarini saqlash
xarajatlari
1149,8
4,45
1414.2
4,5
1636,5
4,31
6. Boshqa xarajatlar
5332,7
20,65
6530.5
20,78
7944,5
20,92
Davlat budjeti taqchilligi (-),
profitsiti (+)
397,1
304,6
-1782,9
16
www.stat.uz
ma’lumotlari va “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi Prezidentning PP – 2270 sonli qaroriga asosan mustaqil tuzildi
47
2.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, ya’ni davlat budjeti xarajatlari
tizimida davlat budjetining ijtimoiy sohalar uchun qiladigan xarajatlari tizimi eng
yuqori ulushga ega bo’lib, ular 2013 yilda jami davlat budjeti xarajatlarining
58,65% ni, 2014 yilda 58,84% ni tashkil etgan bo’lsa, 2015 yilda 56,59 % ga
yetkazish rejalashtirib qo’yilgan .O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti
xarajatlarining boshqa davlatlarga nisbatan alohida xususiyati uning ijtimoiy
yo’naltirilganligidadir. Jadval ma’lumotlarida ham buni ko’rishimiz mumkinki,
ya’ni oxirgi yillarda davlat budjetidan ijtimoiy sohalarni rivojlanishi va aholi
turmush farovonligini oshirishga qaratilgan mablag’lar sarfi xajmi o’sib borayapti.
Budjetning bu turkum xarajatlari nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy ahamiyatga ega.
Ular mamlakat fuqarolarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan
kafolatlangan ijtimoiy xuquqlarini amalga oshirishning moliyaviy bazasi bo’lib
xizmat qiladi va o’z navbatida, ijtimoiy ishlab chiqarishga bilvosita ta’sir ko’rsatib,
mehnat resurslarining sifat tarkibini yaxshilash, fan yutuqlaridan foydalanish
asosida mehnat unumdorligini oshirish uchun shart-sharoit yaratish, fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish vazifalarini bajaradi.
Ijtimoiy-madaniy sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy o’zgarishlar, bu
sohalarni moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish muvaffaqiyati ko’p jihatidan
ijtimoiy kafolatlar qanday hal etilishiga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ijtimoiy-
madaniy sohalarning umumjamoatchilik maqomi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimidagi roli bilan bog’liq holda qayta ko’rib
chiqiladi, bu sohalar xodimlari mehnati xususiyatining iqtisodiy baholanishi belgilab
olinadi. Ijtimoiy-madaniy muassasalar faoliyatining natijalarini baholashga yangicha
yondoshuvlar ishlab chiqiladi. Qo’yilgan vazifaning hal etilishigina ijtimoiy
muammolarni hal etish, moliyaviy ta’minlash manbalarini belgilab olish,
shuningdek, ijtimoiy-madaniy sohalarga davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy
zahiralar miqdorini ilmiy asoslab berish imkonini yaratadi.
2.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, ya’ni 2013 yil uchun davlat budjeti
xarajatlarinng asosiy qismi, xususan davlat budjeti xarajatlariga nisbatan 34,08 %
maorif xarajatlariga, 14,36 % sog’liqni saqlash xarajatlariga yo’naltirlishi
48
belgilangan. Ko’rinib turibdiki, bu yilgi davlat budjetimiz xarajatlarining asosiy
yo’nalishi davlatning ijtimoiy siyosati bilan bog’liq sohalarga yo’naltirilmoqda.
Ijtimoiy sohalar sof holdagi ijtimoiy vazifalardan tashqari, xizmat sifatini
yuksaltirish, iqtisodiy o’sish sur’ati bilan bog’liq iqtisodiy vazifalarni ham xal etadi,
jamiyat mehnat imkoniyati shakllantirilishiga ko’mak beradi, chunki fan-texnika
taraqqiyoti davrida jamiyat hayotiy faoliyati va eng avvalo, ishlab chiqarish shart-
sharoitlari yangilanib borayotgan bir vaziyatda ijtimoiy-madaniy sohalar taraqqiyoti
aholi turmush tarzi o’sishining muhim shartiga aylanib qoladigan yo’nalishdan
bormoqda.
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari faqat
ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, jamiyatning iqtisodiy
salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining
hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy
soha orqali ro’yobga chiqadi.
Sog’liqni saqlash tizimi ijtimoiy tuzilmaning o'ziga xos sohasi sanaladi. Bu
sohada band bo'lgan jamiki mutaxassis va xodimlar mehnatining ob'ekti insondir.
Aholi salomatligi har qanday mamlakat milliy boyligining asosidir, chunki ijtimoiy
taraqqiyotning bosh mezoni va omili ham inson, pirovard maqsadi ham inson.
Demak, inson salomatligini tiklab borishda sog’liqni saqlash moliyasining o'rni
beqiyosdir.
2.2 – jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki sog’liq saqlash xarajatlari
2013- yilda 3709.9 mlrd so’mni tashkil etgan holda davlat budjeti xarajatlariga
nisbatan
14.36 foizni, 2014-yil ma’lumotlariga ko’ra esa 4507.2 mlrd so’mni yoki
budjet xarajatlariga nisbatan 14.34 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar
2015-yilda 5372.5 mlrd so’mni tashkil etgan holda budjet xarajatlariga nisbatan
14.15 foizga yetkazish ko’zda tutilgan.
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish
xarajatlari o’zlarining salmog’iga ko’ra davlat budjet xarajatlari tarkibiy tuzilmasida
keying o’rinlarni egallab kelmoqda, iqtisodiyot xarajatlari 2013-yilda 2749.8 mlrd
so’mni tashkil etgan holda budjet xarajatlariga nisbatan 10.65 foizni, shunga mos
49
ravishda 2014- yil davomida 3364.9 mlrd somni va foiz hisobida 10.7 foizni tashkil
etgan bo’lsa, bu raqamlar 2015- yilda 4119.7 mlrd so’mni tashkil etib budjet
xarajatlariga nisbatan 10.85 foizga yetkazish ko’zda tutilgan. Iqtisodiyot
xarajatlariga mos ravishda markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish
xarajatlari budjet xarajatlariga nisbatan 2013 – yilda 5.57 foizni, 2014- yilda 5.14
foizga yetgan bo’lsa, 2015 – yilda bu ko’rsatkich 4.74 foiz qilib rejalashtirib
qo’yilgan. Bu raqamlar budjet mablag’lari hisobidan mamlakat iqtisodiyotining
barqaror o’sishini ta’minlash, uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va
o’zgartirish, milliy xo’jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikning o’sishini
ta’minlash, ilmiy texnika taraqqiyotining o’sish suratlarini tezlashtirish, yagona
texnikaviy siyosatni yurgazishga jiddiy e’tibor berilayotganidan dalolat beradi.
Mahalliy budjetlarning daromad va xarajat qismi mustaqil, shu bilan
birgalikda o'zaro bog’liq kategoriyalar ћisoblanib, ularning har biri o'zining
xususiyatli tomonlariga egadir. Ya'ni daromadlar mahalliy hukumat organlari
faoliyatining moliyaviy bazasi hisoblanadi, xarajatlar esa hududiy ehtiyojlarni
qondirishga xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda, xarajatlar daromadlar bilan
bog’liqdir, o'z navbatida mahalliy hukumat organlarining foydalanadigan
mabalag’lar hajmi bilan ham bog’liqdir. Mahalliy budjetlarni shakllantirish
jarayonida mahalliy davlat hukumat organlari va belgilangan hududda ro'yxatda
bo'lgan yuridik hamda jismoniy shaxslar o'rtasida ma'lum bir pulli munosabatlar
yuzaga keladi. Ushbu munosabatlar yuzaga kelishining shakllari bo'lib korxonalar,
tashkilotlar va aholining turli xil soliqli va soliqsiz to'lovlari namoyon bo'ladi.
Budjet daromadlari ma'lum ma'noda xo'jalik yuritish metodlari va tizimiga,
shuningdek, jamiyat tomonidan hal etiladigan vazifalarga bog’liqdir.
Buxoro viloyati o’zining iqtisodiy salohiyati , moliyaviy Barqarorligi, shu
hududda joylashgan yеr osti va yеr usti boyliklari, mеhnat rеsurslari va korxonalari
yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Moliya tizimi
davlat budjеti daromadlarini ortishi va xarajatlarini Vobkent tumani faoliyati
misolida ko’rishimiz mumkin. Mahalliy budjеt daromadlarining asosiy qismini
soliqlar tashkil etadi. Vobkent tumanining budjеt daromadlari va xarajatlarini tashkil
50
qilish jarayonida, tumanda mavjud holatni bilib olish mumkin. Tumanning
daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi 2012-2014 yillardagi ma’lumotlarini 2.4
gistogrammada tahlilini qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |