Moliyaviy faoliyat hisobining yuritilishi, buxgalteriya hisobida maqsad vazifalari va me’yoriy huquqiy asoslari


-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar»



Download 38,59 Kb.
bet9/13
Sana06.07.2022
Hajmi38,59 Kb.
#747268
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettiriladi.
Moliyaviy ijara mol-mulkni (moliyaviy ijara ob’ektini) egalik qilish va foydalanishga o’n ikki oydan ortiq muddatga shartnoma bo’yicha topshirishda vujudga keladigan ijara munosabatlaridir. Bunda moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak3:

  • Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara ob’ekti ijara oluvchining mulkiga o’tsa;

  • Moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki moliyaviy ijara ob’ektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa;

  • Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara ob’ektini shu huquqni amalga oshirish sanasidagi bozor qiymatidan past narx bo’yicha sotib olish huquqiga ega bo’lsa;

  • Moliyaviy ijara shartnomasining amal qilishi davrida ijara to’lovlarining joriy diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshib ketsa.

  • Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

  • Ijara (lizing) to’lovi — ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to’laydigan summa;

Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi — buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to’lovi summasi bilan ijara (lizing) ob’ektining qiymatini qoplash summasi o’rtasidagi farq ko’rinishidagi ijara (lizing) to’lovining bir qismi;
Lizing beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan lizing bitimi quyidagicha tusda bo’ladi:

  • lizing beruvchining kelishuv asosidagi umumiy xarajatlari quyidagi tenglik bilan izohlanadi:

L T=B q +K T+Q T
KT - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda; QT - qo’shimcha xizmatlar uchun to’lov, so’mda;
Bq - lizing shartnomasi predmeti hisoblangan mulkning balans qiymati, so’mda. Lizing bitimi asosida lizing oluvchining lizing to’lovlari xarajatlari quyidagicha hisoblanadi:
LT = A + KT + KoT + QT + QQS + BB
Bunda,
A - lizing beruvchida joriy yilda hisobga olinadigan amortizatsiya ajratmalari miqdor o’lchovi, so’mda;
KoT - lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofot puli, so’mda;
QQS - lizing beruvchi xizmatlari bo’yicha lizing oluvchi tomonidan to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i, so’mda;
BB - bojxona boji, so’mda;
KT - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda; QT - qo’shimcha xizmatlari uchun to’lov, so’mda
Odatda lizing ob’ektining balans qiymati hamda uning lizing oluviga beriladigan shartnoma qiymati o’rtasida farq mavjud bo’ladi. Bu farq 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’ining kreditida saldo bo’lib qoladi. Ushbu saldo daromad hisoblanadi hamda u hisobdan chiqarilganida quyidagicha provodka beriladi:

  1. joriy yilda daromadga o’tkaziladigan qismiga:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»
K-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»-joriy qismiga;

  1. ijara muddatining kelgusi yillarida daromadga o’tkaziladigan qismiga

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»
K-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar».
с) Ijara haqi olinganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar».
Ijara haqi olinganidan so’ng moliyaviy lizing bo’yicha berilgan ob’ektning lizing oluvchi bilan kelishilgan qiymati va uning balans qiymati orasidagi farq summaning joriy qismi quyidagi provodka bilan daromadga o’tkaziladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi
K-t 9550-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha daromadlar».
Lizing beruvchi har yilning boshida joriy yil bo’yicha olinadigan lizing to’lovlari summasiga quyidagicha provodka beradi;

  • Olinadigan ijara haqi summasiga:

D-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar»
K-t 0920-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar»;

  • Joriy yilda daromadga o’tkaziladigan qismiga:

D-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar»
K-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi;

  • Ijara haqi olinganida quyidagicha yozuv qilinadi:

D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4810-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar».
Moliyaviy lizing bo’yicha berilgan ob’ektning lizing oluvchi bilan kelishilgan qiymati va uning balans qiymati orasidagi farq summaning joriy qismiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»-joriy qismi
K-t 9550-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha daromadlar».

Download 38,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish