Mоliyaviy hisоbоt tuzishning аsоsiy tаmоyillаri



Download 226,01 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2022
Hajmi226,01 Kb.
#681046
  1   2   3   4
Bog'liq
Mоliyaviy hisоbоt tuzishning аsоsiy tаmоyillаri.doc


Mоliyaviy hisоbоt tuzishning аsоsiy tаmоyillаri

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos qoidalar va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMA asoslarida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Hisob yuritish siyosati shunday tashkil qilinishi kerakki, unda moliyaviy hisobot barcha uchun qulay bo‘lgan BHMA asosida tuzilishi mumkin bo‘lsin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati quyidagicha bo‘lishi lozim:



Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha sub’ektning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:

  • mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;

  • faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysunuvi;

  • ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishlovchi xodimlarning soni;

  • soliq solish tizimi bilan munosabat (har xil soliqlardan ozod bo‘lish, soliq stavkalari, soliq solish bo‘yicha imtiyozlar);

  • bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;

  • moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi (uzoq kelajakda korxonaning iqtisodiy rivojlanish masalalari va maqsadlari, sarmoyalarning kutilayotgan yo‘nalishlari, kelajakdagi masalalarni echishdagi taktik yondoshuvlar);

  • boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;

  • korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimining mavjudligi;

  • buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlari-ning tashabbuskorligi, talabchanligi hamda tadbirkorligi;

  • korxona ishi samarasidan moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi.

Korxona rahbari yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda hisob yuritish siyosatini asoslashi va to‘g’ri yondashishi mumkin. Maxsus BHMAlar bo‘lmaganda, korxona rahbari hisob yuritish siyosatini ishlab chiqishda o‘z tushunchalaridan foydalanishga haqli, chunki u foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlardan foydali axborotlarni bera oladi. O‘z tushunchalarini qo‘llash jarayonida korxona rahbari BHMAning shu kabi masalalar bo‘yicha talablari va ko‘rsatmalarini, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan har qanday boshqa axborotni, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun ularni aniqlash, aks ettirish va o‘lchash baholarini, kapitalning asosiy jahon moliyaviy bozorlari tomonidan qabul qilingan tarmoq amaliyotini ko‘rib chiqadi.
Hisob yuritish siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab qo‘llaniladi, hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasno.
Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Sub’ekt tomonidan tanlangan hisob yuritish siyosati yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan vaqtdan (davlat ro‘yxatidan o‘tgandan) keyin qo‘llanilishi mumkin. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi.
Quyidagi hollarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan bog’liq bo‘lmagan hisob siyosatidagi o‘zgarishlarning oqibatlari buxgalteriya hisobi yuritishda o‘zgartirilgan omillarning qo‘llanilish kuni (oyning birinchi sanasi)dan sub’ekt tomonidan tekshirilgan qiymat ko‘rinishida baholanishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16-50 bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi mumkin:


Download 226,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish