174
talab etilgan o‘rtacha qaytim stavkasini hisoblash, bunda har bir manbadan
keladigan qaytim miqdori uning firmaga qilingan yalpi investitsiyadagi ulushini
o‘lchash orqali hisoblanadi.
Kapital bahosi nafaqat kompaniyaning umumiy faoliyat natijasini ifodalaydi
balki, firma tomonidan amalga oshiriladigan yakka investitsiya qarorlarini qabul
qilishda ham foydalaniladi. Masalan, Exxon Mobil Nigeriyada yangi neft ishlab
chiqarish bo‘yicha mulk sotib olmoqchi, bunda kompaniya investitsiya o‘zini
oqlashi uchun qancha qaytim lozimligini hisoblashi zarur. Yana bir misolni
olaylik, kompaniya tahlilchilari Shimoli- sharqiy Osiyoda kimyo zavodini qurish
maqsadida investitsiyadan olinadigan daromadni taqqoslash uchun mo‘ljalli
qaytimni belgilab olishlari kerak bo‘ladi.
Diqqatingizni jalb etish uchun quyidagi misolni olaylik, 2011-yil Exxon Mobil
Korporatsiyasi firma aktivlari buxgalteriya qiymatining 26.93% ga teng bo‘lgan
darajada yuqori daromad oldi va qaytim stavkasi firmaning jami aktivlari bozor
qiymatining 10%ga teng bo‘ldi. Shunga ko‘ra, firma barcha investorlari
(aksiyadorlar va kreditorlar) ehtiyojlarini qondirish uchun 10% dan kamroq
daromad olishiga to‘g‘ri kelgan, ammo moliyaviy inqiroz kuchaygan davrning
o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, firma investorlari uchun yetarli daromad shakllantira
olgan. Bu bobda biz kompaniya fondlari bahosini hisoblashga alohida to‘xtalib
o‘tamiz. Shuningdek, biz kompaniyaga qarz va ulush sifatida aksiyadorlar
tomonidan qo‘yilgan kapitalning o‘rtacha tortilgan bahosi yoki sodda qilib
aytganda kompaniyaning kapital bahosini o‘rganib chiqamiz.
Kompaniyaning kapital bahosi ba’zida kompaniya kapitalining
muqobil qiymati
deb ham yuritiladi. Muqobil qiymat iqtisodiy adabiyotlarda kutilayotgan eng
yaxshi imkoniyat doirasidan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilish uchun
qilinadigan xarajat sifatida ta’riflanadi. Masalan, talaba Starbucks (SBUX) da
yarim stavka ishga kirishi uchun muqobil qiymat universitet kampusi hududida
ishlab topishi mumkin bo‘lgan daromaddan kechishni anglatadi. Yana bir misolni
olaylik, kompaniya investorlaridan olingan daromadni ularga qaytarmay
reinvestitsiya qilmoqchi. Bu qarorning muqobil qiymati mablag‘ni investorlarga
bermay saqlab turish yoki kapital bahosi hisoblanadi.
Investorlar uchun talab etilgan qaytim stavkasi kapital bahosi bilan bir xil
tushunchami? Unday emas. O‘z navbatida, bu bobda
k harfidan moliyalashtirish
bahosi sifatida foydalanamiz, xuddi 7 va 8-boblarda investorlarning talab etilgan
qaytim stavkasini ifodalashda
r harfidan foydalanganimiz kabi.
Quyidagi 2 omil investorlarning talab etilgan qaytim stavkasi va kapital bahosi
o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: