Axborot to’liqligi deganda esa qaror qabul qilish uchun qay darajada uning
etarli ekani tushuniladi.
Axborot dolzarbligi axborotning joriy vaqt talablariga muvofiqlik darajasini
bildiradi. Odatda axborotning tijoriy qimmati uning ham dolzarbligi, ham to’liqligi
bilan o’lchanadi. Axborot jarayonlari muayyan vaqtga cho’zilganligi tufayli,
haqqoniy va mos axborot ham, agar u vaqtda eskirgan bo’lsa, notug’ri qarorlar
chiqarishga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlar bilan ishlashda mos usulni topish
zaruratining tug’ilishi ko’p o’rinda axborot olishni shu darajada kechiktirib
yuborishi mumkinki, natijada u o’z dolzarbligini yo’qotadi va keraksiz bo’lib
qoladi. Ma’lumotlarni shifrlashning zamonaviy tizimlari va elektron imzo
mexanizmlarining ko’pchiligi, xususan, mana shunga asoslanadi. Ma’lumotlarni
o’qib olish uchun metodga ega bo’lmagan shaxslar kalit qidirish bilan mashg’ul
bo’lishlari mumkin, chunki metod algoritmini odatda bilib olish mumkin. Biroq
bunday qidiruv muddati shu darajada cho’zilib ketishi mumkinki, ish davomida
axborot o’z dolzarbligini, demakki, buning bilan bog’liq amaliy qimmatini
yo’qotadi.
Bir xillik, tenglik va ega bo’lish osonligi ham axborotning muhim
xususiyatlari sirasiga kiradi. Adekvatlik deganda iste’molchi ega bo’lgan
axborotning muallif unga baxsh etgan mazmunga muvofiqlik darajasi tushuniladi.
Axborotga ega bo’lish osonligi u yoki bu axborotga ega bo’lish o’lchovini
bildiradi. Axborotlashtirish bu axborotga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish va axborot
resurslarini shakllantirish va qo’llash asosida fuqarolar, davlat hokimiyati
organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, tashkilotlar, ijtimoiy
birlashmalarning huquqlarini amalga oshirish uchun optimal sharoitlarni
yaratishning tashkil etilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari shaxsiy, ommaviy va ishlab
chiqarish kommunikatsiyalari yordamida axborotni tayyorlash, qayta ishlash va
etkazib berish bilan bog’liq ob’ektlar, xatti-harakatlar va qoidalar majmuini,
10
shuningdek sanab o’tilgan jarayonlarni integral ravishda ta’minlaydigan barcha
texnologiyalar va sohalarni bildiradi.
6
Jahon tajribasi axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining mamlakat
ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishiga asosan ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi. Geografik va
vaqt to’siqlarini buzib o’tib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jahondagi
har bir kishi bilan onlayn rejimida aloqa bog’lash va ma’lumotlar olish imkonini
beradi, ijtimoiy-iqtisodiy xatti - harakatlarning global mobilligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |