Moliya Vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlarida ish yuritish,hujjatlar bilan ishlash


Moliya Vazirligi G’aznachiligi hamda uning hududiy bo’linmalari tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Download 64,53 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi64,53 Kb.
#228342
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundarija

Moliya Vazirligi G’aznachiligi hamda uning hududiy bo’linmalari tarkibiy tuzilishi va vazifalari

G’aznachilik tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan

tasdiqlanadi. G’aznachilikni lavozimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya

vazirining o’rinbosari hisoblanadigan boshliq boshqaradi. G’aznachilik boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. G’aznachilik boshlig’i o’rinbosarlari G’aznachilik boshlig’ining taqdimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar. G’aznachilikning hududiy bo’linmalari boshliqlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda G’aznachilik boshlig’i taqdimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. G’aznachilikning hududiy bo’linmalari to’g’risidagi nizomlar O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga va O’zbekiston Respublikasi moliya vaziriga bo’ysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilik o’ziga berilgan vakolatlarga muvofiq o’z hududiy bo’linmalari faoliyati ustidan tezkor boshqaruvni va nazoratni amalga oshiradi.

G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat

ijroiya organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qoraqalpog’iston Respublikasi

G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va

tumanlarda G’aznachilik bo’linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi.

G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi. G’aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining Davlat byudjetining g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi Markaziy apparati tuzilmasiga shunday yirik boshqarmalardan biri “Amaliyot boshqarmasi”, “Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi” va “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi” singari boshqarmalar kiradi. PQ-594-son Qaror bilan shuningdek, G’aznachilik hududiy bo’linmalarining tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan. Moliya vazirligi G’aznachiligi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, G’aznachilikning hududiy bo’linmalari quyidagi ishlarni bajaradi:

- byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag’lari bilan to’lanadigan boshqa to’lovlarni to’lash uchun g’aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag’lar o’tkazadi;

- yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga sudning qarori

bo’yicha yagona g’aznachilik hisobraqamidan yoki g’aznachilikning boshqa

hisobraqamlaridan mablag’lar o’tkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda

tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining

noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik

shaxslarga etkazilgan zararni qoplash uchun mablag’lar o’tkazadi;

- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida g’aznachilik hisobraqamlarida mablag’larning harakati to’g’risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;

- byudjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun g’aznachilikda yoki uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko’chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag’lari o’tkazilganligini tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;

- manbalar bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi;

- moliya organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa

to’lovlarni quyi byudjetlarning shaxsiy g’aznachilik hisobraqamlariga o’tkazadi;

- byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazadi;

- byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan ro’yxatga olingan shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobraqamlariga to’lovlarni amalga oshiradi;

- byudjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini

moliyalashtirishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini hamda qoidaga ko’ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi;

- schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet mablag’i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi va boshqa ishlarni amalga oshiradi.

O’z navbatida ushbu boshqarmalar tarkibiga bir qancha bo’limlar kiradi.

1. Operatsiya boshqarmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olish va narxlar monitoringi bo’limi;

moliyaviy majburiyatlar ro’yxatga olish va to’lovlarni amlaga oshirish bo’limi;

mudofaa idoralari tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini

ro’yxatga olish, to’lovlarini amalga oshirish bo’limi;

huquq tartibot tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish, to’lovlarini amalga oshirish bo’limi;

Hisob-kassa amaliyotlar bo’limi;

O’zbekiston Respublikasiga kelib tushayotgan barcha turdagi grant, nomoddiy

shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko’maklashish vositalarining hisobi bo’limi;

Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish bo’limi;

Ta’lim muassasalari rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash jamg’armalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish sektori.

2. Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi tarkibida quyidagilar mavjud:

byudjetning g’azna ijrosi metodologiya bo’limi;

moliyaviy resurslarni boshqarish bo’limi;

ichki va tashqi qarz bo’yicha hisob-kitoblar bo’limi;

Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi.

3. Davlat byudjetining g’azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Davlat byudjeti g’azna ijrosining yig’ma tahlili bo’limi;

G’aznachilik operatsiyalari nazorati bo’limi;

Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi.




Download 64,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish