«moliyaviy hisob»



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana16.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#376728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar tannarxini xisoblash usullari 6

II.

 

Asosiy qisim: 

2.1.

 

Ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar 

tannarxini hisoblash usullari. 

Materiallarni  buxgalteriya  hisobida  to‘g‘ri  baholash  muhim  ahamiyatga  ega 

hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  zahiralarini  baholash  «Tovar-moddiy  zahiralar»  nomli 

4-son BHMAga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng 

kam bahoda, ya‘ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. 

Chunki  buxgalteriya  hisobining  ehtiyotkorlik  tamoyilini  aks  ettirishning  biri  bo‘lib 

past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati.  

«Tovar-moddiy  zahiralar»  nomli  4-son  BHMAga  asosan  tovar  moddiy 

zahiralarning  tannarxi  barcha  sotib  olish  xarajatlarini  va  tovar-moddiy  zahiralarni 

manzilga  etkazib  berish  hamda  tegishli  holatga  keltirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 




 

transport-tayyorlov xarajatlarini  o‘z  ichiga  oladi. Materiallarni sotib olish xarajatlari 



sotib  olish  qiymatini,  import  bojlari  va  yig‘imlarni,  mahsulotni  sertifikatsiya  qilish 

xarajatlarini,  ta‘minot,  vositachi  tashkilotlarga    to‘langan  komission  to‘lovlarni, 

soliqlarni  (keyinchalik  hisob-kitob  tarzida),  shuningdek  transport-tayyorlov 

xarajatlari,  xizmat  va  zahiralarni  sotib  olish  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa 

xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Savdo diskontlari, siylovlari va shunga o‘xshash boshqa 

chegirmalar  materiallarni  sotib  olish  xarajatlarini  belgilashda  amalga  oshiriladi. 

Boshqa  xarajatlar,  agar  ular  materiallarni  manziliga  etkazish  paytida  paydo  bo‘lgan 

taqdirdagina  tovar-moddiy  zahiralarning  tannarxiga  kiritiladi.  Masalan,  ishlab 

chiqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  qo‘shimcha  xarajatlar  yoki  muayyan  mijozlar 

uchun  mahsulot  ishlab  chiqarish  sarflarini  materiallar  qiymati  bo‘yicha  xarajatlarga 

kiritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin.   

Materiallarning  har  bir  turini  tayyorlash,  haqiqiy  tannarxini  hisoblash  ko‘p 

mehnat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar 

joriy  hisobda  -  o‘rtacha  sotib  olinish  bahosi,  reja  tannarxi  bo‘yicha  va  boshqa 

baholarda  baholanadi.  Materiallarning  haqiqiy  tannarxi  bilan  o‘rtacha  sotib  olinish 

bahosi  yoki  reja  tannarxi  o‘rtasidagi  farq  ularning  guruhlari  bo‘yicha  alohida 

hisobvaraqlarda hisobga olinadi.  

Amaliyotda  kompyuterlarning  keng  qo‘llanilishi  material  zahiralari  har  bir 

turining  haqiqiy  tannarxini  hisoblash  imkoniyatini  yaratadi.  Ishlab  chiqarish 

xarajatlariga  hisobdan  chiqariladigan  materiallarning  haqiqiy  tannarxini  aniqlash, 

ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin: 

1. Yalpi solishtirish (identifikatsiya) usuli. 

2. O‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli;  

3. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum-birinchi  

xarajat, FIFO usuli;  

4. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-oxirgi  

xarajat, LIFO usuli.  

Yalpi  solishtirish  (identifikatsiya)  usuli  -  o‘zaro  almashtirilmaydigan 

zahiralarning  alohida  moddalarining  tannarxi,  shuningdek,  maxsus  buyurtmalar 



10 

 

uchun  mo‘ljallangan  va  ishlab  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlar  tannarxi  ham  yakka 



tartibdagi  aniq  xarajatlarni  solishtirish  qilish  yo‘li  orqali  aniqlanishi  lozim. 

Xarajatlarni maxsus solishtirish qilishning ma‘nosi - maxsus xarajatlar zahiralarning 

alohida moddasiga olib boriladi. 

AVECO  (―average  cost‖)usuli  materiallarning  o‘rtacha  narxlariga  asoslangan. 

Bu usul bo‘yicha  har  bir  birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash birliklarning 

o‘rtacha  o‘lchanadigan  qiymatidan  va  davr  mobaynida  sotib  olingan  va  ishlab 

chiqarilgan  o‘xshash  birliklar  qiymatidan  belgilanadi.  O‘rtacha  qiymat  usuli 

yordamida sotishga yaroqli TMZlar  o‘rtacha qiymati hisoblab topiladi. Vaqti-vaqti  

bilan   ro‘yhatga   olishni   o‘tkazilayotganda   o‘rtacha miqdor  butun  bir  davr  uchun 

hisoblab chiqiladi.  

O‘rtacha  qiymat  davriy  asosda  yoki  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektda  mavjud 

bo‘lgan  vaziyatga  ko‘ra,  har  bir  qo‘shimcha  etkazib  berish  davomida  hisoblanishi 

mumkin. 

Misol. Tekstil korxonasi inyul oyi mobaynida bo‘yoq sotib olish va ishlatishga 

doir quyidagi operatsiyalarni bajardi: 

2 iyulda 1 kg mi 800 so‘mdan 200 kg bo‘yoq olindi; 

9 iyulda 1 kg mi 816 so‘mdan 600 kg bo‘yoq olindi; 

12 iyulda 360 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga kiritildi; 

20 iyulda 200 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga kiritildi; 

25 iyulda 1 kg mi 845 so‘mdan 500 kg bo‘yoq olindi; 

1 iyul holatiga korxonada bo‘yoq zahirasi mavjud emas. 

Korxnona  TMZ  larni  hisobga  olishning  uzluksiz  hisob  tizimidan  foydalanadi. 

Bu  tizimga  binoan  hisobot  davrida  ishlatilgan  barcha  TMZ  lar  ishlatilgan 

sanasidayoq hisobga olinadi va tannarxi aniqlanadi. 

TMZ  larning  o‘rtacha  tannarxi  har  sarfdan  keyin  quyidagi  formula  orqali 

aniqlanadi: 

 

 




11 

 

1-jadval 

№ 

Sana 


Xaridlar 

Sarflar 


Qoldiq 

 

1.07 ga 



 

 



2.07 


200 kg x 800 so‘m = 

160 000 so‘m 

 

200 kg x 800 so‘m = 



160 000 so‘m 

9.07 



600 kg x 816 so‘m = 

489 600 so‘m 

 

800 kg x 812 so‘m* 



= 649 600 so‘m 

12.07 



 

360 kg x 812 so‘m 

= 292320 so‘m 

440 kg x 812 so‘m = 

194 880 so‘m 

20.07 



 

200 kg x 812 so‘m 

= 162 400 so‘m 

240 kg x 812 so‘m = 

194 880 so‘m 

25.07 



500 kg x 845 so‘m = 

422 500 so‘m 

 

740 kg x 835 so‘m** 



= 617 380 so‘m 


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish