38
III. Xulosa va takliflar.
3.1
Korxonalarga tavsiya etiladigan usullar.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o'rtacha xarajatlari ya‘ni
tannarxlari – ko'p jihatdan xom-ashyo va materiallardan samarali foydalanish
ko'rsatkichlariga bog‗liqdir.
Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab
chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-
tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan
me‘yorlarga nisbatan ortiqcha bo'lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab
chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo'lmaydi.
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya
hisobini tashkil etishga bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi material harakatini
dastlabki hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini
ta‘minlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bo‘lgan baholash
usullarini qo‘llash natijasida mahsulot tannarxini ob‘ektiv tarzda shakllantirish
hisoblanadi.
Biz butun ilmiy ish mobaynida o‘tkazgan tajriba va sinovlarning natijasidan
xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ayni narxlar tez o‘zgaruvchan bo‘lgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida korxonada FIFO (birinchi kirim – birinchi chiqim) usulidan
foydalanib ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashyo va materiallar tannarxini
aniqlashni tavsiya qilgan bo‘lardik. Chunki kuzatuvlardan ma‘lumki, ayni davrda
bozordagi har qanday mahsulot va xizmatning bahosi faqat o‘smoqda.
Biz amaliy keltirgan ―O‘z Hanwoo Engineering‖ qo‘shma korxonasida tovar
moddiy zahiralar Koreya respublikasidan AQSH dollari hisobida keltiriladi va
omborga kirim qilishda o‘sh kungi markaziy bank kursiga asosan so‘mda qabul
qilinadi. Tayyor maxsulotni sotishda esa ―GM O‘zbekiston‖ qo‘shma korxonasi bilan
tuzilgan shartnomaga asosan maxsulot yuklab jo‘natilayotgan kungi markaziy bank
kursiga muvofiq AQSH dollarida sotiladi. Aynan shu omilni inobatga olgan holda
korxona kelajakda o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha baholash emas birinchi xarid
39
narxlarida baholasa valyuta kursi o‘zgarishidagi ijobiy farqdan ham ancha foyda
ko‘radi
Bizga ma‘lumki, o‘rtacha tortilgan qiymat usuli omborxonalarga materiallar tez-
tez kelib tushadigan va ishlatiladigan korxonalar uchun hisob-kitoblarni qisqartirish
maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul ko‘p jihatdan foydali, lekin biz o‘rganayotgan
korxonada bu usul uncha ko‘p foyda keltirmaydi. Masalan yangi materiallar kelishiga
korxonada ozroq eski narxdagi material qoldig‘i mavjud bo‘lsa, yangi materiallar
oshgan narxda kelsa, shu qolgan oz miqdordagi eski – arzon narxdagi materiallar
tannarxi butun boshli yangi partiya narxiga ta‘sir o‘tkazadi. Qolaversa valyuta kursi
farqlari ham ancha yo‘qotishlarga olib keladi.
O‘z – o‘zidan ma‘lumki, bizda so‘nggi xarid narxlarida baholash (LIFO) usuli
tavsiya etilmaydi. Shu omillardan kelib chiqib, biz korxonaga birinchi xarid
baholarida baholashni (FIFO usuli) tavsiya etgan bo‘lardik. Va shuni ham ta‘kidlash
kerakki, korxona yangi partiya xom-ashyo va materiallar kelgunga qadar eski partiya
materiallarini imkon darajasida ko‘proq ishlatib, kamroq qoldiq qoldirishga harakat
qilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda korxona xaridor va buyurtmachilarni kelajak narx
oshishiga tayyorlab, shartnomani bir partiya materiallari tugagunga qadar muddatga
(1 kvartalga) tuzishi maqsadga muvofiq.
Korxona moliyaviy natijalarida ko‘zga tashlangan yana bir nuqson – bu valyuta
kursi farqidan anchagina zararning mavjudligidir. Ma‘lumki, ―O‘z Hanwoo
Engineering‖ korxonasi xom-ashyo va materiallar hamda tayyor mahsulot savdosi
bilan bog‘liq shartnomalariga muvofiq bu operatsiyalarni AQSH dollarida amalga
oshiradi. Lekin shunga qaramay, korxona hisob-kitobi va hisoboti milliy valyutada
tuziladi. Bunday holatda ishlaganda, albatta, korxona kurslar farqidan yo‘qotishlarga
uchrashi tabiiy. Bu muammoni yumshatish maqsadida korxonaga bir vaqtning o‘zida
ham milliy valyutada (BHMS asosida), ham chet el valyutasida (MHXS
5
asosida)
hisob yuritishi kerak. Shunda ikkinchi hisobotda korxonaning haqiqiy foydasi
ko‘rinadi va bu hisobotni investorlar va tashqi foydalanuvchilarga taqdim etib, ijobiy
xulosa olish mumkin.
5
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”
40
Xulosa qilib aytganda, korxonalarda xom-ashyo va materiallar hisobini
qanchalik oqilona yo‘lga qo‘yish, ularni baholash usullarini to‘g‘ri tanlash ham
mahsulot tannarxiga ham korxona foydasiga ta‘sir etishga qo‘yilgan yirik qadam
hisoblanadi. Ayniqsa qo‘shma korxonalar bu muammoni hal qilishga jiddiy
yondashishlari va materiallardan oqilona narxlarda foydalanishlari korxona maxsuloti
tannarxini bozorbob shakllantitishning birdan bir yo‘lidir.
Do'stlaringiz bilan baham: