Moliyaviy hisob va hisobat


Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi



Download 0,84 Mb.
bet139/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

10.5. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish).
- Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.
- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMS, “Ijara hisobi” nomli 6-son BHMS, “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin:
9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”
9520-“Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
9530-“Foiz ko‘rinishidagi daromadlar”
9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar”
9560-“Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
9590-“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo‘lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotida tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko‘payishi, debet oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotida royalti va kapital transferti bo‘yicha olingan daromadlar aks ettiriladi.
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4850-“Olinadigan royalti”
Kredit 9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”.
9520-“Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotida O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qo‘shish yo‘li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi.
Dividendlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4840-“Olinadigan dividendlar”
Kredit 9520-“Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
9530-“Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4830-“Olinadigan foizlar”
Kredit 9530-“Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi.
9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettiriladi.
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590-hisobvaraqlarning kredit oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish