Xolislik
49. Moliyaviy hisobot subyektning moliyaviy ahvolini, uning faoliyati moliyaviy natijalarini va pul mablag’larining harakatini xolisona ko’rsatishi lozim.
Xolislik tamoyiliga erishish uchun har bir xo’jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chog’ida BHMS va buxgalteriya hisobi asosiy tamoyillarini qo’llanishga majburdir.
50. Faoliyatning xilma-xil turlari bo’yicha yangiliklarni joriy etishning tezligi shunday operatsiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday operatsiyalar va vaziyatlar bo’yicha BHMS hali ishlab chiqilmagan. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga hisob siyosatini tanlash va qo’llanish yo’li bilan erishiladi. Bunday siyosat xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu standartga muvofiq ravishda mustaqil ishlab chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |