Moliyaviy faoliyatga doir harajatlar deganda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli harajatlar tushuniladi. Bularga foizlar, salbiy kurs farqlari ko‘rinishidagi harajatlar va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya hisobini baholash va korxonaning moliyaviy faoliyatining turli ko'rsatkichlari o'rtasidagi munosabatlar va o'zaro bog'liqlikni aniqlash sizga ma'lum bir davrda - hisobot davri boshida va oxirida - moliyaviy faoliyat to'g'risida tushuncha olishga imkon beradi, shu bilan birga korxona faoliyatining evolyutsion tabiati foydalanuvchi ko'zidan yashirin qoladi.
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar»
Dividendlar — aksiyalar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan daromad;
yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o’rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o’rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo’yicha) taqsimlanadigan sof foydaning va o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi;
yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish uchun yo’naltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a’zosining) qo’shimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari; (22-moddaning yettinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 dekabrdagi O’RQ-241-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2009 y., 52-son, 556-modda).
Misol. «Oqtosh Don» kompaniyasi sotib olgan aksiyalarning qiymati 600000 so’m, nominal qiymati esa 500000 so’m, uzish muddati 10 yil. Aksiyalar bo’yicha har yili 10 foiz daromad olishga kelishilgan.
Aksiyalar sotib olinganida:
D-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 600000 so’m
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 600000 so’m
Har yili olinadigan daromadning hisoblanishi:
500000 x 10 / 100 = 50000 so’m.
Sotib olish va nominal qiymatlar o’rtasidagi farq:
600000 - 500000 = 100000 so’m, demak, har yilga 100000 / 10 = 10000 so’m.
Yillik daromad hamda aksiyani sotib olish va nominal qiymatlari o’rtasidagi farq: 50000 - 10000 = 40000 so’m.
Yil oxirida olingan daromad va tafovutlar quyidagicha hisobga olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |