Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uning asosiy tamoyillari



Download 67,95 Kb.
bet3/8
Sana21.01.2022
Hajmi67,95 Kb.
#394684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxgalteriya mustaqil ish

Moliyaviy hisobot auditi fanining predmeti xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qonuniyligi va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha auditorlik munosabatlarini o‘rganish hisoblanadi.

Moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish va uni fan sifatida tadqiq etishda quyidagi me’yoriy hujjatlardan keng foydalaniladi:



  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 23.01.2019 yildagi

  • “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida 10-son buyrug‘i;

  • “Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar” - 200-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobot auditi bo‘yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqish” - 250-son XAS;

  • “Auditni rejalashtirish” - 300-son XAS;

  • “Auditda muhimlik” - 320-son XAS;

  • “Auditorlik dalillar” - 500-son XAS;

  • “Auditorlik dalillar - aniq moddalarga taalluqli qo‘shimcha savollar” - 501-son XAS;

  • “Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang‘ich qoldiqlar bo‘yicha auditorning ma’suliyati” - 510-son XAS;

  • “Tahliliy amallar” - 520-son XAS;

  • “Ekspert xizmatidan foydalanish” - 620-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi” - 700-son XAS;

  • “Taqqoslanadigan ko‘rsatkichlar” - 710-son XAS;

  • “Tekshirilgan moliyaviy hisobotlardagi boshqa axborotlar” - 720-son XAS;

  • “Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish” - 810-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobotning sharhi bo‘yicha kelishuv» - 910-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo‘yicha kelishuv” - 920-son XAS;

  • “Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo‘yicha kelishuv”

  • 930-son XAS va boshqalar.

Moliyaviy hisobot auditi maqsadlarini tushunish realizatsiya qilinishi auditorning kasbiy fikrlarini ifodalash uchun etarlicha isbot yig‘ish imkonini beruvchi auditorlik amallari metodik asoslari shakllanishini ta’minlaydi. “Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar” nomli 200-son xalqaro audit standartiga muvofiq moliyaviy xisobot auditining maqsadi: auditorlarga moliyaviy hisobot barcha axamiyatli javxalari bo‘yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muofiq tayyorlanganligi xaqida o‘z fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratishdir.

Moliyaviy hisobot auditining vazifalari:



    • Moliyaviy hisobot tarkibini tekshirish;

    • Moliyaviy hisobot tuzish printsiplariga mosligini tekshirish;

    • Buxgalteriya balansining to‘g‘riligini tekshirish;

    • Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish;

    • Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish;

    • Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish.

Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi tamoyillar sifatida

mustaqillilik, xalollik, xolislik, kasbiy bilimga egalilik va tegishli sinchikovlik, kasbiy xulq atvorga egalilik, texnikaviy standartlarga rioya qilish kabi tamoyillarni kiritish mumkin.

Moliyaviy xisobot auditining axborot manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:


    • Ta’sis xujjatlari;

    • Ta’sischilarning umumiy majlis bayonnomalari, qaror va buyruqlari;

    • Xisob siyosati;

    • Moliyaviy xisobot shakllari;

    • Buxgalteriya xisob registrlari;

    • Boshlang‘ich xujjatlar.

Moliyaviy hisobotni hosil qilish pog‘onalari

    • Moliyaviy hisobot moddalari ko‘rsatkichlari

    • Sintetik va analitik hisob reestrlari

    • Xo‘jalik operatsiyalari

Auditorlik tekshiruvida dalillar to‘plash amallari sifatida esa

quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiqdir:



    • Testlash orqali baholash

    • Ichki nazorat tizimi bo‘yicha test o‘tkazish;

    • Buxgalteriya hisobi tizimini bo‘yicha testlash;

    • Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan xisob siyosatini taxlili;

    • Solik hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini taxlili;

    • Ishchi schetlar rejasini taxlil kilish.

Mohiyati buyicha schetlarning qoldiq va oborotlarini tekshirish

amallari:



  1. NAZORATLASH - bu qog‘oz yoki elektron ko‘rinishdagi yoki boshqa tashuvchilardagi tashqi va ichki hujjatlar yozuvlarini tekshirishni hamda material aktivlarni tekshirish aktivlarning inventarizatsiya tekshirishlardan tashkil topgan.

  2. KUZATISH - boshqa shaxslar tomonidan bajarilgan muolaja va jarayonlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi;

v) SO‘ROV - xo‘jalik subyekti ishi bo‘yicha yoki ishidan tashqari boshqa shaxslardan ma’lumot to‘plash;

g) HISOBLASH - bu buxgalteriya yozuvlarida va dastlabki hujjatlarda arifmetik aniqlikni tekshiradi.

Moliyaviy hisobot auditida ko‘rsatkichlarni baholash va tasdiqlashga ta’sir etuvchi omillar sifatida quyidagi omillarni misol qilish mumkin:


    • Mavjudligi;

    • Kelib chiqishining aniqligi;

    • Xuquq va majburiyatlar;

    • To‘laligi;

    • Baholanishi;

    • Aniqligi;

    • Taqdim va oshkor qilish.

Moliyaviy hisobot auditi jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan

tahliliy amallar:



    • xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlarini uning rejadagi ko‘rsatkichlari bilan solishtirish;

    • moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko‘rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bilan solishtirish;

    • moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish;

    • moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish;

    • moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini tarmoqning o‘rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish;

    • moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining vaqt o‘tishi.

Tekshiruv vazifalarini aniqlab borish, auditorlar xo‘jalik

muomalalari tarkibini, ularning hajmini, jadalligi, rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini, korxonada qo‘llaniladigan axborotlarga ishlov berish texnologiyalari va boshqa omillarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi lozim.



    1. Download 67,95 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish