39
Tadbirkorlik sub’ekti shu’ba tadbirkorlik sub’ektlariga, filiallarga va qaram
tadbirkorlik sub’ektlariga investitsiyalar va birgalikdagi faoliyatdagi ulushlarga tegishli
bo’lgan barcha kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati
uzaytirilgan soliq majburiyatini tan olishi kerak, bundan quyidagi ikkita shart baravar
bajariladigan hollar mustasno:
(a)
bosh tashkilot, investor, qo’shma korxona yoki qo’shma operator vaqtinchalik
farqlarning tiklanishi muddatlarini nazorat qila olishi; va
(b)
vaqtinchalik farq ko’zlangan kelajakda tiklanmasligi ehtimoli mavjudligi.
40
Bosh tashkilot o’z shu’ba tadbirkorlik sub’ektining dividend siyosatini nazorat qilishi
sababli, u ushbu investitsiya bilan bog’liq bo’lgan vaqtinchalik farqning tiklanishi
muddatlarini nazorat qilishi mumkin (shu jumladan, nafaqat taqsimlanmagan foyda
natijasida, balki hisobotni bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazishdagi farqlardan ham
kelib chiqadigan vaqtinchalik farqlarning). Bundan tashqari, ko’pincha bunday vaqtinchalik
farqlar tiklanganida to’lanadigan foyda soliqlarining summasini aniqlashni amaliy imkoni
bo’lmaydi. Shuning uchun, bosh tashkilot ushbu foyda ko’zlangan kelajakda
taqsimlanmasligini bilganida, u muddati uzaytirilgan soliq majburiyatini tan olmaydi. Shu
kabi yondashuv, filiallarga bo’lgan investitsiyalarga nisbatan ham qo’llaniladi.
41
Tadbirkorlik sub’ektining nomonetar aktivlari va majburiyatlari uning funktsional
valyutasida baholanadi (BHXS 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’siri” ga
qarang). Agar tadbirkorlik sub’ektining soliq solinadigan foydasi yoki soliq zarari (va,
demak, nomonetar aktivlar va majburiyatlarning soliq bazasi) boshqa valyutada
aniqlanadigan bo’lsa, valyuta kurslaridagi o’zgarishlar vaqtinchalik farqlar kelib chiqishiga
sabab bo’ladi, bu esa muddati uzaytirilgan soliq majburiyati yoki (24 banddagi shart
bajarilganida) muddati uzaytirilgan aktiv tan olinishiga olib keladi. Natijadagi muddati
uzaytirilgan soliq foyda yoki zararning debeti yoki kreditiga olib boriladi (58 bandga
qarang).
42
Qaram tadbirkorlik sub’ektining investori ushbu sub’ektni nazorat qilmaydi, va
odatda uning dividend siyosatini belgila olmaydi. Shuning uchun, qaram tadbirkorlik
sub’ektining foydasi ko’zlangan kelajakda taqsimlanmasligini talab etadigan kelishuv mavjud
bo’lmaganida, investor ushbu qaram tadbirkorlik sub’ektiga investitsiyasi bilan bog’liq
kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farqlardan kelib chiqadigan muddati uzaytirilgan
soliq majburiyatini tan oladi. Ba’zi hollarda, investor, u qaram tadbirkorlik sub’ektiga
qilingan investitsiyaning tannarxini qoplaganida to’lanadigan soliq summasini aniqlay
olmasligi mumkin, lekin u qandaydir minimal summaga teng bo’lishi yoki undan oshib
Do'stlaringiz bilan baham: |