Молиявий таҳлил фанининг предмети



Download 20,13 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi20,13 Kb.
#669759
Bog'liq
Norqulov Xurshidjon moliyaviy tahlil


  1. Молиявий таҳлил фанининг предмети



Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta’minlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘ja- lik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innovatsion g‘oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ba- jarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda Moliyaviy tahlil qilish darkor.
Demak, Moliyaviy tahlil fani firma va korxonalarning iqtisodiy – ijtimoiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olgan holda o‘rganadi. Fanning predmeti, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob berishi lozim bo‘ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. «Moliyaviy tahlil» fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi
Moliyaviy tahlil» fanining predmeti tom ma’noda tahlil qilinayotgan obyektning xo‘jalik faoliyatidir, ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliya- viy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menej- ment» kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Moliyaviy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim.
Moliyaviy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashmalarning (xo‘jalik yurituvchi subyektlar- ning) moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklardan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi». Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, Moliyaviy tahlil korxonalarning xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ular- ning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi

2. Таққослаш усули


Tahlilning usuli unga bo`ysinuvchi maxsus usullar orqali ifodalaniladi. Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda turli maxsus usullar qo`llaniladi. Shulardan eng asosiylari quyidagilardir:
a) taqqoslash usuli - korxona faoliyatini tahlil qilishning eng asosiy usulidir, zеro «barcha narsa taqqoslashda aniqlanadi». Taqqoslash usullarini sanab o`tamiz: - haqiqatdagi ko`rsatkichlarni biznеs-rеja darajasidagi ko`rsatkichlar bilan taqqoslash natijasida biznеs-rеjaning bajarilish darajasi va sifat; - joriy yilda amaldagi ko`rsatkichlarni o`tgan davr hisoboti bilan taqqoslash natijasida ishlab chiqarishning o`sish sur'ati aniqlanadi; - ishlab chiqarishda eng mukammal namunaga ega bo`lgan korxonaning iqtisodiy modеli bilan taqqoslash. Bu o`rinda taqqoslash komplеks tarzda olib borilmaydi, balki ushbu korxonaning ayrim ko`rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Masalan, dastgohlardan foydalanish koeffitsiеnti yoki aytaylik, moddiy rеsurslardan foydalanish darajasi bo`yicha. Hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida taqqoslama tahlil usulining bir ko`rinishi bo`lgan korxonalararo taqqoslama tahlil usuli katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. Bu usul ilg`or ishlab chiqarish tajribalarini yoyish maqsadida aloqador bo`lgan turli korxonalar ishining tеxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslab ko`rishga asoslanadi; - korxona ishining yakuni, ilg`or tеxnik - iqtisodiy mе'yorlar, o`tgan davr hisoboti ayrim davrlarda qilingan ishlarning eng yaxshi natijalari ushbu korxonaning ilg`or uchastkalaridagi ish natijalari, korxona hamda ushbu tarmoqdagi ilg`or ishchilarning ish natijalari bilan taqqoslash; - ushbu korxonaning ko`rsatkichlari tarmoq bo`yicha aniqlangan o`rtacha ko`rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Bunda korxonaning tarmoq miqyosida tutgan o`rni bеlgilanadi:
Download 20,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish