Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uning asosiy tamoyillari


-jadval Moliyaviy hisobot auditining vujudga kelishi1



Download 67,95 Kb.
bet2/8
Sana21.01.2022
Hajmi67,95 Kb.
#394684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxgalteriya mustaqil ish

1.1.-jadval Moliyaviy hisobot auditining vujudga kelishi1


Boshqaruv nazoratining tashkil etilishi davri

Xitoyda eramizdan 700 yil avval davlat xodimi ( tsenz) teritoriyalarda nazorat olib borgan Rim imperiyasida eramizdan 200 yil avval davlat xodimi ( kvestor) teritoriyalarda nazoart olib borgan

Audit atamasining ishlatilish

1324 yil Angliya qiroli «Eduard 11» 3 ta auditorni ( «Audit» lug‘atiy mazmuni – u eshitadi) tayinlagan. Chunki viloyat territoriya boshliqlari moliyaviy ishlar bo‘yicha xisobot berishni bilmagan.1689 yil Rossiyada Petr 1 podshox armiyadagi mulkiy munozaralarni tekshirish uchun belgiladi

Davlat miqyosida majburiy audit (moliyaviy hisobot auditi)ning kiritilishi qonun bilan belgilanishi

1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada,

1931 yili Germaniyada, 1937 yili AQShda,

1982 yili Xitoyda, 1987 yili Rossiyada 1992 yili O‘zbekiston Respublikasida Auditning maqsadi - xo‘jalik

subyektlarining moliyaviy axborotlarini belgilangan Qonun hujjatlariga mosligi bo‘yicha fikr berishdir.






Moliyaviy hisobot auditining maqsadi ehtimol tutilayotgan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlarga bo‘lgan ishonchi darajasini oshirishdan iborat. Bu maqsadga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangani xususida auditor fikri (xulosasi)ni bildirish yo‘li bilan erishiladi. Umumiy maqsadli asosning aksariyati bilan bog‘liq hollarda bunday fikr moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda haqqoniy taqdim etilgani yoki etilmagani yoinki ular taqdim etish asosiga muvofiq to‘g‘ri va haqqoniy tasavvur berishi yoki bermasligi xususida bildiriladi. Auditning xalqaro standarti va tegishli axloqiy talablarga muvofiq o‘tkaziladigan audit auditorga bunday fikrni ta’riflash imkonini beradi. Audit qilinishi lozim bo‘lgan moliyaviy hisobotlar – bu tadbirkorlik subyektining xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan boshqaruv yuklatilgan shaxslarning nazorati ostida tayyorlangan moliyaviy hisobotlaridir.

Auditning xalqaro standarti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslarga majburiyatlar yuklamaydi va ularning majburiyatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga nisbatan ustunlikka ega bo‘lmaydi. Biroq auditning xalqaro standartiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar auditni o‘tkazish uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadigan muayyan majburiyatlarni e’tirof etishlari lozimligini nazarda tutadigan boshlang‘ich shartga ko‘ra o‘tkaziladi. Moliyaviy hisobotlar auditi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslarni ularning majburiyatlaridan ozod etmaydi. Auditor fikr bildirishi uchun asos sifatida, auditor moliyaviy hisobotlar umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko‘rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilishini talab etadi. Oqilona ishonch – bu ishonch bildirishning yuqori darajasi. Auditor auditorlik riski (ya’ni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lgan holda auditor tegishli bo‘lmagan fikr bildirishi riski)ni maqbul darajagacha pasaytirish uchun etarlicha tegishli dalillar olganda oqilona ishonch hosil qilingan hisoblanadi. Biroq oqilona ishonch hosil qilish – bu ishonchning mutlaq darajasi emas, chunki auditga xos bo‘lgan cheklashlar mavjud bo‘lib, ular shunga olib keladiki, auditor o‘z xulosalarini chiqarish va auditorlik fikri (xulosasi)ni bildirishda asos sifatida foydalanadigan auditorlik dalillarining aksariyat qismi o‘z tabiatiga ko‘ra muayyan xulosani tasdiqlash uchun keltirilgan vajlar hisoblanadi va xulosa xususiyatini

kasb etmaydi.

Auditor tomonidan bildirilgan fikr shakli moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga va har qanday tegishli qonun yoki me’yoriy hujjatga bog‘liq bo‘ladi. Auditorda audit jarayonida aniqlangan masalalar to‘g‘risida foydalanuvchilar, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati, boshqaruv yuklatilgan shaxslar yoki uchinchi tomonlarga axborot berish va hisobotlar taqdim etish bo‘yicha boshqa majburiyatlar bo‘lishi ham mumkin. Bunday majburiyatlar auditning xalqaro standarti da yoki tegishli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarda belgilanishi mumkin.

Moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazishda auditorning umumiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:

Moliyaviy hisobotlar umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko‘rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilish; bu auditorga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangani to‘g‘risida fikr bildirish imkonini beradi;

Moliyaviy hisobotlar xususida auditning xalqaro standarti talablariga muvofiq auditor xulosalariga mos ravishda hisobot (xulosa) taqdim etish. Agar oqilona ishonch hosil qilishning imkoni bo‘lmasa, auditorlik hisobotida qo‘shimcha izohlar bilan fikr bildirish esa yuzaga kelgan vaziyatda moliyaviy hisobotlarning ehtimol tutilgan foydalanuvchilariga axborot berish uchun etarli bo‘lmasa, auditning xalqaro standarti auditor fikr bildirishdan bosh tortishini yoki kelishuv bo‘yicha ishlashdan bosh tortishini talab qiladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, moliyaviy hisobot auditi mustaqil fan sifatida o‘z predmeti, obyekti va subyektlariga ega. Fikrimizcha, moliyaviy hisobot auditi fanining predmeti deganda mazkur fanning boshqa fan yoki predmetlardan ajratib turuvchi belgilari yoki xususiyatlari tushunilib, uning predmetini bizningcha,quyidagicha izohlash maqsadga muvofiqdir:


Download 67,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish