Moliya tizimi va moliyaviy siyosat


ITB guruhi quydagi keng miqyosdagi faoliyat turlariga jalb etilgan



Download 0,5 Mb.
bet5/7
Sana28.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#474370
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11- mavzu 2

ITB guruhi quydagi keng miqyosdagi faoliyat turlariga jalb etilgan: a’zo mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish; a’zo mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish; loyihaviy moliyalashtirish; kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash; a’zo mamlakatlar mablag‘larini safarbar qilish; eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash; a’zo mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish; a’zo mamlakatlarga favqulotda holatlarda yordam ko‘rsatish; a’zo mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllaridan iborat.
ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun investitsiyalar taqdim etishda namoyon bo‘ladi. ITB halqaro taraqqiyot moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Moliyaviy nazorat yuqori organlari halqaro tashkiloti, Jahon banki bilan 2011 yilda hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ITB loyihalarini moliyalashtirish ITBga a’zo mamlakatlarning har biri intilayotgan Ming yillik rivojlanish maqsadlariga (Millennium Development Goals) muvofiq amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ITB o‘z faoliyatida davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmini faol ishlatishi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni qo‘llash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi.
Binobarin, ITB faoliyatining strategik muhim yo‘nalishi, bu musulmon mamlakatlar aholisini malakaviy tayyorlash va ta’lim darajasini oshirish hisoblanadi.
Islom moliya sohasida ta’lim olishga qiziqish ortib bormoqda. Umuman olganda, Eropada ushbu yo‘nalishda 109 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 63% Buyuk Britaniyada joylashgan. Ta’lim sohasida 1975 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda ITB umumiy qiymati 4.2 mlrd. dollarni tashkil etgan 1581 loyiha amalga oshirilgan. ITB tomonidan 1983 yildan boshlab ta’lim dasturlari amalga oshirila boshlandi. Ushbu dasturlar doirasida a’zo mamlakatlar va a’zo bo‘lmagan musulmon jamoalariga, iqtidorli talabalarga bakalavriat, magistratura va aspirantura dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun stipendiyalar berilgan. 2019-yil boshida bankning moliyaviy ko‘magi 57 a’zo mamlakatdan 16 907 nafar talaba va olimlarga va a’zo bo‘lmagan 52 nafar musulmon jamoalariga ko‘rsatilgan.Talabalar uchun berilgan stipendiyalar, grantlar va ta’lim kreditlarining umumiy hajmi 133,7 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. [13] Ushbu sohadagi asosiy loyihalar ITB sho‘ba tuzilmasi - Islom tadqiqot va o‘quv instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Ta’lim grantlari va stipendiyalarning bir qismi qishloq joylarida ayollar va yoshlar uchun maxsus mo‘ljallangan. Bundan tashqari, kam rivojlangan a’zo davlatlar uchun yangi tashabbus sifatida qashshoqlikni kamaytirish maqsadida Islom instituti tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiya qo‘shma dasturlarii amalga oshirildi. So‘nggi yillarda istiqbolli talabalar va olimlar o‘z vatanlariga qaytishlarini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha stipendiyalarga ega bo‘lib, unda yangi olingan bilim va ko‘nikmalar o‘z mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Statistik malumotlarga ko‘ra, chet el universitetlari va institutlari bitiruvchilarining 90 foizi diplom olgandan so‘ng o‘z vataniga qaytishgan. Natijada, ta’lim va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini amalga oshirish, musulmon dunyosining ko‘plab mamlakatlarida ishsizlik darajasini pasayishiga va mehnat unumdorligini oshishiga imkon bergan. Ta’lim sohasidagi ko‘plab loyihalar ITBning Islomiy iqtisodiyotni bilimga asoslangan iqtisodiyotga aylantirishga hissa qo‘shishga intilishidan dalolat beradi. ITB malakali kadrlar barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ilmiy dasturlari va ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynashini tan oladi va muhim ahamiyat beradi [12].
O‘zining a’zo mamlakatlarida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishda katalizatorlik rolni o‘ynash maqsadida ITB o‘z faoliyatini ilg‘or xorijiy o‘quv markazlari va universitetlari bilan muvofiqlashtirib kelmoqda. SHunday qilib, o‘zaro anglashuv memorandumlari asosida ITB va barcha foyda oluvchi mamlakatlarning o‘nta etakchi universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi modeli ishlab chiqildi. YUqoridagi tashabbuslar ishsizlik darajasini pasaytirishga va ITB a’zo-mamlakatlar mehnatga qobiliyatli aholisining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Islomiy bank tizimining taxlili shuni ko‘rsatadiki, ITBga a’zo mamlakatlarda kambag‘allikni bartaraf qilishga katta ahamiyat berilmoqda va bu muammoni echish maqsadida mikromoliya tizimidan keng foydalanilmoqda. Qishloq xo‘jaligida ham ITB loyihalarni amalga oshirishga yordamlashib kelayotgani tufayli islomiy moliyalashtirish jarayonlari tobora kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi va qishloq rivojlanishi ITBga a’zo davlatlarida ish kuchi bandligining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning deyarli yarmi, dunyoning 20 yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi. Bevosita, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida 1975-dan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda ITB umumiy qiymati 13 mlrd. dollarlik 990 loyihani amalga oshirgan. Bundan tashqari, 7,1 mlrd. dollarlik 353 loyiha suv ta’minotini yaxshilash, sanitariya va qishloq rivojlanish muammolarini hal qilish uchun moliyalashtirildi. [14]
ITB ning ushbu investitsiyalari qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, asosiy ekinlar hosildorligini oshirish, tuproqni eroziyadan himoya qilish, halol chorvachiligini rivojlantirish, qurg‘oqchilik erlarini melioratsiyalash va qishloq hududlarida aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga yordam berdi. Ushbu sohadagi eng yirik loyihalar Kambodja, Malayziya, Indoneziya, Laos, Tailand va boshqa mamlakatlarda amalga oshirildi.
Ko‘pgina loyihalarning amalga oshirilishi fermerlar va qishloqdagi kichik korxonalarni imtiyozli moliyalashtirishga, fermerlarga esa, foydali bozorlarga kirishga yo‘l ochdi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun inson va institutsional salohiyatni yaratishga yordam berdi. SHuni ta’kidlash joizki, islomiy moliyalash, O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirishga kuchli yordam berishi mumkin[15, 27].
Birinchidan, islomiy moliyalashtirishning ushbu sohaga ta’siri boshqa moliyalashtirish turlariga qaraganda sezilarli bo‘ladi, chunki islomiy moliyaviy operatsiyalar real aktivlarga asoslangan va qishloq xo‘jaligi texnikalari, urug‘lar va pestitsidlarni, chorvachilik va baliqchilik uchun uskunalar sotib olish kabi turli sohalarda qo‘llanilishi mumkin. Salom yoki istisna kabi Islomiy moliya maxsulotlari qishloq xo‘jaligining texnikasini ijaraga olish, qishloq xo‘jaligining texnika bilan ta’minlash yoki chorvachilik bilan shug‘ullanishga moslashtiriladigan ideal moliyaviy vositalardir. Ayniqsa, musharaka va mudaraba kabi vositalardan qishloq joylarda uy joy qurish, o‘rmonlarni tiklash, irrigatsiya va melioratsiyani uzoq muddatli rivojlantirish uchun foydalanish mumkin.
Ikkinchidan, islomiy moliyalash, kooperativlar va sherikchiliklik tipidagi moliyaviy tuzilmalar tuzish orqali, moliyaviy xizmatlardan etarli darajada foydalana olmaydigan qishloq xo‘jalik jamiyatlarida moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirishi mumkin. Bu esa, kambag‘al fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirishga va qishloq xo‘jaligidagi tadbirkorlarga mikromoliyaviy yordam berishga imkon beradi.
Uchinchidan, islomiy moliyalashning axloqiy tabiati, ularni qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi uchun qulay qiladi, chunki u barqaror axloqiy sarmoyalarni fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy rivojlanishi va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradigan investitsiyalar bilan birlashtiradi.
Islomiy moliya qishloq xo‘jaligining har bir sohasi uchun ixtisoslashgan moliyaviy echimlarni taklif etish bilan birga, ular uchun moliya jalb qilish bo‘yicha barqaror echimni ta’minlabgina qolmay, balki fermer ho‘jaliklari va qishloq aholisi hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligi yalpi ichki mahsulotning 25 foizini tashkil etuvchi, eksportning 60 foizini ta’minlaydigan va ishchi kuchining 44 foizini tashkil etadigan Pokiston qishloq xo‘jaligida Islomiy moliyalashtirishni, Murabaha, Musavam, Salamis, Istisna, Musharaka va Mudaraba modellarini qo‘llash to‘g‘risidagi nizomlar qabul qilingan. Mutaxassislarning fikriga kura Salam modeli, urug‘lik, o‘g‘itlar va boshqa zarur anjomlarni harid etishda, mablag‘ga muhtoj fermerlar uchun juda qulay hisoblanadi.[16]
Yirik halqaro banklar tajribasidan kelib chiqib, ITB o‘z investitsiyalarining katta qismini infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirgan va kredit portfelining tarmoq tuzilmasi tahlili shuni ko‘rsatdiki, uning qiymatining qariyb uchdan bir qismi energetika va energetika infratuzilmasi loyihalariga to‘g‘ri keladi - 44 milliard dollar. (588 loyiha), kreditlashning boshqa ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir: moliya-15,6 milliard dollar. (1143 loyiha); qishloq xo‘jaligi - 13,0 mlrd. (990 loyiha); transport-12,2 mlrd. (468 loyiha); sanitariya va qishloq joylarini suv bilan ta’minlash-7,1 mlrd. (353 loyiha); sanoat, shu jumladan kon sanoati - 5,8 milliard dollar. (543 loyiha); ta’lim va fan – 4,2 mlrd. (1582 loyiha); sog‘liqni saqlash-3,8 milliard dollar. (518 loyiha); informatika va telekommunikatsiya - 0,9 mlrd. (14 loyiha); ko‘chmas mulk - 0,4 milliard dollar (28 loyiha).[17, 23]
Boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 25,8 mlrd. dollarlik ITB loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, ijtimoiy va gumanitar sohada 508 loyiha, ilmiy anjumanlar tashkil etish, jamoat markazlari tashkil etish va davlat boshqaruvini takomillashtirish va savdo sohasida 1775 loyiha moliyalashtirilgan. SHuningdek, ITB sukuk deb ataluvchi islomiy qimmat baho qog‘ozlarning emitenti hisoblanadi. ITB shariat o‘rnatgan cheklovlar doirasida moliyaviy mablag‘larni jamg‘arish uchun depozit mahsulotlariga ega. Bank tomonidan ko‘rsatilgan hizmatlar natijasi o‘laroq, 2019 yilning yarim yillik faoliyati natijasida olingan sof foydasi 1,072,184,683dollarni tashkil etgan. (3-rasm).

3-rasm. Islom bankining sof moliyaviy foydasi dinamikasi.[17]

Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, ITBning sof foydasi 2015 yildagiga nisbatan 2018 yilda 230 % ga oshgan, yoki 2019 yil yarim yillik sof foyda 2017 yildagidan 0,3% ga kam xolos.


Kredit, bozor va amaliyot xatarlarini o‘z vaqtida pasaytirish va baholash maqsadida ITB o‘z faoliyatida xatarlarni boshqarish maxsus vositalaridan foydalanadi. A’zo mamlakatlar va boshqa qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish ITB kredit xatarini samarali boshqarish imkonini beradi va likvidlilik xatari va mustaqil xatarlarga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun ITBda tavakkal - menejmenti faoliyatining samaradorligi ustidan ichki nazorat tizimi, yuqorida qayd etilgan xatarlar ahamiyati bo‘yicha limit va cheklovlar tizimi joriy etilgan. Xatarlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish maqsadida ishga vaqti-vaqti bilan tashqi maslahatchilar jalb etiladi.
Keyingi yillarda, Islomiy banklar musulmon bo‘lmagan mamlakatlar bozorlarida ishtirok eta boshladilar va 2000 yillarning boshlarida AQSHda 50 ta va Britaniyada 20 ta bank ochilgan bo‘lib, ularning faoliyati shariatga to‘la mos keladi [12]. Hozirgi kunda butun dunyoda 500 dan ortiq Islomiy banklar mavjud va jaxondagi yirik xalqaro banklar "Islomiy darchalar" ni ochmoqdalar. Islomiy banklar ananaviy banklar bilan beg‘araz raqobatlashib bir makonda faoliyat yuritmoqda va asta-sekin o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. Umuman dunyo bo‘ylab, 2020 yilga borib, Islomiy bank aktivlarining qiymati may $ 3 trilliondan AQSH dollaridan ortishi mumkin, va yaqin kelajakda –8 trillionga etishi mumkin [13]. Halqaro ekspertlar bu vaziyatni ijobiy deb baholashmoqda va bashoratga ko‘ra o‘n yillik ohiriga kelib u yanyada jadal yahshilanishi mumkin .
Islomiy bank tizimi an’anaviy tizimdan foiz stavkalarini taqiqlash, moliyaviy chayqovchilikni taqiqlash,bank va tadbirkor o‘rtasida tavakkalni taqsimlash, kabi kuydagi asosiy tamoyillari bilan ajralib turadi: foiz stavkasini taqiqlash natijasida kapital egasining daromadi tadbirkor olgan daromaddan shakllantirilib, u tomonlar o‘rtasida oldindan belgilangan nisbatda taqsimlanadi va ikki tomon ham foyda olishda qatnashganlari sababli, ular zararni ham bo‘lishadilar; shartnomalarni majburiy bajarish. SHartnoma majburiyatlarini bajarish bitim taraflarining eng muhim majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Axborot assimetriyasi natijasida bitim taraflaridan birining bir tomonlama foydasi qoralanadi; real iqtisodiyotga investitsiya kiritish zaruriyati. Pul potensial kapital sifatida qabul qilinadi va ishlab chiqarish faoliyatiga sarmoya kiritilganda haqiqiy hisoblanadi; faoliyatning shariat standartlariga majburiy muvofiqligi. SHariat tomonidan taqiqlangan ayrim tarmoqlarga (tamaki, alkogol, qimor va boshqalar) sarmoya kiritishni cheklash mavjud va bu ijtimoiy adolatdir.
YUqorida qayd etilgan tamoyillar asosida, islomiy banklaridagi moliyaviy faoliyatning kredit asoslari investitsiyalarga almashtirildi. SHuni qayd aytish lozimki, Islomiy qonunlar pul va pul vositalarini tovar sifatida emas, balki faqat bir almashtirish vositasi sifatida tan oladi. SHuning uchun har qanday foyda aktivga yoki korxonada ishtirok etish va tavakkalchilikka bog‘liq bo‘lishi kerak. Sof qarz kafolati aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar, real aktivlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish va sherikchilikning turli shakllari bilan almashtirilmoqda, ulardan eng ma’quli aksiyalashtirishdir. Foizlarni taqiqlashdan tashqari, moliyaviy operatsiyalarga ta’sir ko‘rsatadigan bir qator boshqa muhim qoidalar ham mavjud. Bularga "garar" (ma’lumotlarning noaniqligi yoki assimetriyasi), "sir" (qimor o‘yinlari, chayqovchilik), xoinlik qilish, shuningdek taqiqlangan tovarlarni (cho‘chqa go‘shti va spirtli ichimliklar) savdosi kiradi. Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi: xarajatlarni moliyalashtirish; foydani taqsimlash; lizing; sheriklik; forvard sotish.[18]

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish