Sug’urta javobgarligi. Sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchining qonunda yoki
shartnomada ko’zda tutilgan javobgarligi, o’z zimmasiga olgan majburiyatlari,
vazifalaridir. Agar ko’rsatilgan hodisalardan biri sodir bo’lsa, u holda sug’urta
organlari o’z zimmasiga olgan majburiyat asosida sug’urta qoplamasini to’laydilar.
Davlat sug’urta tashkilotlari tomonidan ko’zda tutilgan javobgarlik xususiy
sug’urta tashkilotlarida ko’zda tutilgan javobgarlikdan farq qiladi. Bundan tashqari
har bir sug’urta tashkiloti sug’urtaning har bir turi bo’yicha o’z javobgarligini o’zi
bеlgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |