Moliya instituti



Download 94,95 Kb.
bet19/20
Sana01.01.2022
Hajmi94,95 Kb.
#293782
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda davlat budjeti mablaglarining roli

Xulosa va takliflar

Ushbu bitiruv malakviy ishini o’rganib tahlil qilish jarayonida davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy soha xarajatlarini moliyalashtirish tartibi va unining byudjet mablag’larida tutgan o’rni atroflicha o’rganib yillar davomida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya davlat dasturi asosida ish olib borilayotganligini guvohi bo’ldim. Xorijiy mamlaktlar misolida bu ko’rsatkich juda ham past. Ijtimoiy soha xarajatlari yillar davomida o’sib aholi farovonligini oshirmoqda.

Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi , chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga dahldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro’yobga chiqadi. Ayniqsa, aholining kam ta’minlangan va kam himoyalangan qismi

-qariyalarga, nogironlar, bolalarga, ayollarga ijtimoiy yordam berish va ularga yaxshi turmush sharoitni yaratish bir tizimidan ikkinchi tizimga og’riqsiz o’tishga, fuqarolarda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarga bo’lgan ishonchni kuchaytirishga imkon beradi.Ijtimoiy soha xarajatlari ichida ta’lim yuqori ulushni tashki etib 2012-yil bu ko’rsatkich jami xarajatlarga nisbatan 34 foizni tashkil qilgan.

Bizning fikrimizcha, kasallik darajasini etiborga olgan holda, kunduzgi statsionarlarni kengaytirish bilan shifoxonalarda o’rin kunlarini qisqartirishga erishish va iqtisod qilingan mablag’larni tibbiy xizmat sifatini oshirishga sarflash maqsadga muvofiq bo’ladi.Kelgusi moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olishga buyurtmalarni berishda sog’liqni saqlash xarajatlari tarkibida ushbu muassasalarning salmog’ini oshirish kerak bo’ladi, bunda davlat byudjeti mablag’larini ishlatish samaradorligi oshadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida kuchli ijtimoiy siyosat-iqtisodiy o‘zgarishlarning ishonchli kafolati ekanligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish kerakligi ta’kidlangan. Bu shuni anglatadiki, bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy tizim islohoti aholini, ayniqsa uning muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi.

Mustaqillikka erishgan vaqtimizdan boshlab erishilgan ulkan yutuqlarimizdan biri bozor munosabatlarining qaror topayotganligi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yangicha demokratik tuzum, fuqarolik jamiyati rivojlanib borayotganligidir. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining bir qancha asarlarida ijtimoiy himoya tizimini yanada yaxshilash va mustahkamlash to‘g‘risida o‘z yo‘nalishlarini belgilab berdi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy ta’minot sohasida ulkan o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi. Hukumat qarorlari va Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning miqdorlarini oshirib borish to‘g‘risida»gi Farmonlari kuchli ijtimoiy himoya mexanizmining o‘zgaruvchan sharoitga mos bo‘lishi uchun kuchaytirib borish tadbirlarini o‘z ichiga olgan.

Rivojlangan davlatlarda iqtisodiy o’sish suratlarining yuqoriligi natijasida davlatning ijtimoiy xarajatlarni o’rta va uzoq muddatga

mo’ljallangan istiqbol ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtirgan byudjetlar tuzilishi amaliyotga kiritiladi, chunki bunday byudjetlar davlatning keyingi yillarda bo’ladigan ijtimoiy xarajatlariga ehtiyojini o’zida aks ettiradi. Ushbu byudjetlardagi asosiy ma’lumotlar, tabiiyki, yillik byudjetlarni tuzish va xarajatlarni rejalashtirishda asosiy ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Natijada ikki, uch, besh yillik byudjet rejalari asta-sekin oldindan belgilanadigan ijtimoiy soha xarajatlarining pragnoz ko’rsatkichlari tarzida tuzila boshlandi. Respublikamizda ijtimoiy xarajatlarni o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan va istiqbol ko’rsatkichlarini o’zida mujassamlashtirgan byudjetlar tuzilishini amaliyotga kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Sоg’liqni sаqlаsh sоhаsidаgi islоhаtlаr prоfilаktikа ishlаrini yuqоri dаrаjаgа ko’tаrishgа, sоg’liqni sаqlаsh tizimining birinchi bo’g’ini poliklinika xizmatini kuchaytirishga,qishloq tibbiyot punktlarini faoliyatini rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Ijtimoiy-madaniy sohalar yetarlicha samarali faoliyat ko’rsatishi uchun davlat ijtimoiy-madaniy sohalar tizimi bilan xizmat ko’rsatishning xususiy sohasi qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ijtimoiy-madaniy sohalar xarajatlarini davlat byudjetidan, shuningdek, huquqiy va jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobidan moliyalashtirish mumkin bo’ladi. Ta’lim tizimida homiylar mablag’larini jalb qilishdan tashqari bir necha yo’nalishlar bo’yicha byudjetdan tashqari daromadlar topishga qaratilgan faoliyatlarni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Butun respublika hududida hududida aholining muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun mablag’lar yig’ishga, kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun bayramlar tashkil etishga yo’naltirilgan xayriya va madaniy tadbirlar o’tkazish. Faxriylar va pensionerlarga yordam ko’rsatish darajasini yanada oshirish, davlat va jamoatchilik tomonidan ularni

qo’llab-quvvatlashni taminlash, muhtojlarga beg’araz yordam ajratishni taminlash.

Davlatimiz rahbari o’z so’zlarida «Obod turmush yili» munosabati bilan qabul qilinadigan davlat dasturida O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ularning qadriga yetish va himoyalash tuyg‘ularini kuchaytirish, aholi farovonligini, uning real daromadlarini oshirish, bandlik masalasini yechish, davlat tomonidan beriladigan aniq manzilli ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish, inson salomatligini mustahkamlash vazifalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab o’tgan.

Rivojlangan mamlakatlar tajribalarining tahlilari shuni ko’rsatdiki, ijtimoiy xizmatni moliyalashtirish va rivojlantirishda davlatning va xususiy sektorning salmog’i, mamlakatlar va uning xizmat tarmoqlari orqali farqlanadi. Ta’lim, sog’liqni saqlash , ijtimoiy taminot kabi sohalarda davlat sektori hukumronlik o’rnini egallaydi. Bir xil mamlaktlar, ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlashda katta xususiy sektorga ahamiyat beriladi, shu bilan birga bozor iqtisodiyotida kam ta’minlangan aholiga ko’rsatilgan xizmatlarni xarajatlarini davlat to’laydi. G’arbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy xizmatni taminlashda qulaylikka va ijtimoiy adolatga asoslanadi, lekin barcha mamlakatlarda ijtimoiy sug’urta tizimi kafolatlari oldingi o’rinda turadi. Davlat aholining ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi, bepul xizmatlar shaklida bozor iqtisodiyotidagi kamchiliklarni mutadillashtiradi. Islohatlarning keyingi bosqichlarida aholini ijtimoiy himoya qilish va kam ta’minlangan oilalarga ko’maklashuv tizimi takomillashtirildi, aholini ijtimoiy himoyalashning tasirchan mehanizmi shakillantirildi, o’zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga muvofiq holda, yangi shakl-uslublar ishlab chiqildi va qo’shimcha manbalar topildi. Ushbu ilmiy ishda ijtimoiy sohalar xarajatlarini rejalashtirish, bu sohalarni moliyalashtirish mexanizmini malum

belgilangan mavzu chegarasida tahlil qilindi.




Download 94,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish