Bog'liq Moliya faoliyatidan daromadlar va xarajatlar auditi ASQAR 1
2.Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromad va xarajatlarni tekshirish. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlar alohida daromad va xarajatlar guruhiga kiritiladi. Bu foyda va zararlar korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liq emas.Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda alohida zarar alohida schyotlarda hisobga olinadi.Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (daromad) quyidagi schyotlarda hisobga olinadi.
9510 "Royaltidan olingan daromadlar"
9520 "Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar"
9530 "Foiz ko’rinishidagi daromadlar"
9540 "Kurs farqlaridan olingan daromadlar"
9550 " Uzoq muddatli ijaradan olinadigan daromadlar"
9560 "Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar"
9590 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar"
Bular tranzit schyotlar bo’lib passiv schyotlariga mansub. Yuqoridagi schetlarning kredit oborotlari tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko’payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.
0510- "Royaltidan olingan daromadlar" schyotida pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda royalti va kapitalning transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Royalti - bu sotuvchiga litsenziya shartnoma buyumdan foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa.
Olishga tegishli bo’lgan royalti va gonorarlar summasiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4850 "Royalti va gonorarlar bo’yicha olishga tegishli schyotlar"
K-t 9510 "Royaltidan olingan daromadlar".
Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablag’arini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
9520 "Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar" schyotida O’zbekiston Respublikasi hududi va chet ellarda ulush qo’shish yo’li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo’yicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday daromadlar hisoblanganda 9520 "Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar" schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5110- "Hisob - kitob schyoti", 5210 "Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari"-korxonaning hisob - kitob schyotidagi pul mablag’laridan foydalanganligi uchun bank tomonidan o’tkazib berilgan summaga;
4840- "Olinadigan dividendlar" schyoti - korxona tomonidan sotib olingan aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan dividendlar summasiga. Ushbu dividendlar hisob-kitob schyotiga o’tkazib berilsa. 5110 "Hisob - kitob schyoti" debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
Foizlar hisoblanganda 9530 "Foizlar ko’rinishidagi daromadlar" schyoti kreditlanib quyida schetlar debetlanadi:
4830 "Olinadigan foizlar" schyoti - lizing muomalalari bo’yicha olishga tegishli foizlar summasm berilgan kreditlar bo’yicha mijozlardan olinadigan foizlar summasiga. Foizlar summasi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4830- schyoti kreditlanadi.
9540- "Kurs farqlaridan olingan daromadlar" schyotida valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy; valyuta muomalalari bo’yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Valyuta schyotlari va xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha kurs farqlaridan daromad olinganda 9540 "Kurs farqlaridan olingan daromadlar" schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5210- "Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari" - valyuta schyotidagi mablag’ bo’yicha ijobiy kurs farqiga;
0610- "qimmatli qog’ozlar", 5810 "qimmatli qog’ozlar" schyotlari - uzoq va qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bo’yicha xorijiy valyutalarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4720- "Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzlari" schyoti -xodimlarga xorijiy valyuta berilgan qarzlarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4110- "Alohida bo’linmalarda olinadigan schyotlar" - filial va vakolatxonalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha valyuta kursining ijobiy farqi summasiga;
6210- "Muddati uzaytirilgan daromad" schyoti - muddati uzaytirilgan qarz bo’yicha valyuta kursining ijobiy farqi summasiga.
9550- "Uzoq muddatli ijaradan olinadigan daromadlar" schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirilib quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtiriladi:
Moliyalanadigan lizing bo’yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga
D-t 6210 "Muddati uzaytirilgan daromad" - joriy qismi
K-t 9550 "Uzoq muddatli ijaradan olinadigan daromadlar»;
Moliyaviy lizing bo’yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad summasiga
D-t.7290 "Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar"
K-t 9550 "Uzoq muddatli ijaradan olinadigan daromadlar".
9560 "Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar" schyotida qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatidai ortiq baholangan farq summasiga 0610 "qimmatli qog’ozlar" va
5810 "qimmatli qog’ozlar" schyotlari debetlanib 9560 "qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar" schyoti kreditlanadi.
9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar" schyotida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan muomalalardan olingan foyda aks ettiriladi.
Masalan, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar auksionida muvafaqqiyatli o’tkazilgandan so’ng garov summasi qoldirilsa 0610 "qimmatli qog’ozlar" schyoti debetlanib, 9590 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar" schyoti kreditlanadi.
Hisobot davri oxirida yuqoridagi schyotlarning kredit oborotlari quyidagi provodkalar bilan yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi;
D-t 9510 "Royaltidan olingan daromadlar"
D-t 9520 "Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar"
D-t 9530 "Foizlar ko’rinishidagi daromadlar"
D-t 9540 "Kurs farqlaridan olingan daromadlar" : D-t 9550 "Uzoq muddatli ijaradan olinadigandan daromadlar"
K-t 9560 "qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar"
D-t 9590 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar"
K-t 9900 "Yakuniy moliyaviy natija".
Korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lmagan moliyaviy xarajatlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9610 "Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar" 9620 "Kurs farqlaridan zararlar"
9630 "qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar"
9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar".
Bular tranzit schyotlar bo’lib aktiv schyotlariga mansub. Yuqoridagi schyotlarning debet oborotlari tegishli yo’nalishdagi sodir bo’lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oborotlari esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldiq qolmaydi.
9610 "Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar" schyotida bank kreditlari, mol yuboruvchilarga va qarzlar bo’yicha to’lanadigan foiz xarajatlari hisobga olinadi.
9620 "Kurs farqlaridan zararlar" schyotida xorijiy valyutalarni kursidagi salbiy farqi va xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha zararlar hisobga olinadi.
9630 "Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar" schyotida qimmatli qog’ozlari» chiqarish va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aks ettiriladi.
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar summasini xizmat ko’rsatgan tashkilotlarga o’tkazib berish hisoblanganda 9630 "qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar" schyoti debetlanib, 6990 "Boshqa majburiyatlar" schyoti kreditlanadi. Ushbu summa o’tkazib berilganda 6990- schyot debetlanib pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshka xarajatlar" schyotida moliyaviy qo’yilmalar, pul mablag’lari va hisob-kitoblarni hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda qimmatli qog’ozlar, sho’’ba korxonalar va shu kabilarga qo’yilgan mablag’larni qaytadan baholashdan ko’rilgan zararlar va moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Bunday zararlar sodir bo’lganda 9690 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar" schyoti debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi:
8610 "Sotib olingan xususiy aksiyalar- oddiy", 8620 "Sotib olingan xususiy aksiyalar-imtiyozli schyotlari - sotib olingan xususiy aksiyalarni ikkilamchi sotishda sotib olish bahosi bilan sotish bahosi orasidagi salbiy farq summasiga;
8610, 8620 schyotlari - nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda nominal qiymati bilan sotib olish bahosi orasidagi farq summaga;
0610 - 0690, 5810 - 5890 schyotlar - uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarga qo’yilgan mablag’larni qaytadan baholashdan ko’rilgan zararlar summasiga.
Misol uchun "Farhod" korxonasi 5000 dona aksiyasini "Marhamat" korxonasiga sotdi. Bu aksiyaning har biri 350 so’mga sotib olindi, jumladan, xizmat uchun brokerga komission to’lovlari bilan birga. Bu aksiyalarning har birining 250 so’mga sotilishi quyidagicha aks ettiriladi.
D-t 5110 “'Hisob-kitob” schyoti 1250000 so’m
D-t 9690 - "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarflar" 500000 so’m
K-t 5810 -"Qimmatbaho qog’ozlar" 1750000 so’m
"Marhamat" korxonasi aksiyalarni sotib olish va sotish qiymatlari orasidagi farq hisobiga 500000 so’m zarar ko’rdi.
Hisobot davri oxirida yuqoridagi schyotlarning debet oborotlari quyidagi provodkalar bilan yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi:
D-t 9900 "Yakuniy moliyaviy natija" schyoti
K-t 9610 "Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar" schyoti Kt 9620 "Kurs farqlaridan zararlar" schyoti
K-t 9630 "Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar" schyoti
K-t 9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar" schyoti.
K-t 9640; - «Sotish xarajatlari»;
K-t 9420- « Ma’muriy xarajatlar»;
9430 - «Boshqa operatsion xarajatlari»;
9440- «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegariladigan hisobot davri xarajatlari»;
9450 - «Yordamchi xo’jaliklar» va boshqa schyotlar.
Ushbu schyotlarning debetidaga yozuvlar davr xarajatlarining shakllanishini bildiradi. Auditor davr xarajatlarining shakllanishini 5110, 6010, 4210, 6710, 5010, 6520, 0200, 1310, 6890, 9210, 6410 va boshqa schyotlardagi yozuvlar (ushbu schyotlarning kreditidagi yozuvlar) orqali tekshiradi. Oy tugagandan so’ng barcha davr xarajatlari 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkazilgan bo’ladi. Audit jarayonida davr xarajatlari alohida moddalari bo’yicha tekshirilib ma’lum xulosalarga kelinadi.
Korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan xarajatlari foiz ko’rinishidagi xarajatlar kurs farqlaridaga zararlar xamda boshqa turdagi moliyaviy faoliyat xarajatlaridan iborat. Auditor ushbu xarajatlarning to’g’riligini 9600-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisob schyotlari» orqali tekshiradi. Mazkur schyot 6820, 7510, 6920, 5210, 0610, 4620 va boshqa schyotlar bilan korrespondensiyada bo’lib oy oxirida 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan yopiladi. Auditor ushbu schyotlardagi yozuvlarning qonun talablariga mos kelish-kelmasligini tekshiradi. Хarajatlar auditi natijalari auditorlik hisoboti va xulosasiga kiritiladi.
Korxonalar moliyaviy faoliyatdan ham daromad oladi ushbu korxona kapitalini boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga jalb qilish tufayli olingan daromadlar, foizlar ko’rinishidagi daromadlar, lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar, qimmatbaho qog’ozlarga jalb qilingan mablag’larning qayta baholanishidan olingan daromadlar, valyuta schyotidagi mablag’larning ijobiy kursidan olingan daromadlar va boshqa moliyaviy faoliyatning daromadlari kiradi. Audit jarayonida ushbu daromadlarning qonuniyligi 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9590 schyotlar orqali tekshirilib chiqiladi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar ham oy oxirida 9900 -«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkazilgan bo’ladi. Auditor ushbu operatsiyalarning to’g’riligini ma’lum hujjatlarga asosan tekshiradi.
Shunday qilib turli mulkdagi korxonalarning daromadlari ma’lum ketma-ketlikda audit qilinadi va uning natijalari auditorlik hisoboti hamda xulosasida o’z aksini topadi.