ishning maqsadi bo’lib, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida byudjet
jarayonini tashkil etishda davlat vakolatli organlari faoliyatini, jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ahamiyatini oshirish yuzasidan
xulosa hamda tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, bitiruv malakaviy ishida quyidagi
vazifalar belgilangan:
- byudjet jarayonini tashkil qilishning nazariy-huquqiy asoslarini
o’rganish;
- byudjet jarayonini tashkil etishda O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining asosiy vazifalarini ko’rib chiqish;
- byudjet jarayonini bosqichlari amaliyoti tahlilini o’rganish;
- byudjet jarayonini amalga oshirishda Moliya vazirligi faoliyatini tahlil
qilish;
- byudjet jarayonini tashkil qilishda Moliya vazirligining ahamiyatini
oshirish yo’llarini ko’rib chiqish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |