Moliya-kredit” kafedrasi “Bank ishi” fanidan kurs ishi


Tijorat banklari foiz stavkalarigi taʼsir etuvchi omillar va ularning xususiyatlari



Download 86,5 Kb.
bet10/12
Sana31.03.2022
Hajmi86,5 Kb.
#521772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Baxrom kurs ishi

3.Tijorat banklari foiz stavkalarigi taʼsir etuvchi omillar va ularning xususiyatlari.




Omillar

Izoh

1.

Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati


  • Ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga berilladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa, u kamayadi.

2.

Qarzga olina-digan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi


  • Aniqrog‘i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko‘p foyda keltirsa, yoki iste’molchi ehtiyojini to‘laroq qondirsa, foiz yuqori bo‘ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi.

3.

Qarzni to‘lash muddati va sharti


  • Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta kichik-kichik qismlarga bo‘lib, bemalol qaytarish mumkin bo‘lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko‘radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko‘rish mumkin va shu hisobdan foiz to‘lash engil bo‘ladi.

4.

Qarzning qan-day pul bilan berilishi


  • Agar qarz erkin konvertirlangan valutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valutada berilsa, foiz nisbatan past o‘rnatiladi. Konvertirlangan pul obro‘-e’tiborli bo‘lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaqin daromad ko‘rish mumkin.

5.

Inflatsiya darajasi


  • Inflatsiya yuz bersa, qarzga beriladigan pul egasiga qaytib kelguncha o‘z qadrini qisman yo‘qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflatsiyani hisobga olib o‘rnatiladi. Foiz inflatsiya shiddatiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi.

6.

Pulni qarzga berishdan ko‘ra boshqa yo‘sinda ishlatishdan tushadigan daromad


  • Bunda pul egasining afzal ko‘rish tamoyili amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo‘lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori bo‘lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal ko‘radi.


7.



Qarz berishning risk darajasi

  • Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo‘lib, qarz qaytishi shubhali bo‘lsa, foiz yuqori bo‘ladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o‘rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz riskini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo‘lishi bilan qoplanadi.

Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Ssuda foiziga ta’sir etuvchi omillarning xalqaro-valuta va moliya-kredit munosabatlari bilan bog‘liqligi tufayli foiz stavkasining darajasi milliy stavkalardan birmuncha farq qiladi.
Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o‘zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflatsiyaning kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi.
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:


  • qarz oluvchining mamlakatdagi valuta, moliya-kredit, iqtisodiy va siyosiy ahvol;

  • loyiha riski xarakteri;

  • kredit manbalari;

  • kredit qiymatini tartibga solish bo‘yicha xalqaro kelishuvlar;

  • foiz stavkasi turlari (suzib yuruvchi, qat’iy va aralash);

  • raqobatdagi takliflarning mavjudligi;

  • kredit muddati;

  • inflatsiya sur’ati;

  • kreditning tijorat operatsiyalariga bog‘liqligi;

  • jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati;

  • qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati;

  • kreditning ta’minot sifati;

  • kredit bo‘yicha sug‘urta qoplamasinining mavjudligi;

  • qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi;

  • tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt;

  • bitim summasi;

  • kredit va to‘lov valutasi;

  • valuta kursi dinamikasi va boshqalar.

Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo’limi hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o’z ichiga oladi:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi;
kredit resurslari (o’z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari;
kreditlash, qarzdorlar turlari va yo’nalishlari
Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi.
Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida joy lashtirilganlik holati.
Ushbu yo’nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko’ra joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jixatdan olganda, ushbu yo’nalish kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o’zoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati.
Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko’ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash institutlari hisoblanadi. Ular xo’jalik sub’ektlarining aylnma mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda inflyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog’ining yanada oshishiga sabab bo’ladi.
Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan va barqaror bo’lgan sharoitda o’zoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi.
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G’arbiy Evropa davlatlarining bank amaliyotida muddati o’tgan kreditlar jami kredit qo’yilmalari hajmidagi salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko’rsatkichning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi.
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta’minlash.
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim.
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi.
Kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi.
Hozirgi vaqtda, Respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan foydalanilmoqda. Bo’lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit liniyasi ochmasdan turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, kontokorrent, kredit liniyasi ochish yo’li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan foydalanilmayotganligi ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi.
VI. Foizlarni o’stirmaslik maqomiga ega bo’lgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar miqdoining o’zgarishi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo’yicha foizlarni o’stirmaslik siyosati to’g’risida”gi Nizomga ko’ra, banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to’xtatadilar:
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda.
Foiz hisoblash to’xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi.
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob’ektlaridan foydalanish samaradorligi.
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, garov ob’ektlaridan unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor garov ob’ektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga qaratiladi.
VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi.
Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq.
Hozirgi kunda kredit siyosatini to’zishda har bir tijorat banki mustaqil bo’lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik sub’ektlarini kreditlash funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi.
Markaziy bankning xisob (diskont) siyosatining moxiyati shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik mol sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan mol (tovar va xizmatlar va x.k)ning kakini to’lash uchun mablag’i etarli bo’lmasa, u tovar uchun tulovni ma’lum vavk 5tgandan keyin amalga oshirishi tugrisida veksel berotpi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag’lari zarur bo’lgan vaktda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda unda ko’rsatilgan summadan kam summaga (ma’lum foiz ushlab uolgan xolda) sotib oladi. Zarur bo’lganda tijorat banki vekselni Markaziy bankda xisobga qo’yishi mumkin. Bu xolda Markaziy bank ham o’z foydasiga ma’lum foiz -xisob stavkasini ushlab qolishi mumkin. Markaziy bankning xisob stavkasi alohida olingan davlatlarda zkar xil - 5% dan 15 % gacha bo’lishi mumkin-Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy oankning xisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning xisob stavkasi tijorat bavklari o’rnatadigan xisob stavkaning eng past chegarasi xisoblanadi. Odatda tijorat banklarining xisob stavkasi markaziy bankning xisob stavkasidan yukori (0,5dan - 2%gacha) bo’ladi.
Tijorat banklarining qaytamoliyalashtirish siyosati -bu to’g’ridan-to’g’ri kreditlash, veksellarni xisobga olish, kimmatbaho vrgozlarni garovga olgan xolda kreditlar berish va kredit auktsionlarni utkazish yuli bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chikkan xolda markaziy bankning qaytamoliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni xisobga olish yo’li bilan kreditlash,
- tijorat banklari ixtiyoridagi kimmatbaho qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi.
O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank o’rnatilgan qoidalarga asosan, quyidagi aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha bo’lgan muddatda kreditlar berishi mumkin:
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar,
- davlatning karz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan. boshqa karz vositalari,
- Markaziy bankda depozitga o’tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo’lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o’tkazishi mumkin bo’lgan aktivlar,
- to’lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar berilishi mumkin.
Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlar to’lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag’i bo’yicha kredit tartibiga o’xshashdir.
Asosiy faoliyat bilan bog’liq tovar moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash maqsadida to’zilgan pul hisob - kitob hujjatlari pulini to’lash uchun qabo’l qilinadi. Qarz oluvchi bankka garovga qo’ygan qimmatli qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromadlarga foizlar qo’shilmaydi.
Qimmatli qog’ozlarni garovga olib kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank qimmatli qog’ozlar emitentiga uning qimmatli qog’ozlarini garovga qo’yish bitimi to’zilganligini hamda qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar kiritilishi lozim bo’lgan depozit hisobvarag’i nomerini ma’lum qiladi. Lombard krediti beriladigan hollarda garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit hisobvarag’iga qo’yiladi (depozit shartnomasini rasmiylashtirmasdan) va, birinchi navbatda, ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, shuningdek, kreditdan foydalanish uchun foizlarni to’lashga yo’naltiriladi.
Kredit jarayonida bank garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar kotirovkasi birja kursidagi o’zgarishlar to’g’risida teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning boshqa turlari yordamida axborot to’plab boriladi.
Kredit davomida fond birjasida o’tkazilgan savdo natijalariga ko’ra, garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar qiymati pasaygan bo’lsa, u holda kredit qo’mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga shu summada qo’shimcha ta’minot berish talabi bildirilishi yoki kredit miqdori qaytariladi.
Tovar (mol) garovi ostidagi lombard krediti. Lombard krediti uchun garov ko’rinishida faqatgina nisbatan baholi tovarlar, qaysiki ularning savdosi birjada yuritilishi, tovar partiyasini miqdori va sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini ham aniqlash imkonini berishi shartidir.
Qimmatbaho metall garovi ostidagi kredit. Bu lombard kreditining eski usullaridan bo’lib, hozirda u juda kam ishlatiladi. Garovni baholashdagi qiymati bu asosan oltin tangalar, slitkalar, kumush, platina va boshqalar qariyb 95% foiz qimmatbaho metall narxiga mos keladi.
Lombard krediti - kreditlashning bu usuli asosan likvid mol mulk hisoblangan tillo taqinchoqlar garov asosida kredit berishga asoslanadi. Bu kredit kredit muassasi uchun deyarli risk darajasi past xisoblanadi. Chunki tillo buyumlar eskitdan yuqorilikvidli tovar sifatida tarixga ega. Biz kreditlashning bu usuli orqali pul mablag’lariga muxtoj bo’lgan ishlab chiqarish va savdo majmualarini moliyaviy qo’llab quvvatlnib boriladi.
Shu tarzda Markaziy banklar bozorlarning o’rtacha foiz stavkalarini belgilaydi.Bu mazkur sharoitda barcha bozorlar xususan kredit va kapital bozorlari uchun bazaviy foiz stavkalari qabo’l qilinadi.
Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish bilan chambarchas bog’liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar, jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan resurslar ichida banklararo kredit xam alohida o’rin egallaydi. Depozitlar bo’yicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog’liq bo’ladi. Kredit siyosatining aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos bo’ladi. Bank tomonidan to’plangan resurslarni to’g’ri va oqilona joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog’liq bo’ladi. Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini to’g’ri joylashtirish va oldindan ko’zlangan daromad olish imkoniyati yaratiladi.


Download 86,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish