Moliya va kredit


Moliyaviy investitsiyalar(qimmatli qog’ozlar) samaradorligini baholash



Download 1,03 Mb.
bet84/123
Sana22.09.2021
Hajmi1,03 Mb.
#182081
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
Bog'liq
Moliya va kredit

Moliyaviy investitsiyalar(qimmatli qog’ozlar) samaradorligini baholash


Aksiyalar. Aksiyaning muomala muddati cheklanmagan bo’lganligi uchun yillik dividendlarni D absolyut miqdorda o’zgarmas va bir-biriga teng deb olib, aksiyalarning bahosini aniqlashda doimiy renta modelini qo’llash mumkin. Bu modelda renta hadi R = D, unda aksiyaning bahosi:



Aksiya bahosini aniqlashda Aksiyalar kursi tushunchasi ishlatiladi. Aksiya kursi Aksiya bahosini uning nominaliga nisbati ko’rinishida topiladi:



yoki ulushlar birligida, yoki foizlarda (bu holda tenglikning ikkala tomonini 100 foizga ko’paytirish lozim) hisoblanadi. Ba’zi tegishli adabiyotlarda “Aksiya kursi” tushunchasida dividendlarni ikki hil ifodalash (absolyut miqdorda va foizlarda) bilan bog’liq bir muncha chalkashliklar mavjud. Bilish kerakki, dividend har doim absolyut (pul birligida) miqdorda ifodalanadi, foizlardagi ifodasi esa dividendning absolyut miqdorini nominal narhi bilan solishtirishdan kelib chiqariladi.

“Aksiya bahosi” tushunchasini ko’rishda hisoblab topiladigan bahosi nazarda tutilgan. Hisoblab topiladigan bahodan tashqari Aksiya yana quyidagi baholarga ega:

- nominal bahoga (nominalga);

- kurs bahoga (Aksiyaning bozor bahosi yoki birja narhi sifatida hizmat qiladi);

- buxgalterlik (hisob kitobidagi) balans bahosi.

Nominal – bu Aksiyaning birlamchi emissiyasida ko’rsatilgan bahosi.

Aksiyalarning kurs yoki bozor bahosi (narhi) turlicha va har hil formulalar yordamida hisoblab topiladi. Aksiyaning bu bahosini hisoblashda qo’llaniladigan usullardan birida ikki turdagi investorlarni mavjudligidan kelib chiqiladi. Investorlarning bir turi yuqori dividendlarga yo’nalgan bo’lsa, ikkinchi turi esa Aksiyalarning bozor bahosini ortishiga intiladi. Shunga mos ravishda, Aksiyalarning bozor narhi (bahosi) o’rtacha vaznlashtirilgan summa ko’rinishida aniqlanadi:



bunda x – baland dividendlarni orzu qiluvchi investorlar ulushi; y – Aksiya-lar kurs narhining oshishini hohlovchi investorlar ulushi; Ts3 – bo’lib o’tgan savdolarda (savdolarning yopilishi kunida) Aksiyalarning ushbu turiga bel-gilangan bozor bahosi (narhi).

Aksiyalarning bozor narhini hisoblashda x va u qiymatlariga bog’liq holda kurs (u ≈ 1) yoki dividend (x ≈ 1) yondashuv ishlatilishi mumkin. Lekin na kurs va na dividend yondashuv Aksiyalarning real bahosini aniqlashda qoniqarli natija bera olmaydi.

Aksiyalarning kelajakdagi davrlardagi bozor bahosini (narhini) texnik tahlil metodlari yordamida hisoblab topiladi (4.7-paragrafga qaralsin). Bu metodlarga asosan avvalgi davrlar bo’yicha ma’lum bo’lgan Aksiyalarning kurs narhlari statistikasi asosida ushbu Aksiyalar kursini kelajakdagi o’zgarishi prognoz qilinadi.

Aksiyalarning balans narhi – bu Aksiyadorlik jamiyatining sof aktivlari hajmini (so’mlardagi) uning joylashtirilgan (to’langan) Aksiyalari soniga nisbati. Aksiyadorlik jamiyatning sof aktivlari quyidagicha hisoblanadi: aktivlar (asosiy vositalar, nomaterial aktivlar, oborot mablag’lar) summasi minus jamiyatning qarzlari (kreditorlar bilan hisob-kitoblar, qarz mablag’lari, kelajak davrlar daromadlari). Aksiyalarning balans bahosi har yili bir marotaba yillik balansni yopilishidan keyin hisoblanadi. Ko’pincha Aksiyaning bozor narhini hisoblashda uning balans bahosi ishlatiladi.

Aksiyalar daromadliligi obligatsiyalarnikiga o’hshash hisoblab topiladi. Daromadlilikning uch ko’rsatkichini ajratib ko’rsatish mumkin:



1) daromadlilikning dividend normasi (foizlarda ifodalangan dividendning Aksiya nominaliga nisbati);

2) daromadlilikning joriy normasi (dividendning Aksiyani sotib olish narhiga nisbati):



uning miqdori bankning kredit stavkasini ifodalaydi;



3) daromadlilikning to’liq normasi yoki Aksiyaga vaqtning Δt davrida egalik qilishdagi daromadlilik.

Faqat dividendlarni hohlovchi investorlar (Aksiyaning kurs narhi o’zgarishini hisobga olmaydigan) uchun Aksiya ko’rsatkichlarini hisoblashni ko’ramiz, ya’ni x1 - x2= l, y1 =y2 =0. Bunda daromadlilik noldan katta bo’ladi, agar i1 > i2 bo’lsa, ya’ni bank stavkasi pasayganda daromadlilikni kuzatish mumkin (albatta, o’zgarmas dividenlar miqdorida).

Hozirda barcha mutahassislar tomonidan bir ovozdan Aksiyalar kursi ifodasi qabul qilinmoqda.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Aksiyalar daromadliligining to’liq normasi uch o’zgaruvchiga bog’liq: dividendlar miqdoriga, bankning ssuda stavkasiga va Aksiyaning sotilish narhiga. Bu o’zgaruvchilar Aksiyalar bo’yicha noaniq miqdorlar hisoblanadi, obligatsiyalar bo’yicha esa faqat ssuda foizi (nominal va kupon ma’lum) miqdorigina noaniq bo’lishi mumkin. Bu holat (noaniqlik) ishonchsizlikni keltirib chiqarmaydi.

Faraz qilaylik, investor qimmatli qog’ozni so’ndirilishiga t1 kun qolguncha sotib olgan va so’ndirilishiga t2 kun qolganda esa sotib yuborgan (t1 > t2). Bundagi daromadni topamiz. So’ndirilishiga mos ravishda t1 va t2 kunlar qolgungacha mavjud bo’lgan depozit foiz stavkalarini t1 va t2 orqali belgilab olamiz. Unda sotib olish Ts1 va sotish Ts2 narhlari quyidagicha hisoblab topiladi:

Obligatsiyalarning bahosi va daromadliligini (daromad olish usuliga bog’liq holda) aniqlashda obligatsiyalarning quyidagi har hil turlarini ko’rib chiqamiz:



  • nominal narhida so’ndiriluvchi oldindan belgilangan kupon (foiz) stavkali obligatsiyalar;

  • nominal bo’yicha so’ndiriluvchi diskont bilan sotiladigan (joylashtiriladigan) nol kuponli obligatsiyalar;

  • nominal bo’yicha so’ndiriluvchi bir maromda ortib boruvchi kupon stavkali obligatsiyalar;

  • “frantsuz turidagi” obligatsiyalar (ular bo’yicha daromad ularni egalari qo’lida bo’lgan davridagina to’lab boriladi). Obligatsiyalarning daromadlari uch ko’rsatich asosida belgilanadi:

  1. daromadlilikning kupon normasi (me’yori) bilan (kuponda ko’rsatilgan foiz stavkasida);

2) daromadlilikning joriy normasi bilan (kupon daromadini sotib olish narhiga nisbati bilan);

3) daromadlilikning to’liq normasi bilan (obligatsiyadan to’liq foydalanganligidan: foiz daromad olish, ularni kapitalizatsiyasi va nominal bahosini olish).

Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini baholashdagi muhim ko’rsatkichlardan biri bo’lib, moliyaviy instrumentlarga yo’naltirilgan investitsiyalar bo’yicha ma’lum davr ichidagi daromad fioizi V (rate of return) hisoblanadi. Agar investorning bunday daromadining o’sishi darajasini I moliya instrumentiga yil boshida yo’naltirilgan boshlang’ich investitsiya I0 va undan ma’lum bir davrda (yil ohirida) hosil bo’lgan orttirma summasi deb qabul qilinsa, unda quyidagi ifoda ma’nogo ega:




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish