Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilari
Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish boshqaruv apparati tarkibi va texnik darajasi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish korxonalarida hamma iqtisodiy bo‘limlar faoliyatini iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor muovini yoki bosh iqtisodchi boshqaradi. U korxonada barcha iqtisodiy ishlami, shu jumladan iqtisodiy tahlilni ham tashkil qiladi. Uning boshqaruvida iqtisod va ishlab chiqarishni tashkilqilish boiimi, reja-iqtisod bo‘limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy bo‘lim va boshqa bo‘limlar bo'ladi. Korxonada alohida tarkibiy tuzilish boMinmasida bo‘lim yoki iqtisodiy tahlil guruhi tahlil ishlarini olib boradi. 0 ‘rta yoki kichik korxonalarda analitik ishni reja bo‘limining menedjeri yoki bosh buxgalter boshqaradi. Iqtisodiy tahlil nafaqat iqtisod bo‘linmalari xodimlari majburiyatlariga, balki u texnik bo‘linmalar xodimlarining ham (bosh mexanik, energetik, texnolog, yangi texnika va boshqalar) majburiyatiga kiradi. Iqtisodiy tahlil bilan sex bo‘linmalari, brigada va uchaska rahbarlari va boshqalar ham shug‘ullanadilar. Bu iqtisodiy bo‘linmalarda xodimlar yuqori malakaga ega bo‘lmasalarda, ulaming ishtirokisizf korxonada iqtisodiy tahlilni chuqur, har tomonlama . va mukammal o‘tkazib bo‘lmaydi. 0 ‘rganilayotgan masala bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lgan iqtisodchilar, texniklar, texnologlar, turli xil ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlarining birgalikdagi harakatlari bilan qo‘yilgan masalani kompleks tadqiq qilib, uni hal qilish uchun maqbul variantni topish mumkin. Misol uchun korxonada iqtisodiy tahlil funksiyalari quyidagi holda taqsimlanishi mumkin: Reja-iqtisod bo‘limi analitik ish rejasini tuzishni, uni bajarishni nazorat qilishni, tahlilni metodik ta’minlashni amalga oshiradi; korxona va uning bo‘linmalari xo‘jalik faoliyati tahlilini shakllantiradi va natijalami jamlaydi; korxona rivojlanishining strategik va kelajak masalalami o‘rganadi; tadbirlar rejasini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi, tahlil natijasida istiqbolli va kundalik rejalami ishlab chiqadi. Boshqaruv buxgalteriyasi mahsulotni ishlab chiqarish uchun surflangan harajatlami, moliyaviy natijalarini va boshqalami rcjalashtiradi, hamda ulami tahlil qiladi. Moliyaviy buxgalteriya (moliya bo ‘limi) korxonaning inulkini, ulaming manbalarini shakllanish jarayonini, korxona kapitalidan samarali foydalanishni, pul oqimlarini, investitsiyalar, va undan foydalanishni, korxona moliyaviy holatini va boshqa shu kabilami tahlil qiladi. Mehnatni tashkil qilish va ish haqi bo ‘limida ishni tashkil qilish holatini, m i yuqori darajaga ko‘tarish uchun yo‘naltirilgan tadbirlar rejasini bajarilishini, korxona mehnat resurslarining kategoriya va malakalaming ta’minoti, ish vaqti fondidan foydalanish, ish haqi fondini sarflanishi tahlil qilinadi. Marketing bo ‘limi mahsulot bozorlarini va sotib olish bozorlarini, mahsulotlaming bozorlardagi о‘mini, mahsulotning raqobatdoshligini va uni oshirish yo‘llarini, korxona narx-navo siyosatini va korxonaning tashqi faolyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalarini o‘rganadi. Ishlab chiqarish bo‘limi hajm va assortimentga bog‘liq mahsulotni ishlab chiqarish rejasini amalga oshirishni, ishlab chiqarishning davomiyligini, mahsulot sifatini oshirishni, yangi texnika va texnologiyalami joriy etish, ishlab chiqarishni kompleks mexnizatsiyalash va avtomatizatsiyalash, uskunalaming ishlashini, material resurslami ishlatilishini, texnologik siklning davomiyligini, ishlab chiqarishning umumiy texnik va tashkiliy darajasini tahlil qiladi. Bosh ntexanik va energetik bo‘limi mashina va jihozlami ekspluatatsiyasini, jihozlami modemizatsiyalash va remont ishlarini bajarish reja-grafikalarini, remont ishlarining sifati va narxini, jihozlami to'iiq ishlatishni, energoresurslardan ratsional foydalanishni o‘rganadi. Texnik nazorat qilish bo‘limi xomashyo va tayyor mahsulot sifatini oshirish, xarid qiluvchilami reklama, mahsulotni ishlab chiqarish sifatini oshirish va boshqalami tahlil qiladi. Ta’minot bo ‘limi ishlab-chiqarishning material-texnik sifatini va vaqtida bajarilishini, rejadagi hajm, muddatlar, sifat bo‘yicha 249 yetkazib berishni, omborxona zaxiralari holatini, transporttayyorlov chiqimlami nazorat qiladi. Sotish b o ‘limi shartnoma majburiyatlarini va mahsulotni hajmi, sifati, muddati bo‘yicha iste’molchilarga yetkazib berish rejasini bajarilishini, omborxona zaxiralari holati va tayyor mahsulot to‘liqligini nazorat qiladi. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda ish jamoalari alohida o‘rin egallaydi. Ularga rejalashtrishda ijtimoiy va iqtisodiy masalalami hal qilishda, moddiy resurslami ratsional sarflashda, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish masalalarida, ish faoliyati sharoitlarini yaxshilash hamda himoya qilish kabi yo‘nalishlar va boshqa shu kabilarda ko‘plab vakolatlar berilgan. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda jamoaning birgalikdagi harakati, uning umumiyligni, yetarli malakaga ega ekanligi, korxona faoliyatini, uning natijalarini yanada chuqurroq o‘rganishni, samaradorlikni oshiruvchi zaxiralami tadbiq etishni ta’minlashga yordam beradi. Korxona faoliyati tahlili alohida masalami o'rgana oladigan va tahlilini kopleks tarzda amalga oshiradigan yuqori turuvchi boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan ham amalga oshiriladi. Bunday tahlil natijasida korxona faoliyatidagi iqtisodiy holatlami ma’lum bir jihatlari o‘zgartirilii mumkin. Muassadan tashqari iqtisodiy tahlil statistik, moliya institutlari, soliq inspeksiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar tomonidan bajariladi. Statistik organlar statistik hisobotlami jamlaydilar va tahlil qilib, natijalami kerakli vazirlik va tashkilotlarga foydalanish uchun yuboradilar. Murakkab strategik muammolami' hal etish bilan bog'liq bo'lgan bir marotabali analitik tadqiqotni amalga oshirishda* korxonalar biznesidagi mavjud bo‘lgan va bo‘lishi mumkin, bo‘lgan muammolami hal etishga yordam beradigan auditorlik va konsalting uyushmalari xodimlarining xizmatlaridan foydal'anishlari mumkin. Ichki xo‘jalik, muassasa va muassasadan tashqari tahlil hamma ko‘rinishidan foydalanish korxona xo‘jalik faoliyatini har tomonlama o‘rganish va uni samaradorligini oshirish yo‘llarini to‘liq o‘rganish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |