MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR
MAVZULARI
184
88
Tadbirkorlik sub’ekti soliq bilan bog’liq bo’lgan har qanday shartli majburiyatlar va
shartli aktivlarni BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” ga muvofiq
ochib beradi. Shartli majburiyatlar va shartli aktivlar, masalan, soliq idoralari bilan hal
bo’lmagan munozarali masalalar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin. Shunga o’xshash, soliq
stavkalari yoki soliq qonunchiligidagi o’zgarishlar hisobot davri tugaganidan keyin e’lon
qilinganida yoki kiritilganida, tadbirkorlik sub’ekti ushbu o’zgarishlarning joriy va muddati
uzaytirilgan soliq aktivlari va majburiyatlariga bo’lgan har qanday ahamiyatli ta’sirini ochib
beradi (BHXS 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” ga qarang).
Kuchga kirish sanasi
89
Ushbu Standart 1998 yilning 1 yanvaridan yoki undan keyin boshlanadigan davrlarga
tegishli bo’lgan moliyaviy hisobotlar uchun kuchga kiradi, bundan 91 bandda beligilangan
holat mustasno. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu Standartni 1998 yilning 1 yanvaridan oldin
boshlanadigan davrga tegishli moliyaviy hisobotlar uchun qo’llaganida, u mazkur Standartni
1979 yilda tasdiqlangan BHXS 12 “Foyda solig’ini hisobga olish” o’rniga qo’llaganini
ochib berishi kerak.
90
Ushbu Standart 1979 yilda tasdiqlangan BHXS 12 “Foyda solig’ini hisobga olish”
o’rnini egallaydi.
91
52A, 52B, 65A, 81(i), 82A, 87A, 87B, 87V bandlari kiritilishi hamda 3 va 50
bandlarning bekor qilinishi 2001 yil 1 yanvaridan yoki undan keyin boshlanadigan davrlarga
tegishli yillik moliyaviy hisobotlar uchun kuchga kiradi
6
. Muddatidan oldin qo’llash
ma’qullanadi. Oldinroq qo’llash moliyaviy hisobotlarga ta’sir qilsa, tadbirkorlik sub’ekti
ushbu faktni ochib berishi kerak.
92
BHXS 1 (2007 yil tahririda) MHXSlarda qo’llaniladigan terminologiyani o’zgartirdi.
Bundan tashqari, uning natijasida 23, 52, 58, 60, 62, 63, 65, 68V, 77 va 81 bandlarga
o’zgartirishlar kiritildi, 61 band o’z kuchini yo’qotdi va 61A, 62A va 77A bandlar qo’shildi.
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu o’zgarishlarni 2009 yil 1 yanvaridan boshlanadigan davrlarga
nisbatan qo’llashi kerak. Agar tadbirkorlik sub’ekti BHXS 1 (2007 yil tahririda) oldinroq
davrga nisbatan qo’llasa, o’zgarishlar ushbu oldinroq davrdan boshlab qo’llanilishi kerak.
93
68 band istiqbolli ravishda, MHXS 3 (2008 yil tahririda) kuchga kirishi sanasidan
boshlab, biznes birlashuvida sotib olingan muddati uzaytirilgan soliq aktivlarining tan
olinishiga nisbatan qo’llanilishi kerak.
94
Shuning uchun, tadbirkorlik sub’ektlari oldingi biznes birlashuvlarining hisobga
olinishiga o’zgartirishlarni kiritmasligi kerak, agar soliq imkoniyatlari sotib olish sanasida
alohida tan olinishi uchun mezonlarga to’g’ri kelmagan bo’lsa va sotib olish sanasidan keyin
tan olingan bo’lsa, toki bu imkoniyatlar baholash davri mobaynida tan olingan bo’lmasa va
sotib olish sanasida mavjud bo’lgan shart-sharoitlar to’g’risidagi yangi ma’lumotlar asosida
tan olingan bo’lmasa. Boshqa tan olinadigan soliq imkoniyatlari foyda yoki zarar tarkibida
tan olinishi kerak (yoki, mazkur Standartda talab qilingan bo’lsa, foyda yoki zarar tarkibidan
tashqarida).
95
MHXS 3 (2008 yil tahririda) muvofiq 21 va 67 bandlar o’zgartirilgan va 32A va 81(y)
va (k) bandlari qo’shilgan. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu o’zgarishlarni 2009 yil 1 iyuldan yoki
undan keyin boshlanadigan yillik davrlar uchun qo’llashi kerak. Agar tadbirkorlik sub’ekti
MHXS 3 (2008 y tahririda) ni oldinroq davrda qo’llasa, o’zgarishlar ham o’sha oldinroq
davrga nisbatan qo’llanilishi kerak.
96
[O’z kuchini yo’qotgan]
6
91 бандда ‘йиллик молиявий ҳисоботлар” деб 1998 й қабул қилинган кучга кириш санасини
аниқроқ тавсифлаш мақсадида айтилган. 89 бандда ‘молиявий ҳисоботлар’ деб таъкидланган.
Do'stlaringiz bilan baham: |