“Moliya” kafedrasi


 “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

 
2. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi 
 
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning 
Siz  uchun  naqadar  zarur  ekanligini  his  etishni  istaysizmi?  Unda,  hech 
bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering: 
•  Siz  pul  to‘plash  (jamg‘arish)ni  boshladingiz  va  ularni  bankda  (gi  hisob 
varag‘ida)  saqlamoqdasiz.  O‘z  mablag‘ingizni  biror  bir  o‘zaro  fond
1
ga 
qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi 
fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak? 
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki 
ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?. 
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki 
restoranlarda  ofitsiantlik)  qilib  pul  topgansiz  va  o‘qishni  tugatgach  restoran 
ochishga  ahd  (qaror)  qildingiz.  Sizning  shunday  qilishingizga  bu  arziydimi? 
Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu 
mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?  
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy 
direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish 
arziydimi  (maqsadga  muvofiqmi)  yoki  yo‘qmi,  shuningdek,  telekommunikatsiya 
sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. 
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir 
necha  yil  ichida  qariyb  300  mln.  so‘m  sarflashi,  keyingi  yillarda  ko‘riladigan 
iqtisodiy  samara  esa  har  yili  olinadigan  100  mln.  so‘mlik  foydada  mujassam.  Siz 
unga nima(lar)ni maslahat berasiz?  
•  Siz  Jahon  banki  mutaxassislari  guruhida  ishlaysiz.  Guruhning  vazifasi 
O‘zbekistonning qarz  so‘rab qilgan  murojaatini  tahlil qilishdan  iborat.  Mablag‘ni 
ulkan  loyiha,  ya’ni  gidro  yoki  issiqlik  elektrostansiya  qurilishiga  sarflash  ko‘zda 
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?  
Bu  savollarning  haqqoniy  yoki  asoslangan  javoblarini  “Zamonaviy 
moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang. 
“Zamonaviy  moliya”  (fani)
2
ni  o‘rganish  uchun  eng  kamida  beshta  o‘ta 
muhim  sabab  bor.  Ularni  chizmada  quyidagicha  ko‘rsatish  mumkin  (navbatdagi 
betdagi 1.1-rasmga qarang): 
Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni: 

 
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish; 

  biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 

  qiziqarli va daromadli karera qilish

 
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul 
                                                           
1
  Bu  o‘rinda  «jamg‘arma»  so‘zini  ishlatmaganimizga  xafa  bo‘lmang.  Chunki  “fond”  so‘zi  o‘zbek  tilida 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV.   – B. 356. 
2
  Bu  va  bundan  keyingi  o‘rinlarda  «Zamonaviy  moliya»,  «Zamonaviy  moliya»  fani,  «Moliya»  fani  va 
«Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin. 



 
qilish imkoniyatiga ega bo‘lish; 

 
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.  
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish