MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR
MAVZULARI
169
aktivini yuzaga keltiradi. Muddati uzaytirilgan soliq aktivi, shuningdek, aniqlanadigan sotib
olingan aktivlarning haqqoniy qiymati ularning soliq bazasidan kam bo’lganida ham kelib
chiqadi. Ikkila holatda ham, kelib chiqadigan muddati uzaytirilgan soliq aktivi gudvilga
ta’sir qiladi (66 bandga qarang); va
(g)
ayrim aktivlar haqqoniy qiymati bo’yicha hisobga olinishi mumkin, yoki qayta
baholanishi mumkin, biroq bu o’zgarishlar soliq qoidalari bo’yicha quyiladigan talablar
nuqtai nazaridan hech qanday ekvivalent o’zgarish keltirib chiqarmasligi mumkin (20
bandga qarang). Kelgusida chegiriladigan vatinchalik farq aktivning soliq bazasi uning
balans qiymatidan oshib ketsa paydo bo’ladi.
27 Kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlarning tiklanishi kelgusi davrlarda soliq
solinadigan foydadan chegiriladigan summalarga olib keladi. Biroq, soliq to’lovlarining
kamayishi ko’rinishidagi iqtisodiy naf tadbirkorlik sub’ektiga faqat u tomonidan kelgusida
chegirib tashlash uchun etarlicha soliq solinadigan foyda ishlab topilganida faqat kelib
tushadi. Shuning uchun, tadbirkorlik sub’ekti faqatgina kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik
farqni chegirib tashlash uchun etarlicha soliq solinadigan foyda bo’lishi ehtimoli mavjud
bo’lganida, faqat, muddati uzaytirilgan soliq aktivlarini tan oladi.
28 Kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqni chegirib tashlash uchun etarlicha soliq
solinadigan foyda bo’lishi ehtimoli shunda mavjud bo’ladiki, agar aynan bir soliq idorasiga
va aynan bir tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo’lgan etarlicha kelgusida soliq solinadigan
vaqtinchalik farqlar mavjud bo’lsa va ular quyidagi davrlarda tiklanishi kutilayotgan bo’lsa:
(a)
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farq tiklanishi kutilayotgan davrning o’zida;
yoki
(b)
muddati uzaytirilgan soliq aktividan kelib chiqadigan soliq zarari o’tkaziladigan
kelgusi yoki oldingi davrlarda.
Bunday vaziyatlarda, muddati uzaytirilgan soliq aktivi kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik
farqlar paydo bo’ladigan davrda tan olinadi.
29
Aynan bir soliq idorasiga va aynan bir tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo’lgan
etarlicha kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farqlar mavjud bo’lmaganida, muddati
uzaytirilgan soliq aktivi quyidagilar bajarilganida tan olinadi:
(a)
tadbirkorlik sub’ekti aynan bir soliq idorasiga tegishli bo’lgan va soliqqa tortiladigan
aynan bir tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo’lgan etarlicha soliq solinadigan foydaga,
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farq tiklanadigan davrning aynan o’zida(yoki muddati
uzaytirilgan soliq aktividan kelib chiqadigan soliq zarari o’tkazilishi mumkin bo’lgan kelgusi
yoki oldingi davrlarda), ega bo’lishi ehtimoli mavjud bo’lishi. Tadbirkorlik sub’ekti kelgusi
davrlarda etarlicha soliq solinadigan foydaga ega bo’lishini baholaganda, u kelgusi
davrlarda paydo bo’lishi kutilayotgan kelgusida chegiriladigan vaqtinchaliq farqlardan kelib
chiqadigan soliq solinadigan summalarni inobatga olmaydi, chunki ushbu kelgusida
chegiriladigan vaqtinchalik farqlardan yuzaga keladigan muddati uzaytirilgan soliq
aktivining o’zi, u kamaytirilishi uchun kelgusida soliq solinadigan foydani bo’lishini talab
etadi; yoki
(b)
tadbirkorlik sub’ektining tegishli davrlarda soliq solinadigan foydani keltirib
chiqaradigan soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlari mavjud bo’lishi.
30
Soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlari – bu soliq zararini kelgusi yoki oldingi
davrlarga o’tkazish muhlati tugamasdan tadbirkorlik sub’ekti tomonidan soliq solinadigan
daromadni muayyan davrda shakllantirish yoki ko’paytirish uchun amalga oshirilishi
mumkin bo’lgan choralardir. Masalan, ba’zi mamlakatlarda soliq solinadigan foyda
quyidagi yo’llar bilan shakllantirilishi yoki oshirilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |