Debet 1010-«Materiallar» hisobvarag‘i
Debet 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» hisobvarag‘i
Debet 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i
Kredit 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» hisobvarag‘i.
Ushbu buxgalteriya yozuvlaridan sung ishlab chiqarishdagi brak hisobvarag‘i bo‘yicha brak hiobiga nobudgarchilik summasi ko‘rsatiladi. Bu summa ushbu hisobot oyida ishlab chiqarilgan yarokli mahsulotlar tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.
Kelgusi davr xarajatlariga quyidagilar kiradi: - gazeta va jurnallarga yillik obuna xarajatlari; - mulklarni yillik sugurta qilish xarajatlari; - kelgusi davrlar uchun oldindan tulangan ijara haqi summalari va boshqa shu turdagi xarajatlar.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan: 3110-«Oldindan tulangan ijara haqi» 3120-«Oldindan tulangan xizmat haqi» 3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari».Bu hisobvaraqlar aktiv bulib, ularning debetida hisobot davrida qilingan va mahsulot tannarxiga kelgusi hisobot davrlarida qo‘shiladigan xarajatlar aks ettiriladi. hisobvaraqlarning kreditida esa ushbu xarajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
3110-«Oldindan tulangan ijara haqi» hisobvarag‘ida hisobot davrida kelgusi hisobot
davrlariga tegishli bo‘lgan tulangan ijara haqdari hisobga olinadi.
3120-«Oldindan tulangan xizmat haqi» hisobvarag‘ida hisobot davrida kelgusi hisobot
davriga taallukli bo‘lgan tulangan xizmat haqlari hisobga olinadi.
3190-«Boshqa bunak xarajatlari» hisobvarag‘ida yukoridagi hisobvaraqlarda hisobga
olinmaydigan boshka turdagi kelgusi davr xarajatlari hisobga olinadi.
Xulosa
Korxonalarda shaxsiy manfaatdorlikni ta’minlash vositalaridan biri bo`lgan mehnatga haq to`lashni to`g`ri tashkil etish uchun quyidagi tushunchalarga amal qilish talab etiladi:
1. Ish haqini o`sish sur’ati mehnat unumdorligining o`sish sur’atiga to`g`ri kelishi, ya’ni mehnatga haq to`lashni tashkil qilishda uning shunday shakl va tizimini ishlab chiqish va joriy qilish kerakki u mehnat unumdorligini ustun darajada o`sishini ta’minlasin, aks holda ijtimoiy jamg`arishni amalga oshirib bo`lmaydi.
2. Ish haqi darajasi xodimlarning o`z malakasi va mutaxassisligini doimo oshirib borishga rag`batlantirish darajasida bo`lishi.
3. Mehnatga haq to`lashni tashkil qilishda bajariladigan ishlarning xususiyati, ishlarni bajarish, mahsulot yetishtirish sharoitlari, ishlarning og`ir yoki yengilligi, malakali mehnatni talab qilish-qilmasligi hisobga olinishi kerak.
4. Haq to`lashning shakl va tizimi hamda darajasi ishlab chiqarishning miqdor ko`rsatkichlari bilan bir qatorda uning sifat ko`rsatkichlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishning mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda korxona faoliyatini rejalashtirish va yuritishni rag`batlantiradigan darajada bo`lishi.
5. Mehnatga haq to`lash avvalo ishlab chiqarishning pirovard natijalari bilan bevosita bog`liq bo`lishi.
6. Mehnatga haq to`lash shakl va tizimining oddiy, sodda hamda barcha xodimlarga tushunarli darajada bo`lishi.
Bu tamoyillarga to`la amal qilish ish haqining rag`batlantiruvchi funksiyasini yanada oshiradi, xodimlarning mehnat faolligini ta’minlaydi.
O`zbekiston davlati, uning Prezidenti moddiy manfaatdorlik va mehnatga haq to`lashning nazariy masalalarini yanada rivojlantirib, mehnatga haq to`lashni takomillashtirish borasida juda yirik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Prezidentimiz Oliy Majlisining X sessiyasidagi Qishloq xo`jaligi taraqqiyoti – to`kin hayot manbai» mavzusidagi nutqlarida bu masalaga katta e’tibor berdilar.
Chunonchi:
- mehnat unumdorligini o`stirishda fan va texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, mahsulot sifatini yaxshilashda haq to`lashni rag`batlantirishning rolini kuchaytiradi;
Tarif tizimini takomillashtirish va uning rolini oshirish:
kamroq xodimlar bilan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash uchun moddiy rag`batlantirishning progressiv shakllarini, ya’ni pudrat va akkord haq to`lash usullarini keng qo`llash.
mukofotlashning barcha tizimini takomillashtirish, uning mehnat natijalari, mahsulot sifati, texnikaviy asoslangan ish va mahsulot yetishtirish me’yorlarini bajarilishi bilan bog`liqligini ta’minlash.
turli tarmoqlarda band bo`lgan ishchi va xizmatchilarga to`lanadigan ish haqidagi o`zaro nisbatlarni yaxshilash, tabiiy-iqlim sharoitlari og`ir bo`lgan tumanlarda ishlayotgan mehnat sharoiti og`ir va noqulay bo`lgan ishlarda band bo`lgan xodimlarning mehnatiga haq to`lashdagi imtiyozlarni kengaytirish.
xo`jaliklarda mehnat haqi miqdorini ishning pirovard natijalariga tobora bog`liq qilib qo`yish.
murakkabligi, og`irligi va intensivligi bir xil bo`lgan mehnatga tobora bir xil haq to`lashni ta’minlash.
Mehnatning miqdori va sifatiga ko`ra haq olish mehnatkashlarning konstitutsion huquqi bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida shunday yozilgan: «O`zbekiston fuqarolari mehnat qilish huquqiga, ya’ni mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq va kamida davlat tomonidan belgilangan minimum miqdorida haq to`lanadigan va kafolatlangan ish haqi olish huquqiga ega».
Do'stlaringiz bilan baham: |