Moliya-kredit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi amaliyoti hisoboti


-jadval. Markaziy bank tomonidan likvidlilik bo‘yicha o‘rnatilgan prudensial normativ talablar bajarilishi1



Download 2,35 Mb.
bet3/21
Sana17.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#814903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
SBI 61 2 guruh talabasi D Abduganievaning Bitiruvoldi Amaliyoti

1-jadval. Markaziy bank tomonidan likvidlilik bo‘yicha o‘rnatilgan prudensial normativ talablar bajarilishi1



#

Prudensial normativlar nomi

Me’yor

3 837,8 mlrd. so‘m

1

Likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsienti, jami

min. 100,0%

681,1

-

Milliy valyutada

min. 100,0%

1295,7

-

Xorijiy valyutada

min. 100,0%

184,1

2

Sof barqaror moliyalashtirishning me’yoriy ko‘rsatkichi, jami

min. 100,0%

144,5

-

Milliy valyutada

min. 100,0%

146,2

-

Xorijiy valyutada

min. 100,0%

134,3

3

Yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati koeffitsienti

min. 10,0%

38,8

-

Milliy valyutada

min. 10,0%

39,0

-

Xorijiy valyutada

min. 10,0%

37,8

4

Yuqori likvidli aktivlarning qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati koeffisienti

min. 25,0%

42,0

-

Milliy valyutada

min. 25,0%

43,3

-

Xorijiy valyutada

min. 25,0%

35,7

Xulosa o‘rinda ta’kidlash lozimki, bank Birja o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatsa yoki Birja o‘z bankini o‘zgartirishni maqsad qilsa, bank o‘z majburiyatlarini Markaziy bank prudensial normativ talablarini buzmagan holda bajarish imkoniyatiga ega. Biroq, ushbu jarayon ma’lum xarajatlarni talab qiladi va ushbu xarajatlarga bank kapitali javob beradi


Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida amalga oshiriladigan operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumot


Ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish. Ushbu operatsiya O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 29 avgustdagi 18/5-son qaroriga 1-ilova bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalari talablariga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka buyurtma taqdim etadilar. Bunda buyurtma shakli bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi va unda mijoz nomi, valyuta turi va summasi, sotib olish yoki sotish kursi kabi ma'lumotlar ko‘rsatilishi shart. Taqdim etiladigan buyurtmalarda chet el valyutasini sotib olish maqsadi va asoslovchi hujjatlar ham ko‘rsatiladi;
2. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtmalar xizmat ko‘rsatuvchi filiallar tomonidan ko‘rib chiqiladi va Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentining Valyuta operatsiyalari departamentiga yuboriladi. Ushbu buyurtmalar qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha buyurtmani qanoatlantirish yoki uni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi, hamda Bank Boshqaruvi raisining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi;
3. Qanoatlantirish to‘g‘risida xulosa tasdiqlangan buyurtmalar bo‘yicha Bank va mijozlar o‘rtasidagi barcha hisob-kitoblar keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi. Belgilangan vaqtda hisob-kitoblar yakunlanmagan bo‘lsa, kelishuv bekor qilingan hisoblanadi;
4. Xizmat ko‘rsatuvchi filial tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasini kirim qilish uchun mijoz nomiga maxsus hisobvaraqlar ochiladi. Maxsus valyuta hisobvarag‘iga ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi. Maxsus valyuta hisobvaraqlariga kiritilgan mablag‘lar qat'iy ravishda buyurtmalarda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi;
5. Bank mijozi tomonidan sotib olinib, mijozning maxsus valyuta hisobvarag‘iga kiritilgan vaqtdan e'tiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilmagan valyuta mablag‘lari, ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat banklariga qayta sotilishi shart. Maxsus valyuta hisobvarag‘idan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham uch bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun takroran o‘tkazib berilishi lozim. Chet el valyutasining qayta sotilishi sotuv kunidagi talab va taklif asosida shakllanadigan bozor kursida akseptsiz ravishda amalga oshiriladi;
6. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosda shakllanadigan valyuta kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun operatsiyalari mijoz tomonidan “Trastbank” XAB Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Chet el valyutasini sotib olish va sotish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ommaviy oferta” shartlarini akseplagandan so‘ng amalga oshiriladi.
Qisqacha ma'lumot: 2020 yilning o‘n ikki oyi davomida mijozlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun 15565 ta buyurtma berilgan bo‘lib, ular ekvivalentda 592,5 mln AQSh dollarini tashkil etgan. 2021 yilning o‘n ikki oyi davomida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotish uchun 5526 dona buyurtmalar berilgan bo‘lib, ularni jami miqdorining ekvivalenti 295,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

Mijoz bilan benifisiar o‘rtasida tuzilgan import kontrakti shartlari va tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank bilan kelishilgan shartlar inobatga olingan holda akkreditivdan foydalanishning muddati belgilanadi.


Import kontrakti bo‘yicha xorijiy valyutada akkreditiv operatsiyasi xizmatini ko‘rsatish quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Mijoz import kontrakti shartlarini “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi”ga kiritgandan so‘ng, agar unda import kontrakti bo‘yicha akkreditivga ehtiyoj bo‘lsa, filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga import kontrakti bo‘yicha qisqacha ma'lumot qayd etib (benefisiar, benefisiar banki, tovar nomi, yetkazib berish muddati), akkreditiv qiymati, akkredittiv bo‘yicha yuk hujjatlari, akkreditivning amal qilish muddati ko‘rsatilgan Akkreditiv ochish to‘g‘risida arizani 3 nusxada tayyorlaydi;
2. Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasining belgilangan namunaviy shakl va import kontrakti shartlariga muvofiq to‘ldirilganligi, import kontrakti shartlari mijoz tomonidan “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi”ga to‘g‘ri va to‘liq kiritilganligini tekshirib akkreditiv ochish to‘g‘risidagi arizani 3 nusxada rasmiylashtiradi. Import kontrakti nusxasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi va akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasini Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentiga o‘rnatilgan tartibda yuboradi. Akkreditiv bo‘yicha filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘majildiga akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi, import kontrakti nusxasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasi, ochiladigan akkreditivga oid hujjatlar Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentiga yuborilganligi haqida xat nusxasini tikib qo‘yadi;
3. Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti mas'ul xodimi tomonidan akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi, import kontrakti nusxasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasi, ochiladigan akkreditivga oid hujjatlar Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentiga yuborilganligi haqida xat nusxasini o‘rnatilgan tartibda qabul qilib, akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz va filial arizalarini maxsus jurnalga qayd qiladi, SWIFT tizimiga akkreditiv shartlarini kiritadi va tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka taqdim etadi, akkreditiv avizo qilinganligi to‘g‘risida SWIFT-xabarnomani tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankdan SWIFT tizimi orqali oladi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank bilan kelishilgan akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami qayd etilgan xabarnomani, shuningdek SWIFT-xabarnoma nusxasini filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga yuboradi, аkkreditiv bo‘yicha Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida ochilgan Bosh bank yig‘majildiga akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi, import kontrakti nusxasi, akkreditiv avizo qilinganligi to‘g‘risida tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankdan olingan SWIFT-xabarnoma, filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga yuborilgan akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami to‘g‘risida xabarnoma nusxasini tikib qo‘yadi;
4. Mijozga akkreditiv ochish uchun Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan yuborilgan SWIFT-xabarnoma nusxasi hamda akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami to‘g‘risida xabarnomani o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, akkreditiv raqamini IABS dasturi orqali “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi”ga kiritadi, 22602 “Akkreditiv bo‘yicha mijoz depoziti” va 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvaraqlarini ochish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi (farmoyish namunasi ilova keltirilgan), akkreditiv ochilganligi uchun vositachilik haqini Bank tariflariga muvofiq mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi (farmoyish namunasi ilovada keltirilgan), hamda akkreditiv bo‘yicha filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘majildiga akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami to‘g‘risida xabarnoma, SWIFT-xabarnoma nusxasi, akkreditiv hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida farmoyish nusxasi, akkreditiv ochilganligi uchun vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish nusxasini tikib qo‘yadi;
5. Filialning Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan tegishli farmoyishlarni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, mijozga 22602 “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti” hisobvarag‘ini ochadi va unga talab qilib olinguncha depozit (yoki konvertasiya) hisobvarag‘idan akkreditiv qiymatidagi mablag‘ni kiritadi:
Dt 20200 (valyuta kodi) “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit” yoki 22614 (valyuta kodi) “Mijozning valyuta bozorida konvertasiya qilingan mablag‘i”,
Kt 22602 (valyuta kodi) “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti”;
Mijozga 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvarag‘ini ochadi va akkreditiv hisobini yuritish uchun uning qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 90955 (valyuta kodi) “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” yoki 90960 (valyuta kodi) “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”,
Kt 96309 (valyuta kodi) “Importga oid akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Akkreditiv ochilganligi uchun vositachilik haqini mijozdan undiradi:
Dt 20200000 “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit”,
Kt 45225000 “Akkreditiv bo‘yicha vositachilik uchun olingan daromad”.
6. Akkreditivni ijro etish va yopish. Akkreditivni ijro etish uchun Benefisiar import kontrakti bo‘yicha tovarni mijozga yuklab jo‘natilishini ta'minlaydi, tovarning yuk hujjatlarini o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka taqdim etadi. Akkreditiv ijrosi bo‘yicha Tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank tovarning yuk hujjatlarini qabul qiladi, tovarning yuk hujjatlarini akkreditiv shartlari bilan solishtiradi, tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lmasa, benefisiar banki orqali benefisiarga to‘lovni amalga oshiradi, tovarning yuk hujjatlarini bank-emitentga taqdim etadi. Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti mas'ul xodimi xujjatlarda ko‘rsatilgan tovarning yuk hujjatlarini tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankdan o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, tovarning yuk hujjatlarini akkreditiv shartlari bilan solishtiradi, tovarning yuk hujjatlarini xat bilan filialga yuboradi (agar tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lsa, qaysi yuk xujjatlarida tafovut borligini yozma ravishda filialga ma'lum qiladi), akkreditivni avizo qilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank tomonidan undirilgan vositachilik haqini xarajatda aks ettirish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va Amaliyot boshqarmasining Buxgalteriya bo‘limiga beradi (farmoyish namunasi ilovada keltirilgan), akkreditivni avizo qilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka to‘lab berilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida filialga xabarnoma yuboradi, akkreditiv bo‘yicha Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida ochilgan Bosh bank yig‘majildiga tovarning yuk hujjatlari tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankdan qabul qilib olinganligi to‘g‘risida hujjat, tovarning yuk hujjatlari filialga yuborilganligi haqida xat nusxasi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank tomonidan undirilgan vositachilik haqini xarajatda aks ettirish to‘g‘risida farmoyish nusxasi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka to‘lab berilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida filialga yuborilgan xabarnoma nusxasini tikib qo‘yadi. Amaliyot boshqarmasining Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi taqdim etilgan farmoyishni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank tomonidan undirib olingan vositachilik haqini xarajatda aks ettirish uchun ushbu farmoyish asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi:
Dt 17101 (valyuta kodi) “Valyuta pozisiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 10501 (valyuta kodi) “Boshqa bankdagi vakillik hisobvarag‘i – nostro”;
Dt 55195000 “Boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari”,
Kt 17101000 “Valyuta pozisiyasi hisobvaraqlari”.
Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan jo‘natilgan tovarning yuk hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, tovarning yuk hujjatlaridan, akkreditiv ijrosi hisobini yuritish maqsadida, nusxa oladi, tovar yuk hujjatlarining aslini xat bilan mijozga yuboradi. Tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda, mijozdan to‘lovni tafovut bilan amalga oshirishga roziligi yoki noroziligi to‘g‘risida yozma xabar oladi, akkreditivni avizo qilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka Amaliyot boshqarmasi tomonidan to‘lab berilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi hamda akkreditiv bo‘yicha filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘majildiga tovarning yuk hujjatlari nusxasi, tovar yuk hujjatlarining asli mijozga yuborilganligi to‘g‘risida xat nusxasi, mijozdan to‘lovni tafovut bilan amalga oshirishga roziligi yoki noroziligi to‘g‘risida yozma xabar (tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda olinadi), akkreditivni avizo qilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka to‘lab berilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish nusxasini tikib qo‘yadi.
Filialning Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan qayd etilgan farmoyishni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, ushbu farmoyish asosida akkreditivni avizo qilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka Amaliyot boshqarmasi tomonidan to‘lab berilgan vositachilik haqi mijozdan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali undiriladi va Amaliyot boshqarmasiga qoplab beriladi:
Dt 20200000 “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit”,
Kt 29896000 “Boshqa majburiyatlar”;
Dt 29896000 “Boshqa majburiyatlar”,
Kt 29896000 “Boshqa majburiyatlar”.
Akkreditiv yopilayotganda Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti mas'ul xodimi tomonidan mijozga 22602 “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti” va 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida xabarnoma tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga yuboradi, akkreditiv bo‘yicha Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida ochilgan Bosh bank yig‘majildiga xabarnoma nusxasini kiritadi. Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan qayd etilgan xabarnomani o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, ushbu xabarnoma asosida mijozning 22602 “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti” va 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi, hamda akkreditiv bo‘yicha filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘majildiga mijozning akkreditivga oid hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan jo‘natilgan xabarnoma, mijozning akkreditivga oid hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida farmoyish nusxasini tikib qo‘yadi. Filialning Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan qayd etilgan farmoyishni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, ushbu farmoyish asosida mijozning akkreditivga oid hisobvaraqlarini yopish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi:
Dt 22602 (valyuta kodi) “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti”,
Kt 16103 (valyuta kodi) “Bosh bankdan/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘”;
Dt 96309 (valyuta kodi) “Importga oid akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq”,
Kt 90955 (valyuta kodi) “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv”.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish