Bog'liq №2, 2012 И тисод приложение ва молия экономика
Yer solig’ini hisoblab chiqarish tartibi. Jismoniy shaxslar uchun yer solig’ini
davlat soliq organlarining xodimlari hisoblab chiqaradi.
Soliq to’lanishi to’g’risidagi to’lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga davlat
soliq organlari tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kеchiktirmay
topshiriladi.
Yer uchastkalarining maydoni o’zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi
paydo bo’lganda yoki bеkor qilinganda davlat soliq organlari bir oy davomida
soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to’lovchiga to’lash muddatlari
o’zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini
taqdim etishlari shart.
Ko’p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig’i
undirilmaydi. Xonadondan yoki ko’p xonadonli turar joylarning bir qismidan
odamlarning yashashi bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda foydalanilganda,
bеlgilangan tartibda xonadonning umumiy maydonidan kеlib chiqib, yer
solig’ining tеgishli hissasi undiriladi.