Amal qilish sohasi
9. Ushbu BHMS umumiy maqsadlarga mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chog’ida qo’llaniladi, ular ushbu standartning 12-bandida keltirilgan. Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotini tayyorlash chog’ida ham, jamlangan moliyaviy hisobotni tuzish chog’ida ham shu standartga amal qilish zarur.
10. Ushbu BHMS quyidagilarga qo’llaniladi:
10.1. Hisob siyosatini shakllantirish bobida - mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarga;
10.2. Hisob siyosatini ochib berish bobida - qonunga, ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki o’z tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini e’lon qiluvchi xo’jalik yurituvchi subyektlarga.
11. Ushbu BHMS banklar, byudjet va sug’urta tashkilotlarining moliyaviy hisobotni tuzish tartibiga nisbatan amal qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |