Moliyani boshqarish haqida umumiy tushuncha Moliyani boshqarishning shakl va usullari


Moliyani boshqarish organlarining funksiyalari



Download 138 Kb.
bet5/9
Sana22.07.2022
Hajmi138 Kb.
#835635
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliyani boshqarish

5. Moliyani boshqarish organlarining funksiyalari

Davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda davlatning barcha hokimiyat va boshqaruv organlari ishtirok etadi. Ularning har biri moliya bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy faoliyatini xarakteri va mazmuni sezilarli farq qiladi, chunki mazkur organlarning vazifalari va huquqiy mavqei turlichadir. Shularni hisobga olib, davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni bir nechta guruhlarga ajratish mumkin.


Birinchi guruhni davlatning vakillik organlari (Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashlari) va o‘zining funksiyalari bilan bir qatorda tegishli hududlar – davlat yoki alohida ma’muriy-hududiy birliklar ko‘lamida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatdagi ijroiya hokimiyati organlari (Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatlar) tashkil qiladi. Bu organlarning moliya faoliyati sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va ularning huquqiy maqomini belgilovchi me’yoriy hujjatlarda (“O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Joylardagi davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunlar) mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qiladi (Konstitutsiyaning 78-moddasi), moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimlarining asoslarini va budjet qo‘rilmasini belgilaydi (Konstitutsiyaning 122, 124-moddalari). Uning o‘zi davlatni moliya faoliyatining muhim masalalari yuzasidan qonunlar qabul qiladi (misol uchun, budjet tizimi to‘risida, soliqlar to‘g‘risida, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, valyutani tartibga solish to‘g‘risida va h.k.).
Vazirlar Mahkamasi davlat budjetini ishlab chiqish va ijrosini tashkil qiladi, davlatning pul va kredit tizimini musatahqamlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga hayrixohlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ixtiyorida bo‘lgan davlat budjetdan tashqari fondlarini shakllantirish va foydalanish masalalarini hal etadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat budjetini ijro etish bo‘yicha boshqa davlat boshqaruvi organlarining ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Bundan tashqari, mustasno tariqasida Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish hajmlari va davlatning ichki va tashqi qarzlarini oshirish chegaralari to‘g‘risidagi, soliqlarning va davlat bojlarining stavkalarini o‘rnatish va o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqiladi.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimiyatlar o‘zlarining vakolatlari doirasida tegishli ma’muriy-hududiy birliklarning moliyasini boshqarishni ta’minlaydilar. Jumladan, bu organlar, mahalliy budjetlar loyihalarini ishlab chiqishni, ularni tasdiqlash va ijrosini, shuningdek bu budjetlarning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlashni amalga oshiradilar, qonunchilik bo‘yicha mahalliy budjetlarga kelib tushuvchi mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar hajmlarini va ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilaydilar.
Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ikkinchi guruhini tarmoq va maxsus huquq doirasidagi ijroiya hokimiyati organlari tashkil etadi.
Tarmoq huquq doirasidagi organlarga ular uchun moliya faoliyati asosiy bo‘lmagan vazirliklar, idoralar va boshqa tarmoq boshqaruv organlari kiradi. Bu organlar tomonidan moliya faoliyati ularning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy qurilish qismi tomonidan yuklatilgan ko‘rsatma bo‘yicha tarmoq boshqaruv organlari sifatidagi o‘zini asosiy funksiya va vazifalarini bajarish munosabati bilan amalga oshiriladi. Ko‘rastib o‘tilgan boshqaruv organlari, idoraviy bo‘ysinuvdagi muassaslarning smetalarini tasdiqlash, tarmoq dorasida pul mablag‘larini taqsimlash va boshqa moliyaviy funksiyalar sifatidagi moliyaviy faoliyatning funksiyalarini bajarsalarda, tarmoq boshqaruv organlari bo‘yicha qolaveradilar va ularning vakolatlari davlat boshqaruvining u yoki bu sohasi doirasidan chetga chiqmaydi.

Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish