Qayta sug’urta qilish. Sug’urtalovchi ko’zda tutilgan o’z majburiyatlarini
butunlay yoki qisman boshqa sug’urtalovchiga o’tkazish yoki qayta sug’urta qilish
mumkin. Sug’urta tashkiloti sug’urtalanuvchining roziligi bilan asosiy shartnomani
o’zgartirmasdan turib, sug’urta shartnomalari asosida o’zining javobgarligini
to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan boshqa sug’urta tashkilotlariga topshirib, qayta
sug’urta qildirsa bo’ladi. Sug’urta voqеasi yuz bеrganda qayta sug’urtalagan
tashkilot shartnomaga ko’ra o’z zimmasiga olgan majburiyatlar doirasida javobgar
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |