MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR
MAVZULARI
183
hisoblanadigan har qanday mahalliy soliqlarga qo’llaniladigan soliq stavkalarini
umumlashtiradi. Biroq, bir nechta mamlakatlarda faoliyat yurgizadigan tadbirkorlik sub’ekti
uchun, har mamlakatdagi ichki stavkalar bo’yicha tayyorlangan alohida solishtirma
ma’lumotlarni (soliq hisob-kitoblari)ni umumlashtirish eng batafsil bo’lishi mumkin.
Quyidagi misolda qo’llaniladigan soliq stavkasini tanlash miqdoriy solishtirma hisob-kitobi
taqdim etilishiga qanday ta’sir etishi ko’rsatilgan.
86
Soliq xarajatini (daromadini) buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga bo’lish natijasi
o’rtacha effektiv soliq stavkasini bildiradi.
87
Shu’ba tadbirkorlik sub’ektlari, filiallar va qaram tadbirkorlik sub’ektlariga
investitsiyalar va birgalikdagi faoliyatdagi ulushlar bo’yicha paydo bo’lgan va tan
olinmagan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlarini ko’pincha amalda hisoblab bo’lmaydi
(39 bandga qarang). Shuning uchun, mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan muddati
uzaytirilgan soliq majburiyatlarini emas, balki ularni keltirib chiqaruvchi vaqtinchalik
farqlarning umumiy summasini ochib berishni talab etadi. Bunga qaramasdan, amaliy
imkoni bo’lganda, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tan olinmagan muddati uzaytirilgan
soliq majburiyatlarining summasi ochib berilishi ma’qullanadi, chunki bunday ma’lumot
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi mumkin.
87A
82A bandida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan hissadorlarga dividendlar to’lanishidan
kelib chiqishi mumkin bo’lgan foyda solig’i oqibatlarining xususiyati ochib berilishini talab
etiladi. Tadbirkorlik sub’ekti dividendlarning foyda solig’i uchun ehtimoli bo’lgan
oqibatlarga ta’sir qiladigan omillarni va foyda solig’i tizimining muhim xususiyatlarini ochib
berishi kerak.
87B
Hissadorlarga dividendlar to’lanishidan kelib chiqadigan foyda solig’i uchun
ehtimoli bo’lgan oqibatlarning umumiy summasini hisoblashni ba’zan amaliy imkoni
bo’lmaydi. Bu, masalan, tadbirkorlik sub’ekti ko’p sonli xorijiy shu’ba tadbirkorlik
sub’ektlariga ega bo’lgan holatda bo’lishi mumkin. Biroq, bunday holatda ham, mazkur
summaning ayrim qismlarini osonlik bilan aniqlash mumkin. Masalan, jamlanadigan
(konsolidatsiya qilinadigan) guruhda, bosh tashkilot va uning ba’zi shu’ba tadbirkorlik
sub’ektlari foyda soliqlarini taqsimlanmagan foydadan yuqoriroq stavkalar bo’yicha
to’lagan bo’lishi mumkin, hamda jamlangan (konsolidatsiyalashgan) taqsimlanmagan
foydadan kelajakda hissadorlarga dividendlar to’langanida qoplanadigan soliq summasini
bilishi mumkin. Bunday holatda, ushbu qoplanadigan summa ochib beriladi. Agar o’rinli
bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti, shuningdek, aniqlashni amaliy imkoni bo’lmagan qo’shimcha
ehtimoli bor bo’lgan soliq oqibatlarining mavjudligini oshkor etadi. Bosh tashkilotning
alohida moliyaviy hisobotlarida, bunday hisobotlar tayyorlansa, ehtimoli bor bo’lgan soliq
oqibatlari to’g’risida ochib beriladigan ma’lumot bosh tashkilotning taqsimlanmagan
foydasiga tegishli bo’ladi.
87V
82A bandida ma’lumotlarni ochib berishi kerak bo’lgan tadbirkorlik sub’ekti
tomonidan shu’ba tadbirkorlik sub’ektlari, filiallar va qaram tadbirkorlik sub’ektlariga
investitsiyalar yoki birgalikdagi faoliyatdagi ulushlariga tegishli bo’lgan vaqtinchalik farqlar
to’g’risida ma’lumotlar ochib berilishi ham talab qilinishi mumkin. Bunday holatlarda,
tadbirkorlik sub’ekti 82A bandga muvofiq ochib beriladigan ma’lumotlarni aniqlashda
yuqoridagini e’tiborga oladi. Masalan, tadbirkorlik sub’ekti, muddati uzaytirilgan soliq
majburiyatlari tan olinmagan (81 (e) bandga qarang) shu’ba tadbirkorlik sub’ektiga
investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan vaqtinchalik farqlarning umumiy summasini ochib
berishi talab etilishi mumkin. Agar tan olinmagan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari
summasini amalda hisoblab bo’lmasa (87 bandga qarang), ushbu shu’ba tadbirkorlik
sub’ektlariga tegishli bo’lgan dividendlarning amaliy hisoblash imkoni bo’lmagan ehtimolli
soliq oqibatlari mavjud bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |