Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni
qayta moliyalash
76. Hisobot sanasidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitob qilinishi lozim bo’lgan majburiyatlar:
76.1. Dastlabki muddat 12 oydan ko’proq bo’lsa;
76.2. Subyekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashni rejalashtirayotgan bo’lsa;
76.3. Bu muddao moliyaviy hisobot ma’qullangunga qadar to’ldiriladigan qaytadan moliyalashga yoki to’lovlar muddatini o’zgartirishga qaratilgan bitim bilan qo’llab-quvvatlansa, bunday sharoitda nojoriy majburiyatlar sifatida tasnif etilishi lozim.
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim etishni qo’llab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda ochib berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |