MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR
MAVZULARI
209
qilinadigan oddiy aktsiyalarning o’rtacha narxlari optsionlar va varrantlarning bajarilish
narxidan yuqori bo’lsa. Biroq, shunga o’xshash muomaladagi konvertatsiyalanadigan
instrumentlarning ham, agarda mavjud bo’lsa, konvertatsiyasi faraz qilinmaguncha,
bajarilishi faraz qilinmaydi.
A7
Optsionlar va varrantlar tadbirkorlik sub’ektining (yoki uning bosh tashkiloti yoki
shu’ba tadbirkorlik sub’ektining) qarz yoki boshqa instrumentlari orqali optsionlar va
varrantlar bajarilish narxining to’lovini to’liq yoki qisman to’lashga ruxsat berishi yoki talab
etishi mumkin. Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda, ushbu
optsionlar yoki varrantlar maydalashtiruvchi ta’sirga ega, agarda (a) davrdagi tegishli oddiy
aktsiyalarning o’rtacha bozor narxi bajarilish narxidan oshsa yoki (b) to’lov sifatidagi
instrumentning sotish narxi optsion yoki varrant kelishuvi ostida taklif etiladigan narxdan
past bo’lsa va hosil bo’ladigan diskont bajarilish ostida qabul qilinadigan oddiy
aktsiyalarning bozor narxidan past bo’lgan samarali bajarilish narxini belgilaganda. Bir
aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda, ushbu optsionlar yoki
varrantlarning bajarilishi faraz qilinadi va qarz va boshqa instrumentlarning to’lov sifatida
taklif etilishi faraz qilinadi. Agarda optsion yoki varrant egasiga pul mablag’idagi to’lov
afzalroq bo’lsa va shartnoma pul mablag’idagi to’lovga ruxsat bersa, pul mablag’idagi
to’lov faraz qilinadi. Taklif etilishi faraz qilingan har qanday qarz bo’yicha foiz summasi
(soliqdan holi) formuladagi suratga tuzatish sifatida qo’shiladi.
A8
Shunga o’xshash yondashuv o’xshash shartlarga ega imtiyozli aktsiyalarga yoki
investorga qulay konvertatsiya stavkalarida pul mablag’ida to’lashga ruxsat beradigan
konvertatsiya optsioniga ega boshqa instrumentlarga ham qo’llaniladi.
A9
Ma’lum optsionlarning yoki varrantlarning tayanch shartlari ushbu instrumentlardan
foydalanishdan olingan tushumlarni tadbirkorlik sub’ektining (yoki uning bosh tashkiloti yoki
shu’ba tadbirkorlik sub’ektining) qarz yoki boshqa instrumentlarini so’ndirishga
yo’naltirilishini talab etishi mumkin. Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan
foydani hisoblashda, ushbu optsionlar yoki varrantlardan foydalanish va tushumlar oddiy
aktsiyalarni sotib olishdan ko’ra qarzni uning o’rtacha bozor narxida sotib olishga
yo’naltirilishi faraz qilinadi. Biroq, faraz qilingan foydalanishdan olingan tushumning faraz
qilingan qarzni sotib olish qiymatidan ortiq qismi (ya’ni oddiy aktsiyalarni qayta sotib
olishga yo’naltirilishi faraz qilingan) bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan
foydani hisoblashda inobatga olinadi. Sotib olinishi faraz qilingan har qanday qarz bo’yicha
foiz summasi (soliqdan holi) formuladagi suratga tuzatish sifatida qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |