“Moliya” kafedrasi


Aksiyadorlar  boyligini  maksimallashtirish



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

Aksiyadorlar  boyligini  maksimallashtirish,  ya’ni  ular  aksiyalarining  bozor 
qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi.  
Faraz  qilaylik,  Siz  korporatsiyani  boshqarayapsiz  va  mablag‘  tikish 
(joylashtirish)ning  ikkita  muqobil  variantidan  bittasini  tanlashingiz  kerak. 
Tanlaganda ham juda riskli va deyarli xavfsiz variantdan birini  tanlashingiz zarur. 
Aksiyadorlaringizning  ba’zilari,  ehtimol,  risk  dara-jasini  qisqartirishga  intilishar. 
Boshqalari  esa,  birinchi  investitsion  loyiha  kelajagiga  pessimistik  ruhda  gumon 
bilan  qarashar.  Shu  bilan  birga  aksiyadorlarning  bir  qismi  riskka  moyil  bo‘lishi 
yoki  riskli  loyihaning  istiqboli  porloq  deb  hisoblashlari  mumkin.  Aytingchi, 
bunday  sharoitda  menejer  qanday  qilib  barcha  aksiyadorlarni  qoniqtiradigan  va 
ularning ko‘ngliga moydek yoqadigan qaror qabul qilsin? 
Faraz qilaylik, risksiz  loyihani tanlagandan ko‘ra  riskli  loyihani  afzal  ko‘rib, 
Siz  firma  aksiyalarining  bozor  qiymati  (bahosi)ni  ko‘proq  oshirasiz.  Shuning 
uchun,  garchi  ba’zi  aksiyadorlar  o‘z  mablag‘lari  ishonchli  aktivlarga  investitsiya 
qilinishini  hamma  narsadan  ustun  qo‘ysalar-da,  Sizning  ikkinchi  loyihani 
tanlashingiz ularning manfaatiga xizmat qilmaydi.  
Gap shundaki, samarali faoliyat yuritayotgan kapital bozorlarida aksiya-dorlar 
o‘zlarining  shaxsiy  aksiyalar  portfellari  risklilik  dara-jasini  Sizning  firmangiz 
aksiyalarining  bir  qismini  sotib,  undirilgan  pulni  ishonchli  aktivlarga  investitsiya 
qilish  orqali  kamaytirish  imkoniyatiga  egalar.  Demak,  riskli  loyiha  tanlanadigan 
bo‘lsa,  hatto  riskni  xush  ko‘rmaydigan  aksiyadorlar  ham  yutadilar.  Chunki  ular 
bugunning  o‘zida  qo‘shimcha  daromad  oladilar.  Keyin  esa  ular  olgan 
daromadlarini yoki reinvestitsiya
18
 qiladilar, yoki o‘z ehtiyojlariga sarflaydilar. 
Shunday  qilib,  ko‘rib  turibmizki,  riskli  loyihani  tanlash  ham  xususiy 
aksiyadorlar  manfaatiga  mos  kelishi  mumkin.  Chunki  aynan  riskli  loyiha  ular 
qo‘lidagi  aksiyalarning  bozor  qiymati  (bahosi)ni  oshirishga  qodir.  Menejerlar 
qabul qiladigan qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona risk tanlangan u yoki 
bu  variant  firma  aksiyalarining  bozor  qiymati  (bahosi)ga  qanchalik  ta’sir  qilishi 
bilan bog‘liq. 
Aksiyadorlar  boyligini 
maksimallashtirish  vazifasini 
bajarish 
firma 
                                                           
18
  “Reinvestitsiya”  (re  +  investitsiya)  –  investitsiyalar  muomalalari  bo‘yicha  daromadlar  shaklida  olingan 
mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qayta yo‘naltirish, qayta foydalanish. Qarang: o‘sha manba. J.III. 
–B.372. 


23 
 
qo‘llaydigan  ishlab  chiqarish  texnologiyalari,  bozor  foiz  stavkalari,  bozor  riski 
uchun  mukofot  va  qimmatli  qog‘ozlar  kotirovka
19
siga  bog‘liq.  Ushbu  barcha 
omillarni  inobatga  olgan  holda  menejerlar  aksiya-dorlar  firmani  o‘zlari 
boshqarganlarida  qanday  investitsion  qaror  qabul  qilsalar,  xuddi  shunday 
qarorlarni  qabul  qilishlari  mumkin.  Shu  bilan  birga  qaror  riskni  tan  olmaslik 
darajasiga  yoki  muldorlarning  boyligi  darajasiga  bog‘liq  emas.  Demak, 
investitsion qarorlarni shular to‘g‘risida muayyan ma’lumot yig‘masdan turib ham 
qabul qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish 
qoidasi  juda  to‘g‘ri  qoida  va  firmani  boshqarayotganda  har  bir  menejer  ushbu 
qoidaga rioya qilmog‘i darkor. Mazkur qoidaga rioya qilar ekanlar, menejerlar har 
gal  biror  qaror  qabul  qilish  talab  etilganda  aksiyadorlar  o‘rtasida  so‘rov 
o‘tkazmasdan turib ham o‘z vazifalarini bajara oladilar. 
Korporatsiyalar  faoliyatini  tadqiq  qiladigan  olimlar  ba’zida  boshqa-ruv 
xodimlarining asosiy vazifasi firma foydasini maksimallashti-rishdan iborat, degan 
fikrni  bildiradilar.  Ma’lum  sharoitda  aksiyador-larning  foydasini  ham,  boyligini 
ham  imkon  qadar  ko‘paytirishdan  maqsad  bir  xil  moliyaviy  qarorlarning  qabul 
qilinishini taqozo etadi. Odatda, firma foydasini ko‘paytirish uchun mutaxassislar 
ikkita eng muhim muammoga bilan duch keladilar. Bu muammolarning sababi esa 
vaqt va ehti-moliy mezonlarning noaniqligidadir: 

  agar  ishlab  chiqarish  jarayoni  bir  necha  vaqt  oralig‘idan  iborat  bo‘lsa,  u 
holda aynan qaysi vaqt oralig‘ida foyda maksimallashtirilishi kerak? 

  agar  daromad  va  xarajatlar  –  noaniq  ko‘rsatkichlar  bo‘lsa,  u  holda, 
foydaning o‘zi ehtimollik qiymati bo‘lgan taqdirda “foydani  maksimal-lashtirish” 
tushunchasining ma’nosi nimada?  
Endi keling, foydani maksimallashtirish mezonlari bilan bog‘liq bo‘lgan shu 
ikkala  muammoni  ko‘rib  chiqamiz.  Birinchi  muammo  foydani  ishlab  chiqarish 
jarayonining davomiyligi bilan bog‘lashdan iborat.  
Faraz  qilaylik,  firma  ikkita  loyihadan  birini  tanlashi  kerak.  Ikkala  loyihani 
amalga oshirishni boshlash uchun 100,0 mln. so‘m miqdorida xarajat qilish kerak. 
Ammo ikkinchi loyihaning uzoqroq davom etishi ko‘zda tutilgan. “A” loyihaning 
bir  yildan  keyin  105,0  mln.so‘m  miqdorida  daromad  keltirishi  mo‘ljallangan  va 
shundan  keyin  u  yopiladi.  Shunday  qilib,  undan  ko‘riladigan  foyda  5,0    mln. 
so‘mni  tashkil  etadi  (105,0  mln.  so‘m  –  100,0  mln.  so‘m).  “B”  loyiha  esa  2  yil 
davom  etishi  kerak  va  birinchi  yili  hech  qanday  daromad  keltirmaydi,  ikki  yil 
o‘tgach esa loyihadan olingan foyda 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, 
savol tug‘iladi: mazkur vaziyatda foydani maksimallashtirish mezoni qanday qilib 
qo‘llanilishi mumkin? 
Endi, foydani maksimallashtirish mezonlaridan noaniq vaziyatda foydalanish 
murakkabligi  nimadan  iboratligini  ko‘rib  chiqamiz.  Faraz  qiling,  Siz  firma 
menejerisiz.  Firma  ikkita  investitsion  loyihadan  bittasini  tanlashi  lozim. 
Loyihalarni amalga oshirish uchun 100,0 mln. so‘m miqdorida xarajat talab etiladi 
                                                           
19
  “Kotirovka”  fransuzcha  “coter”  –  raqamlamoq,  belgilamoq.  Birjada  amaldagi  vaziyat  va  qonunchilik 
me’yorlariga amal qilgan holda xorijiy valyutalar, qimmatbaho qog‘ozlar kursini hamda tovarlar narxini belgilash. 
Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 413. 


24 
 
va  sarflangan  kapital  (sarmoya)  ma’lum  vaqt  o‘tgach,  o‘zini  oq  (qop)lashi  kerak. 
Xuddi  yuqorida  keltirilgan  misol-dagi  singari  “A”  loyiha  105,0  mln.  so‘m 
miqdorida  kafolatlangan  daromad  keltiradi,  ya’ni  aniq  aytish  mumkinki,  “A” 
loyiha bo‘yicha foyda 5,0 mln so‘mni (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m) tashkil 
etadi.  
“V”  loyiha  bo‘yicha  foyda  miqdori  aniq  emas  –  ushbu  loyiha  bo‘yicha 
olinadigan daromad 120,0 mln. so‘m yoki 90,0 mln. so‘m bo‘lishi mumkin va har 
ikkala  variantning  amalga  oshish  ehtimoli  0,5ga  teng.  Shunday  qilib,  “V”  loyiha 
firmaga yoki 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda keltiradi yoki firma 10,0 mln. so‘m 
yo‘qotadi.  Mazkur  kontekst
20
da  “foydani  maksimal  darajada  oshiradigan  loyiha” 
degan tavsiya nimani anglatishi mumkin? 
Foyda ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq, aksiyadorlik kapitalining joriy bozor 
qiymatini aniq hisoblab chiqish mumkin (masalan, IBM korporatsiyasining kelgusi 
(bo‘lajak) daromadi – noaniq ko‘rsatkich, unga tegishli bo‘lgan aksiyalarning joriy 
bahosi  esa  bizga  ma’lum).  Demak,  foydani  maksimallashtirish  qoidasidan  farqli 
o‘laroq,  aksiyadorlar  boyligini  maksimallashtirish  qoidasi  firmaning  bo‘lajak 
xarajatlari  va  daromadlari  noaniqligi  sharoitida  menejerlarning  asosiy  vazifalarini 
aniq belgilab beradi.  
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish