Moliyaviy hisobot tahlilining nazariy asoslari
2-mashg’uloti
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati, moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni tahlil etishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan extiyojlari: tahlil sub’ektlari, ularning qiziqishlari va manfaatlari.
3. Moliyaviy hisobot tahlilida qo‘llaniladigan usullar: gorizontal, vertikal, trend, koeffitsientlar, qiyosiy, omilli tahlil.
4. Moliyaviy hisobot tahlilini tashkil etishning muhim jihatlari va qoidalari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘rganish va tahlil etish orqali ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni o‘stirish imkoniyatlarini baholashda, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, raqobatdoshlik, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‘jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‘llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
Globallashuv sharoitida zamonaviy rahbar samarali oshqaruv
qarorlarini qabul qilish mezonlarini bilishi, o‘z faoliyat sohasidagi muammoni hal etishga tizimli yondashishi, tanqidiy tahlil qilishi, ishlab chiqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga e’tibor qaratishi talab etiladi.
Subyektlar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlarda pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash muhim masala hisoblanadi.
Bu borada tahlil:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlariga ichki va tashqi ta’sir birliklarini hisobga olgan holda faoliyatning tizimli tahlilini amalga oshirishga;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarining joriy va istiqboldagi ko‘zlangan maqsadlariga erishish yuzasidan mavjud imkoniyatlarni aniqlashga;
- xo‘jalik yurituvchi subyektining rivojlanish tendensiyalari dinamikasiga baho berishga;
- xo‘jalik yurituvchi subyektni kelgusida yanada rivojlantirish,
mavjud imkoniyatlarini ishga solishning iqtisodiy, moliyaviy manbalarini izlab topish va amalga oshirishga yordam beradi.
An’anaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyalarida boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasiga alohida urg‘u beriladi.
Boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha jihatlarni hisobga olishni, ko‘plab soha mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini talab etadi. Mazkur konsepsiyada qaror qabul qilishda samaradorligini belgilovchi mezonlar faqat miqdor ko‘rsatkichlar (quantitative indicators) bilan emas, balki sifat ko‘rsatkichlari (qualitative indicators) bilan ham baholanadi.
Tahlilning asosiy (umumiy) usullari sifatida quyidagilarni tarkiblash lozim.
Taqqoslash usuli.
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi.
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal, vertikal, trend va shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar
Gorizontal tahlil tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil, o‘rtacha, ilg‘or xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi.
Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida uning alohida qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Trend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda qo‘llanadi.
O‘rtacha miqdorlar.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi.
O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.
O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni
o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi,
ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |