Jamlangan moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish
xususiyatlari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot axborotlarini xalqaro standartlar asosida kompilyatsiya qilishning muhim sharti sifatida konsolidatsiyalashgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish muhim hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar guruhining konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash guruhning konsolidatsiyalashtiril- gan moliyaviy jadvallarni, ushbu guruhni tashkil etuvchi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar bilan qonunchilik hujjatlarida tartibga solinadigan moliyaviy hisobot konsolidatsiyasi jadvallarni tayyorlash asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalashning kontseptual asoslariga qo‘yiladigan talablarni davlat va jamoat sektorida amalga oshiradigan Xalqaro g‘aznachilik uyushmasi hisoblangan PEMPAL tashkiloti quyidagicha izohlaydi: “Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiya qilish g‘oyasi judda oddiy. Agar ikki yoki undan ortiq tashkilot bitta umumiy nazorat ostida bo‘lsalar, guruhning moliyaviy holati to‘g‘risida to‘liq axborotlarga ega bo‘lish maqsadida ular bitta tashkilotda “guruh” sifatida qaralishi lozim”3. Bunda hukumatlarning siyosiy irodasi sifatida o‘zaro hisob-kitoblarda “hisoblash usuli”ga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, to‘rtta asosiy qadamni (amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni qo‘llash, kadrlar masalasi va axborot texnologiyalari) amalga oshirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning guruhiga kiruvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sho‘’ba korxonalari moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini konsolidatsiya qilishning tamoyillari asosida amalda tartibga solinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga binoan umumlashtirish orqali konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni shakllantirsalar, bunda yuqori malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar talab etiladi.
Iqtisodchi olim I.Avazovning ta’kidlashicha: “Konsolidatsiyalash- gan hisobotni tuzilishi to‘g‘riligini isbotlash va tasdiqlash uchun auditorlar so‘rov, kuzatuv, aktivlar va majburiyatlarni tekshirish, ma’lumotlarni tasdiqlash, hujjatlarni tahlil qilish, qayta hisoblash, tahliliy muolajalar kabi umumqabul qilingan uslub va usullardan foydalanishlari lozim. Auditorning har bir aniqlagan ma’lumotini baholay olish, shuningdek uning ishonchliligi va mos kelishini tekshira bilish qobiliyati zaruriy shartlardan hisoblanadi”4.
Moliyaviy hisobotni bosh va sho‘’ba korxonalar guruhi konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobotini tuzish bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Iqtisodchi olim S.S.Nasretdinovning ilmiy-ishida “Xalqaro amaliyotda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning uchta asosiy bosqichi mavjud.
Bunda har bir mamlakat moliyaviy hisobotning xalqaro standarti talablariga asoslangan holda o‘zining xususiyatlaridan kelib chiqib, konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning tuzilmasini ishlab chiqish imkoniga ega. Shu sababli, deyarli ko‘pchilik mamlakatlarda vakolatli organlar yoki vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladigan moliyaviy hisobot tuzilmasi mavjud”5.
Birinchi bosqich zarurligi shunga bog‘liqki, ko‘pgina hollarda ya’ni hisob siyosatida bosh va sho‘’ba korxonalar guruhining barcha korxonalar uchun yagona bo‘lgan talablarga qaramasdan, ularning hisoboti turli muddatlarda va turli valyutada tuzilishi, o‘z tuzilmasi va bandlarini baholash tartibi (Bosh va sho‘’ba korxonalar guruhining xorijiy mamlakatlar hududida korxonalar mavjud bo‘lsa) bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunda mavjud farqlarni hisobga olmasdan turib moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalashtirish huquqiy talablariga muvofiq kelmaydi.
Mazkur vaziyatda bosh va sho‘’ba korxonalar guruhining muayyan korxonalar moliyaviy hisobotining o‘tish hisobotini tuzish orqali konsolidatsiyalashtirishga tayyorlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘tish hisobotining maqsadi bosh va sho‘’ba korxonalar guruhi korxonalarning hisob yuritish siyosatidan chetga chiqish holatlarini bartaraf etish va uni Bosh korxonaning hisob siyosati yagona talablariga muvofiqlashtirishdir.
Ikkinchi bosqichda birlashtirilayotgan korxonalar moliyaviy hisoboti gorizontal ravishda jamlanadi. Natijada korxonalar konsolidatsiyalashtirilayotgan moliyaviy hisobotining tegishli moddalari summasini ifoda etadigan umumlashtirilgan balans yuzaga keladi. Bu bosqichda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi hamda unga Bosh va sho‘’ba korxonalar guruhining birlashtirilishi lozim bo‘lgan barcha korxonalar rioya qilishi ustidan alohida nazorat o‘rnatilishi lozim. Shu sababli, ushbu bosqich faqat sho‘’ba va qo‘shma korxonalarga tegishli hisoblanadi. Bunda sho‘’ba korxonasining ma’lumotlari to‘liq jamlansa, qo‘shma korxonalar moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari esa faqat Bosh korxonaning ishtirok etish ulushiga mutanosib ravishda jamlanadi.
Uchinchi bosqich buxgalteriya balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi konsolidatsiyalashtirilgan hisobot tuzishni o‘z ichiga oladigan bevosita birlashtirishni ifodalaydi. Uning maqsadi “Bosh va sho‘’ba korxonalar guruhi to‘g‘risidagi axborotlarni yagona iqtisodiy tuzilma sifatida taqdim etishdir. Buning uchun Bosh va sho‘’ba korxonalar guruhi ichidagi muomalalar va ularning natijalarini istisno qilishga yo‘naltirilgan birlashtirishning aniq tartibini ishlab chiqish zarur”6.
E.Yastrebkovaning ilmiy maqolasida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti bo‘yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda guruh ichidagi muomalalarni qayta hisoblash eng ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlardan biridir. Bizning kompaniyamizda yil yakuni bo‘yicha hisobotni tuzishda, buxgalterlar ichki muomalalar bo‘yicha solishtiruv o‘tkazishadi. Bu esa, moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiya qilish vaqtini qisqartiradi va kelishmovchiliklar hamda qo‘shimcha to‘lovlarni aniqlashga zarurat qolmaydi”7, deb ta’kidlagan.
Birlashtirish tartibi sho‘’ba va qo‘shma korxonalar uchun bir xil bo‘lib, qaram korxonalar moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini birlashtirishdan ancha farq qiladi. Bevosita birlashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
kapitalni konsolidatsiyalashtirish;
majburiyatlar (kreditorlik qarzlari)ni konsolidatsiyalashtirish;
oraliq natijalarni istisno qilish (hisobdan chiqarish);
daromad va xarajatlarni konsolidatsiyalashtirish;
Yuqoridagilardan dastlabki uchta tartib konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansini tuzishga, to‘rtinchisi esa konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tegishlidir.
Kapitalni konsolidatsiyalashtirish bu balansning “O‘z mablag‘lari manbalari” bo‘limini birlashtirish natijasida takroriy hisoblashishlarni chiqarib tashlashdir. Bunday takroriy hisoblashlar har doim yuzaga keladi, chunki birinchidan, Bosh korxonaning sho‘’ba korxona kapitalidagi ishtirok etish ulushi uning balansida aks ettiriladi, ikkinchidan, bu ulush sho‘’ba korxonasining noto‘g‘ri hisoblangan Ustav kapitalini konsolidatsiyalashtirilgan hisobotga birlashtirish jarayonida tuzatiladi.
Ma’lumki, bosh korxona balansida o‘ziga nisbatan kreditorlik qarzini aks ettira olmaydi. Bosh va sho‘’ba korxonalar guruhi konsolidatsiyalashtirilgan balansiga faqat uning tarkibiga kirmaydigan korxonalar moliyaviy hisobotiga tegishli ma’lumotlar kiritilishi lozim. Bu vazifani majburiyatlarni konsolidatsiyalashtirish orqali amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |