Xo’jalik operatsiyalari, aktivlar
va passivlarga pul bilan baho berish
19. Barcha xo’jalik operatsiyalari, voqealar, aktivlar va passivlar bir xil birlikda o’lchanishi - pul bilan baholanishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida pul birligi - so’m, uning bo’laklari - tiyinlardir.
Ishonchlilik
20. Axborotda muhim xato yoki g’arazlilik bo’lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo’lsa, ishonchli hisoblanadi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi odatda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
Ehtiyotkorlik
21. Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlar narxining oshirilib yuborilishiga va majburiyatlar yoki xarajatlar bahosi kamaytirilishiga yo’l qo’yilmasligi lozimligini bildiradi.
Bu tamoyilning qo’llanishi yashirin zaxiralarni barpo etishga yoki ta’minotni oshirib ko’rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko’rsatishga huquq bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |