Moliya vazirligi jizzax viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi sharof rashidov tuman hokimligi moliya bo



Download 230,48 Kb.
bet8/19
Sana02.04.2022
Hajmi230,48 Kb.
#524753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Хатлар 2021.docx 2021

Sharof Rashidov tumani hokimligi
moliya bo’limi mudiri v.b: I.Nazarov
bajardi: Z.Abdunazarova
tel:97-219-04-08

Jizzax viloyati hokimiligiga
«Yan Ban» МСН rahbаri
N.A.Otahonovga
Sharof Rashidov tumani hokimligi moliya bo’limi Sizning 2021-yil Olmachi 25931-harbiy qismda Amir Temur sinfini tashkil etganligi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Sharof Rashidov tumani xalq deputatlari kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi 15/3-sonli qaroriga asosan 2021 yilgi tuman mahalliy byudjetining harajatlari soha va tarmoqlar bo’yicha taqsimlangan bo’lib mazkur harajatlar bo’yicha mablag’lar ko’zda tutilmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib murojaatingizda ko’rsatilgan xarajatlarni tuman mahalliy byudjetining qo’shimcha manbalar hisobidan ajratish maqsadga muvofiq.
Sh.Rashidov tumani hokimligi
moliya bo’limi mudiri v.b: I.Nazarov

«Kafolat» advokatlik firmasi boshqaruvchisiga
Sh.Rashidov tumani hokimligi Sizning 2021 yil 31 maydagi № 05/86 sonli xatingizga javoban shuni ma’lum qiladi-ki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 20 iyundagi 137- sonli « Advokatlar tomonidan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to’lash mexanizmini takomillashtirish chora–tadbirlari to’g’risida»gi qarorning 2-bandida « Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko’rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmasi tegishli moliya organiga murojaat qilgandan keyin o’ttiz kundan kechikmay Moliya vazirligining qaror (ajrim) chiqargan organ joylashgan joyidagi Gaznachiligi hududiy bo’linmasi orqali haq to’lanishini ta’minlash» deb belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qaroriga asosan Sizning tashkilotingiz ko’rsatgan yuridik yordam uchun mablag‘ yuqoridagi keltirilgan muddatda hisob raqamingizga o’tkazib berilishini ma’lum qilamiz.


Sh.Rashidov tumani hokimligi
moliya bo’limi mudiri v.b: I.Nazarov

Zomin tumani «Dashtobod Mahsus qurilish ta’mir» MCHJ rahbari Z.Primqulovga
Sharof Rashidov tuman hokimligi moliya bo’limi , Sizning 2021 yil 11 maydagi 2021 yil 7 aprel kuni №7098609-sonli lot raqami bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovdagi ishtirokingizda Sharof Rashidov tuman Maktabgacha Ta’lim Bo‘limiga qarashli №11-son maktabgacha ta’lim binosini joriy ta’mirlash ishlari uchun xarid komissiyasining hatti-harakatidan norozi b‘olib yuborilgan murojaatingiz atroflicha o‘rganilib chiqildi.
Bunga ko‘ra,O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qununning 19-moddasi talablariga ko‘ra, xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini tanlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati xarid komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi hamda xarid komissiyasi ijrochini aniqlash tartib-taomillari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning asosliligi va beg‘arazligi uchun javobgar bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, Qununning 73-moddasida maxsus axborot portali operatori tomonidan shikoyatlarni adolatli, tezkor va samarali ko‘rib chiqish maqsadida doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanishi, har bir ishtirokchi, shuningdek nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar davlat buyurtmachisining, vakolatli organning, xarid komissiyasining, uning a’zolarining, maxsus axborot portali operatorining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan bo‘lsa, sud tartibida yoki ushbu bobda belgilangan tartibda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga shikoyat qilish huquqiga egaligi qayd qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sharof Rashidov tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xarid komissiyasi hatti-harakati yuzasidan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga yoki sudga murojaat qilishingizni maqsadga muvofiq.


Download 230,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish