MOLIYAVIY HISOBOTGA ILOVALAR VA ULARNING TAHLILIYLIGI
Tayyorladi: Magistratura bo’limi
BH-3 talabasi Soatov Farhod
Qabul qildi: Dots. Raximov M
Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl
Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot -2-son; shakl
Pul oqimlarining harakati to’g’risidagi hisobot – 4-son ; shakl
Хususiy kapitalning xarakati to’g’risidagi hisobot -5-son ; shakl
Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar.
Bu moliyaviy hisobotlar O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va «Korxonaning hisob siyosati»ga asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo’lgan barcha moliyaviy ax-borotni qamrab olishlari kerak.
Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar moliyaviy hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi-ning «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks ettirish tavsiya etiladi:
Shunday qilib, moliyaviy hisobot bu moliyaviy hisobning eng yakuniy bos-qichi va uning asosiy maqsadidir. Qonunga muvofiq 1 yanvardan 31 dekabrgacha qadar bo’lgan taqvimiy yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
- soliq idoralariga; - ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; - makroiqtisodiyot va statistika idoralariga; - qonun xujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarga. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan qo’shilib boruvchi jamlama tartibda yilning har choragida taqdim etiladi.
MOLIYAVIY HISOBOTLARNI YORITISH.
Тushuntirish xatlari moliyaviy hisobotlarning ajratilmas qismi hi-soblanadi. Ular tashqi auditorlar tomonidan tekshiriladi va hisobotlar to’liq bo’lishi uchun taqdim qilinishi kerak. Тushuntirish xatlari hisobotning asosiy matniga kiritilgan va kiritilmagan turli javhalarga keng tushuntirish beradi va foydalanuvchilar uchun juda katta ahamiyatga egadirlar. Ma’lumotlar hisobotda ko’rsatilgan raqamlarni foydalanuvchilar tomonidan tushunishga yordam beradigan bayonotni o’zida ifodalaydi. Odatda moliyaviy hisobotlarda joylashgan ilk tushuntirish xati hisob siyosatining umumiy yoritiilishi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlar tuzishda foydalaniladigan siyosatni bilish moliyaviy hisobotning aniq raqamlarini tushunish uchun kerakdir. Masalan, firma o’z ТMZlarini baholash uchun FIFO usulini ishlatmay AVESO ( yoki LIFO ) usulini ishlatganligini bilsak, ТMZ-larning qiymatini shuningdek sotilgan mahsulotlarning tannarxini to’g’ri talqin qilish uchun asosga ega bulamiz. Umuman, yoritish daromadni tan olish va xarajatlarni joriy va kelgusi davrlarda aktivlarga taqsimlashga tegishli tamoyillari nisbatan muhim xulosalar qilishni talab qiladi. Agar aniqroq aytadigan bo’ladigan bo’lsak, yoritish o’z ichida quyidagi masalalarga tegishli bo’lgan buxgalteriya hisobi usullari va tamoyillari o’z ichiga oladi: - mavjud bo’lgan ma’qul o’zga usullarni tanlash; - ushbu soha uchun muhim bo’lgan tamoyil va usullarni qo’llash.
Тafsilotlarni tushuntirish - moliyaviy hisobotning yuzaki qismiga kiri-tilgan bo’lsa chalkashmovchilik kelib chiqishi mumkin, bu esa hisobotning tushunar-liligini pasaytiradi. Shuning uchun ham olinadigan hisobvaraqlar, ТMZ, asosiy vositalar, qarz majburiyatlari, aktsionerlik kapitaliga nisbatan tafsilotlar ko’pincha tushuntirish xatlarida yoritiladi. Хo’jalik muomalalarni tushuntirish - yil davomidagi asosiy kirim va chiqimlar tabiati tushuntirish xatlarida yoritilishi shart. Aktsionerlik yoki boshqa turdagi kapital ishlatilganligi haqida muammolar ham ochib berilishi shart. Hisobotda aks ettirilmagan moddalarni tushuntirish - ba’zi shartnomalar yoki ish bitimlari muhim bo’lsa ham moliyaviy hisobotlarda aks ettirilmaydi, garchand ular korxona moliyaviy holatini va muammolar natijalarini tushunishda muhim hisoblansalar ham. Ular tushuntirish xatlarida aks ettiriladilar. Kela-jakda sotish yoki sotib olish bo’yicha qayd qilingan kontraktlar va majburiyatlar bunga misol bo’lishi mumkin. Moliyaviy yilning oxiri va moliyaviy hisobotni taqdim etish sanasi orasidagi davrda sodir bo’lgan hodisalar, keyingi hodisalar sifatida ochib berilishi kerak. Keyingi hodisalar buxgalteriya balansiga ta’sir etishlari va taxminlarni tuzatishi mumkin va agar u buxgalteriya balansi sanasidan keyingi holatini aks ettiradigan bo’lsa, foydalanuvchilarning xabari bo’lishi uchun u tushuntirish xatida ochib berilishi shart.
Yangi ma’lumotlarni keltirish (taqdim etish) - ko’pincha ma’lumotlar moliyaviy hisobotning asosiy qismiga sig’may qoladi, ammo u xulosa chiqarish uchun muxim hisoblanadi. Masalan, qarz majburiyatlarni qo’shimcha ta’minlash si-fatida qo’yilgan aktivlar, bog’liq tomonlar bilan muammolar, kelgusi besh yil ichida asosiyso’mmani to’lash taxminini o’z ichiga olgan qarz majburiyatlarining tafsilotlari, qarz majburiyatlari va shuningdek, investitsiyalar bo’yicha foiz stavkalarining tafsilotlari, investitsiyalarning haqiqiy bozordagi bahosi ochib berish, qayta moliyalashtirish bo’yicha tafsilotlar va ijara shartnomalari. Boshqa zaruriy izohlar (tushuntirish xatlari) - yuqorida aytib o’tilganlar to’liq ro’yxat hisoblanmaydi, tushuntirish xatlari bundan tashqari mufassallash-tirilgan va murakkab bitimlarni, kafolatlarni, majburiyatlarni va foydala-nuvchiga moliyaviy hisobotni to’liq tushunishga yordam beradigan har qanday mod-dalarni tushuntirib berishlari shart.
Buxgalteriya hisoboti avvalom bor korxona mulki tarkibi hamda korxona moliyaviy natijalarini ko‘rsatib beradi. Undan tashqari, bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, moliya tashkilotlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to‘liq berilishi shu bilan belgilanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy ob’ekt deb qaraladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘lmagan tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir etgan asosiy omillar, korxonaning yillik hisoboti natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va sof foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlarini tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar yil boshiga boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. SHu ningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyosatini qo‘llashga doir qaror qilingan bo‘lsa, u haqida ham ma’lumot beriladi.