Tadbirkorlik sug`urtasi tadbirkorning faoliyatini kafolatlashda ahamiyatlidir. Bunda foydani kam olish yoki
olmaslik xavfi, pul tushumining o`z vaqtida bo`lmasligi, savdo-sotiqdagi noxush hodisalar kabilar sug`urtalanadi. Bu sug`urta tadbirkorning ishonch bilan ish boshlashiga yordam qiladi, uni sinish holatidan asraydi, faoliyatiga dalda bo`ladi.
Sug`urtalar ham oldi-sotdi ob`ekti bo`lib, o`z bozorlarini tashkil etadi. Sug`urta resurslaridan kapital sifatida keng foydalaniladi, ayniqsa, ishlab chiqarishga keng jalb etishda qo`l keladi.
Notijorat tashkilot, muassasalar, ya`ni kasaba uyushmalari, ko`ngilli jamiyatlar, partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar va faxriylar ittifoqlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-ma`rifiy tashkilotlar kabilarning ham moliyasi mavjud bo`lib, ular ham turli manbalardan yig`iladi. Vaqtincha ortiqcha bo`lgan ulardagi pul mablag`lari tijorat ishlarda qo`llanilishi va moliya bozorida ishtirok etishi mumkin.
Хayriya maqsadida homiylik tufayli yig`ilgan pullar ham o`z moliyasini tashkil etib, yuqorida aytganimizdek, turli jarayonlarda ishtirok etadilar. Bunda maxsus va xayriya fondlari katta o`rin tutadi. Хayriya fondlari ko`ngilli bo`lib, miqdori chegaralanmaydi va faqat savob ishlar uchun xayriya sifatida ishlatiladi. Islom mamlakatlarida vaqf fondi tashkil etilgan. Bunga er, imorat, antikvar, qadrli kitoblar, pul va boshqa boyliklar kiradi. O`zbekistonda shunga o`xshash mahalla, navro`z kabi fondlar mavjud.
Bozor va aralash iqtisodiyot sharoitida, erkin va demokratlashgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda moliyaning turlari, ayniqsa makromoliya turlari, xillari juda ko`p bo`lib, ular pul xususiyatlaridan keng foydalanish imko-nini beradi va iqtisodiy o`sish hamda inson turmushi darajasini ko`tarishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish bosh yo`limiz. xalq so`zi 13 fevral, 2002 yil.
Самарходжаев Б.Б. Инвестиции в Республике Узбекистан (международно-частноправовой аспект).- Т.: Академия, 2003.- 240 с. 5 экз.
Шуляк П.Н. Финансы предприятия: Учебник.- 5-е изд., перераб. и доп.-М.: Дашков и К, 2004.- 712 с. 1 экз.
Хodiev B.Yu., Samatov G`.A.., Yusupov M.S., Meliboev Sh.A. «Kichik tadbirkorlikning moliyaviy menejmenti» o`quv-amaliy qo`llanma. – Toshkent: EH TEMPUS dasturi «Matador-2000» loyihasi 2004.-144 bet.
Maxmudov E.Х. Korxona iqtisodiyoti: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2004.-208 c. 1 ekz.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma /A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz.
Круглова Н.Ю. Основы бизнеса. учебник для вузов Издательство: РДЛ, 2005.
Кузнецов А. Основы рыночной экономики. Терминологический словарь. Издательство: Владос, 2004.
Куторжевский Г.А. Экономика. Основы теории. Учебное пособие, Издательство: Экономика, 2004..
10.www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |