Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi, uning maqsadi va qòllanilish sohasi. Reja


Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash usullari



Download 35,74 Kb.
bet4/9
Sana08.01.2022
Hajmi35,74 Kb.
#331182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 524008398058527624bbbbb

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash usullari

MHXS bo’yicha hisobotni tuzishning uslublari

Parallel hisob Moliyaviy hisobotning Transformatsiyasi Parallel hisobni yuritish MHXSning qoidalariga muvofiq ravishda xo’jalik faoliyatidagi dalillarni buxgalteriya hisobining registrlarida aks ettirishni anglatadi. Shunday kilib, xar bir xo’jalik operatsiyasi ikki marta hisobga olinadi (takrorlanadi): Parallel hisobni tashkillashda, MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot kursatkichlari MHXS bo’yicha yuritilgan buxgalteriya hisobining ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. BHXS bo’yicha tuzilgan hisobot va hisobning qoidalari qay darajada MHXS bo’yicha yuritiladigan hisobga yaqin bo’lsa, shunchalik … Qulayligi: hisobotdagi har bir raqam ortida MHXS bo’yicha aks ettirilgan xo’jalik operatsiyasi turganligi uchun hisobotda aks ettiriladigan noaniq axborotning past tavakkalchilik darajasi ko’proq xos.

Kamchiligi: Tashkilot tomonidan qilinadigan yirik qo’shimcha xarajatlarni talab etadi (MHXS bo’yicha malakali xodimlarga qilinadigan xarajatlar, dasturiy ta’minot, tashkilot bo’linmalarini qaytadan tashkillash va b.)

- Tashkilot moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ko’pgina sohalariga aloqador

bo’lganligi uchun uzoq vaqtni talab etadi. Hisobotni MHXSga muvofiq tuzilgan hisobotga transformats iya qilinishi bu – BHXS bo’yicha tuzilgan hisobot ma’lumotlari asosida quyidagilarni o’zgartirish asosida MHXSga muvofiq hisobot tuzish jarayonidir:Tan olish (tasniflash va baholash) va MHXS talablariga muvofiq holda, buxgalteriya hisobining ob’ektlari haqidagi axborotni ochish 2 xil usulda amalga oshirilishi mumkin:- Kompaniyaning o’zi tomonidan;- Tashqi mutaxassislarni jalb etgan holda.MHXSning qanday hujjatlari hisobot transformatsiyasi bo’yicha tushuntirishlarni o’z ichiga oladi?Javob: Tashkilot MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotini tayyorlayotgan sanadan kuchga kirib bo’lgan xamma MHXSlarni qo’llashi kerak. MHXSga o’tish quyidagilarning shakllanishini o’z ichiga oladi:1. Hisobot sanasida barcha standart talablariga javob beradigan hisob siyosatining shakllanishi;

2. O’tish sanasida MHXS bo’yicha kirish balansi.

3. MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobot tayyorlangan sanadan hech

bulmaganda bir yil oldingi yil uchun kiyosiy ma’lumotlar;

4. MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobot;

5. MHXSga o’tishning ta’sirini tushuntiradigan qo’shimcha ma’lumotlarni ochish.

Hisobot transformatsiyasi jarayoni (transformatsiya bosqichlari yoki shakllari) standart ketma-ketlikka ega. Biroq, transformatsiya bosqichlarining mazmuni ko’plab omillarning uyg’unlashuviga bog’liq.

Transformatsiya jarayonlarining mazmunini aniqlaydigan omillar:

1. Kompaniyaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati xususiyatlari

2. Tashkilot buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyati

Birinchisi, tuzatishlarning yo’nalishini aniqlab beradi;

Ikkinchisi, axborotni yig’ish texnikasini

Transformatsiya hisoboti

1. Tayyorlov

2. Ishchi bosqichi

3. Giperinflyatsiya ta’sirining hisobi

4. Xorijiy valyutaga o’tkazish

5. Moliyaviy hisobotning shakllanishi

Quyidagini aniqlash zarur:

- hisobot transformatsiyasining maqsadini;

(standartlar tizimini tanlashga, tuzish va taqdim etish bo’yicha talablarga, amalga oshirish usullariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi)

Misol uchun: Tashkilot (shuba korxona) uchun MHXS bo’yicha hisobot tuzishdan maksad, guruhning konsolidallashgan hisobotini shakllantirish hisoblanadi.

Bu transformatsiya jarayonlariga qay tarzda ta’sir ko’rsatadi?

Bosh kompaniya va uning filiallari uchun yagona hisob siyosatini qo’llash zarur hisoblanadi. Ayni vaqtda ushbu talabni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud. Birinchisi – guruh uchun yagona hisob siyosati ishlab chiqilayotganda, guruxning barcha korxonalari bir xil talablar bo’yicha individual hisobotni tuzadilar va hisobni yuritadilar. Ikkinchisi – bunda individual hisobot ma’lumotlari mustaqil hisob siyosati bo’yicha shakllantiriladi, konsolidatsiya maksadlari uchun esa yagona hisob siyosatining talablariga muvofiq ma’lumotlarni kiritish bo’yicha qo’shimcha tuzatishlar amalga oshiriladi.

Quyidagilarni aniqlab olish zarur:

- MHXSga muvofiq tuziladigan birinchi hisobot qaysi davr uchun tuzilishini;

- MHXSga o’tish muddatini qiyosiy ma’lumotlar taqdim etiladigan davrlar soni

- Kompaniyaning funktsional valyutasini (baholash valyutasini) va hisobot

valyutasini;

-hisobotni taqdim etish tilini;

-Auditorlik tekshiruviga bo’lgan zaruriyat, baholovchilarning jalb qilinishi

- Transformatsiyani amalga oshirish usulini;

- Ishning umumiy qiymatini

Tashkilot MHXS bo’yicha hisobot transformatsiyasi xizmatini ko’rsatishga oid konsultatsiya shartnomasini tuzish haqidagi masalani ko’rib chiqadi (tashqaridan mutaxassislarning jalb qilinishi).

Shartnomani tuzishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Transformatsiya natijalari bo’yicha beriladigan ma’lumotlarning hajmi:

Agarda buyurtmachi hisobot transformatsiyasining natijalari bo’yicha MHXSga muvofiq hisobotni faqatgina bir butun holda, hisobot elementlari bo’yicha analitik ma’lumotlar va transformatsion o’tkazmalarning tavsifisiz olsa, ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Keyingi parallel hisobning yuritilishi va navbatdagi hisobot transformatsiyas i ijrochi – kompaniyaga murojaatsiz deyarli mumkin emas.

Ishchi bosqichning maqsadi – BHXS va MHXS bo’yicha yuritiladigan

hisoblar o’rtasidagi asosiy farqlarni aniqlash va baholash. Bu transformatsiyaning eng mas’uliyatli, uzoq davom etadigan va ko’p mehnatni talab etadigan bosqichidir. Kompaniya moliyaviy-xo’jalik faoliyatining va buxgalteriya hisobi tizimining BHMS bo’yicha tahlili: Shu jumladan, hisob siyosati, ishchi schyotlar rejasi tahlili, operatsiyalar tahlili. MHXS bo’yicha hisob siyosatining shakllanishi Milliy hisobotni transformatsiya qilishda kompaniyalar BHMS ga oid schyotlar rejasi bilan MHXSga muvofiq hisob ob’ektlarining ro’yxati o’rtasidagi farqka duch keladilar. Bu masalani qanday hal qilish mumkin? Javob:

1. MHXSga muvofiq schyotlar rejasini milliy asosdagi analoglarga mos holda mustaqil qo’llash.

2. Hisobot moddalari darajasida ishlash (MHXS bo’yicha schyotlar rejasini ishlab chiqmaslik) Tashkilot MHXSga muvofiq hisob usulining u yoki bu turini tanlashda qiyinchilikka duch keladi.

Asosiy vositalar buxgalteriya hisobi bo’yicha ishchi transformatsiya jadvallarining tuzilishi:

- Boshlang’ich qiymati;

- Amortizatsiya (davr boshiga, davr uchun, davr oxiriga;) qadrsizlanishdan zararlar.

- Ishga tushirish sanasi

- Balans qiymat va boshqalar

Transformatsiya qaydlari (2 turda):

1. Moliyaviy hisobot elementlarining tasniflanishi o’zgarishi bilan bog’lik

bo’lganlari

2. Moliyaviy hisobot elementlarini baholashni o’zgartiradigan o’tkazmalar.

1. Moliyaviy hisobot elementlarining tasniflanishi o’zgarishi bilan bog’lik

bo’lganlar:

- Qayta tasniflash

-Yangi hisob ob’ektlarining joriy etilishi

-MHXSga muvofiq tan olishning talablarini qondirmaydigan istisnolar

Jamlovchi transformatsiya jadvalini to’ldirish (foyda va zararlar xaqidagi hisobot va balansni tayyorlash) Pul mablag’larining xarakati to’g’risidagi hisobot va kapital xarakati xaqidagi hisobotni tuzish uchun ma’lumotlarni to’plash

MHXSga muvofiq tayyorlangan kapitaldagi o’zgarishlar haqidagi hisobot va pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari quyidagilar asosida shakllanadi:

-Transformatsiya kilingan foyda va zararlar haqidagi hisobot xamda balans

-Shuningdek, ishchi bosqichda to’plangan ko’shimcha ma’lumotlar

Transformatsiyani amalga oshirishda qabul qilingan, baholangan muhokama va soddalashtirish, transformatsiya tavsiflari bo’yicha matnli fayl yaratish.

MHXS 29 «Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot»

MHXS 29 inflyatsiyani Giperinflyatsiyaga o’tishining absolyut darajasini

belgilamaydi.

Giperinflyatsiya iqtisodiyotining xarakteristikasi:

1. Aholi o’zining jamg’armalarini pulsiz shaklda yoki barqaror xorijiy valyutada saqlashni afzal ko’radi.

2. Pul mablag’lari mahalliy valyutada emas, balki turg’un chet el valyutasiga nisbatan qaraladi (narxlar ushbu valyutada o’rnatilishi mumkin).

3. Kreditga sotish va etkazib berish kredit muddati davomida xarid qobiliyatining kutilayotgan yo’qotishlarni o’rnini qoplaydigan narxlarda amalga oshiriladi, xattoki bu muddat davomiy bo’lmasa ham.

4. Foiz stavkalari, ish haqi va narxlar baho indeksiga bog’lanadi

5. Uch yil davomida inflyatsiyaning umumiy darajasi 100 % dan ortadi yoki shunga yaqinlashadi.




Download 35,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish