Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarini hisobvaraqlar va hisobregistrlarida aks ettirish. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari hisobi 04 "Daromadlar" nomli hisob varaqda yuritiladi. 040-sonli hisob varaq “Budjet daromadlari” hisobot yili yakuni bo‘yicha g‘azna hisob varaqlariga budjet ijrosi natijalari daromadlariga tushumlar, berilgan va olingan daromadlar (dotatsiyalar, subvensiyalar) summalari, ko‘chirmalar, qaytarish va o‘tkazishlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
Aniqlanmagan mablag‘lar 041-sonli “Aniqlanmagan tushumlar” hisobvaraqga o‘tkaziladi va har oyda oxirgi ish kunidan kechiktirmay 23402 bank tranzit schyotiga o‘tkazilib tegishli Budjet tasnifida aks ettiriladi.
042 “DMJ va Budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlari” hisobvaraqda daromadlar tushumi, qaytarish va moliya yili yakunida jamg‘arma Budjeti ijrosi natijalariga hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. "Yuqori Budjet prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarishdan mahalliy Budjetlarga kelib tushgan daromadlar" nomli 043-sonli hisobvaraqda yuqori Budjet prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarishdan mahalliy Budjetlarga kelib tushgan mablag‘lar hisobga olinadi. 044-sonli hisobvaraq “Respublika g‘azna hisobvarag‘iga respublika Budjeti hisobvaraqlaridan mablag‘lar tushumi” respublika Budjeti hisobvaraqlaridan kelib tushgan va moliya yili oxirida Budjet ijrosi natijalariga olib boriladigan summalar hisobi uchun mo‘ljallangan. 045-sonli hisobvaraq “DMJ va boshqa Budjetdan tashqari jamg‘armalar g‘azna hisobvarag‘iga respublika Budjeti hisobvaraqlaridan mablag‘lar tushumi” respublika Budjeti hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag‘lar hisobi uchun mo‘ljallangan. 046 “To‘lovchilardan g‘azna depozit schyotiga boj va boshqa to‘lovlar tushumi” hisobvaraqda g‘azna depozit schyotiga to‘lovchilardan boj to‘lovlari ko‘rinishida tushgan daromadlar hisobi uchun mo‘ljallangan. 047-sonli hisobvaraq “Budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar tushumi” g‘azna hisobvaralariga kelib tushgan va Budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, shu jumladan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik bo‘yicha tushumlar, Budjet tashkilotlarini asosiy vositalari va boshqa tovar-material boyliklarini sotishdan tushgan tushimlar, shuningdek inventarizatsiya qilish va tekshirishlar natijasida tiklangan summalar hisobi uchun mo‘ljallangan. 048-sonli hisobvaraq “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy nafaqalar to‘lovlariga mablag‘lar tushumi” ijtimoiy ta’minot organlaridan g‘azna hisobvaraqlariga ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari uchun tushadigan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. 049-sonli “Budjetdan mablag‘ oluvchilarning Budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari tushumi” hisobvaraq Budjetdan mablag‘ oluvchilarning Budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari tushumi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan Budjet tashkilotlari tomonidan ishlatishi ko‘zda tutilgan ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun to‘lov badallari, shuningdek bolalarning musiqa maktablarida o‘qishi uchun badallar, xodimlardan ish joyidan olingan ovqatlanish (maktabgacha ta’lim muassasalari, internatlar va boshqalar) uchun hisob-kitoblardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi yuritiladi. Yuqorida keltiri bo‘tilgan buxgalteriya yozuvlari memorial orderlarda aks ettiriladi va “Boshjurnal” daftariga o‘tkaziladi. “Bosh jurnal” daftaridan daromadlar bo‘yicha qoldiqlar buxgalteriya balansi hisobot shaklig a o‘tkaziladi.