Moliyani boshqarish haqida umumiy tushuncha Moliyani boshqarishning shakl va usullari


Moliyaviy boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi



Download 121,5 Kb.
bet3/9
Sana14.06.2023
Hajmi121,5 Kb.
#951184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliyani boshqarish organlari, ularning asosiy vazifalari,funksiyalari, huquq va vakolatlari

3. Moliyaviy boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi

Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalariga axborotlashtirish sohasida erishilgan eng so‘ngi yutuqlarni tadbiq etish sur’atlarini nihoyatda tezlashtirib yubordi. «Axborotlashtirish» atamasi mahalliy ko‘p terminalli axborot-hisoblash tizimlari va omaviy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini yaratish tufayli ilk bor paydo bo‘lgan.


Axborotlashtirish kishilik jamiyatining barcha sohalariga kirib bormoqda Yaqin yillarda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin va bu universal texnikaning imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan to‘liq darajada foydaanilishi kerak. Kompyuterda ishlashni bilish iqtisodchilarni ishga qabul qilishdagi talablardan biri ekani tasodifiy hol emas.
Boshqaruv shakllari va usullarini takomillashtirish fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qonunlari va usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi axborotlashtirishni yanada rivojlantirish asosida o‘tadi. Axborotlashtirishning usul va vositalari yangi yoki zamonaviy deb ataluvchi avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari ko‘rinishida ham amalga oshirilmoqda. Shunday davr keldiki, unda jamiyat, ishlab chiqarishni salohiyati va ilmiy darajasi EHMlarning miqdoriy quvvati va axborotlarni ular yordamida qayta ishlashni takomillashtirish darajasi bilan belgilanadi.
Insonning axborot ishlab chiqishi bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish - axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik-iqtisodiy vazifadir.
Bunda yangi, xali ilmiy adabiyotlardan mustahkam joylashib ulgurmagan tushunchalar - “Axborotlashgan iqtisodiyot” “Axborotlashgan resurslar”, “Axborotlar biznesi”, “Axborotlar tizimini boshqarish” va hokazo yuzaga keldi.
Axborot tushunchasi lotincha «informatio» so‘zidan olingan bo‘lib, biron-bir dalil, voqea, hodisani bayon qilish, tushuntirishni bildiradi.
Korxonalar moliyasini avtomatlashtirilgan tizimda boshqarish jarayonining asosi korxonalarda moliyaviy boshqaruvning axborotlar tizimini mavjudligi hisoblanadi.
Korxonalar moliyaviy boshqaruv tizimining axborotlar manbalarini 2 turga, ya’ni ichki axborotlar manbalari va tashqi axborotlar manbalariga ajratamiz.
Axborotlar resurslarining manbalari mavjud ekan biz bevosita korxonalar moliyasini avtomatlashtirilgan tizimda boshqarish asosiga ega hisoblanamiz.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborotlar ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Chunonchi, iqtisodiy axborotlarning tarkibiy qismlaridan biri sifatida moliyaviy axborotlarni ham ko‘rib utamiz.
Avomatlashtirilgan moliyaviy axborotlar tizimlarining majmuasi jamiyat infratuzilmasi xususan, moliyaviy infratuzilmaning eng muhim tarkibiy qismi bo‘ladi.
Mamlakatimiz tovarlar va moliya bozorining shiddat bilan rivojlanishi jamiyat hayotining barcha jabhalarida axborotlashtirish jarayonlarining jadallik bilan o‘sishi uchun kuchli turtki bo‘ladi. Axborotlarning va ishlab chiqarish-xo‘jalik, boshqaruv faoliyati va foydalanuvchilarning turli-tuman kategoriyalariga axborotli xizmat ko‘rsatishning rolini baholashga yondoshish o‘zgarmoqda. Davlatning qonunchilik va tartibga soluvchi faoliyati natijasida mikro va makroiqtisodiy obyektlar darajasida ishlab chiqilayotgan hisob-statistika ma’lumotlarining ishonchliligi, o‘z vaqtidaligi va qonuniyligiga talab o‘smoqda. Ishlab chiqarish va biznesning axborotlar bilan hamkorlik qilishi, soliqlarning yig‘ilishining to‘liqligi va o‘z vaqtidaligining zaruriy sharti bo‘lib qoldi, bu holat bugungi kunda eng turli, shu jumladan moliyaviy-iqtisodiy axborotlarning asosiy iste’molchisi - davlatning mavjud bo‘lishi va gullab-yashnashini borgan sari ko‘proq darajada belgilaydi.
Axborot texnologiyalari asosida moliyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalarni hal etishi mumkin:

  • korxonaning moliyaviy faoliyati tug‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;

  • korxonaning moliyaviy faoliyati holati to‘g‘risida davriy nazorat hisobotlarini tuzish

Dasturiy ta’minot yordamida ma’lumolar bazasidagi narsalar tashkilotda moliyaviy qaror qabul qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislarga tegishli davriy va maxsus hisobotlarda o‘zgaradi. Ko‘rsatilgan moliyaviy axborotni olish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi ikki elementdan tashkil topishi lozim:

  1. Korxonaning moliyaviy faoliyatini baholash asosida jamlanadigan moliyaviy axborotlar;

  2. Boshqariladigan obyektning rejalashtirilgan ahvolini belgilovchi rejalar, standartlar, budjetlar va boshqa me’yoriy hujjatlar.

Avtomatlashtirish tarixan ishlab chiqarishda boshlangan va so‘ngra ofisga tarqalgan, boshida faqat mayda-chuyda kotibalik ishini avtomatlashtirish maqsadiga ega bo‘lgan. Kommunikatsiya vositalari rivojlangan sari ofis texnologiyalarini avtomatlashtirish mutaxassis va boshqaruvchilarni qiziktirib qoldi, ular bunda o‘z mehnati samaradorligini oshirish imkoniyatini ko‘radilar.
Bizning mamlakatimizda moliyani boshqarishning yangi tizimi tuzilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirib borilmoqda. Moliyani boshqarish tizimi 6-rasmda aks ettirilgan. Moliya siyosatini amalga oshirish natijasida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun sharoitlar yaratuvchi YaIMning qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Tuzilgan moliyani boshqarish tizimi o‘uyidagilarni amalga oshirishi zarur:

  1. Turli darajadagi budjetlarning bajarilishi ta’minlash;

  2. Davlat dasturlarini moliyalashtirilishining tezkorligi oshirish;

  3. Davlat mablag‘larining kelib tushishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish;

  4. Budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hamda moliya va soliq organlarining muvofiqligini oshirish;

  5. Budjetlarning daromadlar bazasini soliqlarning yig‘uvchanligini oshirish, soliqlarni undirish uslubiyotini takomillashtirish va ularni to‘la yig‘ish hisobiga ko‘paytirish;

  6. Mablag‘larni barcha darajadagi budjetlarning ijtimoiy himoyaga mo‘ljallangan moddalari bo‘yicha ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va o‘z vaqtida va to‘la moliyalashtirilishini ta’minlashga yo‘naltirish;

  7. Valyuta-moliya operatsiyalarining samaradorligini oshirish va milliy valyutani kuchaytirish va b.




Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish