Aktiv schyotlar; active accounts; активныесчета; korxona mablag‘larini hisobga oladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular mavjud mablag‘lar, ularning tarkibi va joylashishi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni beradi. Aktiv schyotlarda mablag‘larning ko‘payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi. Oxirgi qoldig‘i faqat debetda ko‘rsatiladi va buxgalteriya balansining aktivida ko‘rsatiladi.
Aktsiyadorlar; shareholders; акционеры; aktsiyadorlik jamiyatining a’zosi bo‘lib, bunga bir yoki bir necha aktsiyalarni sotib olish orqali erishadi.
Aktsiyadorlar jamiyati; shareholder society; акционер общества; ishlab chiqarish fondlari aktsiyadorlarning aktsiyalarni sotib olish yo‘li bilan qo‘shgan ulushlari hisobiga tashkil topadigan korxonadir.
Amortizatsiya; depreciation; амортизация; foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat; depreciable value; остаточная стоимость; bu aktivning moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan boshlang‘ich (tiklanish) qiymatidan uning likvidatsiya qiymatini ayirgan holdagi summasi.
Analitik hisob; analytical account; аналитический учет; pul va zarur bo‘lgan hollarda natura shaklida detallashgan ko‘rsatkichlar-ni beruvchi hisob
Analitik hisob schyotlari; the account of analytical accounting; счёта аналитическогоучета; analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular ma’lum sintetik schyotning ko‘rsatkichlarini detallashtirish uchun ochiladi. Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. Analitik hisob schyotlari sintetik hisob schyotlariga o‘xshab debet va kreditga ega. Ular bo‘yicha aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda bir sintetik schyot bo‘yicha ochilgan barcha analitik schyotlarning debet va kredit aylanmalarining jami hamda saldolarining jami so‘m hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit aylanmalari hamda saldosiga teng bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisobini takomillashtirish jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob yordamchi (jamg‘aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda esa sintetik schyotlar bilan birga bir jurnal-orderda olib boriladi.