Moliya instituti


Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning iqtisodiy mohiyati



Download 1,31 Mb.
bet7/10
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#302203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shodiyeva

3. Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning iqtisodiy mohiyati.

Bugungi jahon iqtisodiyotidagi integratsiyalashuv va moliyaviy globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va aholi turmush farovonligining yuksalishi mamlakat moliya tizimining barqarorligiga va rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. Moliyaviy munosabatlarning markaziy bo‘g‘ini sifatida davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar moliya tizimida muhim o‘rin egallashidan kelib chiqqan holda bunday moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni o‘rganishda, avvallo umumiy moliyaviy munosabatlarni, korporativ moliya nazariyalarini puxta va har tomonlama o‘rganishimiz maqsadga muvofiqdir. Korporativ moliya nazariyalarini o‘rganish o‘z navbatida bizga korporativ moliyaviy munosabatlarni hamda ularni samarali tashkil etish yo‘nalishlarini ochib berishga keng imkoniyat yaratib beradi. Shundan kelib chiqqan holda fikrimiz avvalida korporativ moliya va umumiy moliyaviy munosabatlar xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Fikrimiz avvalida moliyaviy munosabatlarning o‘zi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim, deb o‘ylaymiz. Moliyaviy munosabatlar iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, turli darajadagi iqtisodiy tizimlar subyektlari o‘rtasidagi pulli munosabatlarni o‘zida aks ettiradi. Bunday moliyaviy munosabatlarga davlatlararo moliyaviy munosabatlar, korxonalararo moliyaviy munosabatlar, moliyaviy muassasalararo moliyaviy munosabatlar, aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar, davlat va korxona o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar, davlat va aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar va hokazolar kiradi.

Korporativ moliyaviy munosabatlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tashkil etish mexanizmi, korporativ moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish, xususida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi iqtisodchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Shundan kelib chiqqan holda ayrim iqtisodchi olimlarning korporativ moliya va umumiy moliyaviy munosabatlarga qaratilgan ilmiy qarashlarini keltirib o‘tamiz. Bu o‘z navbatida ilmiy tadqiqot ishi mavzusining iqtisodiy mohiyati ochilishiga xizmat qiladi. Frantsiyalik professorlar Pierri Vernimmen, Paskal Kuiri, Maurizo Dallochio, Yaan Le Fur va Antonio Salvilar ham muallifligida tayyorlangan “Korporativ moliya: nazariya va amaliyot” nomli darslikda - “Korporativ moliya, bu – pul oqimlari va boylikni ko‘paytirish konsepsiyalariga tayanadi, korporativ moliyada eng asosiy masala pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymatlarini aniqlash hamda kompaniya kapitalini oshirish bo‘lib hisoblanadi4” – deb, keltirilgan.

Amerikalik iqtisodchi olimlar R.Breyli, S.Mayers va F.Allenlar hammuallifligida tayyorlangan “Korporativ moliya printsiplari” nomli darslikda, “Korporativ moliya – kompaniya biznes qiymatini oshirishga yo‘naltiriladigan pulli munosabatlardir, korporativ moliyaning bosh maqsadi esa kompaniya biznes qiymatini maksimallashtirish”5, - deya ta’riflar keltirilgan.

Rossiyalik iqtisodchi olim Yu.M.Chebotar o‘z ilmiy tadqiqot ishlarida - “Korporativ moliya (korporatsiya moliyasi) xo‘jalik subyektlari va(yoki) ularning birlashmalari moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish jarayonida yuzaga keladigan pulli munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi”6- deya, o‘ziga xos ta’rif keltirib o‘tadi.

Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi.

N.Tursunova tomonidan korporativ moliyaga alohida e’tibor qaratilgan, ya’ni “Korporativ moliya esa bevosita korporativ tuzilmalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni qamrab oladi”7.

Yuqorida keltirilgan iqtisodchi olimlarning fikrlarini o‘rganib chiqqan holda korporativ moliyaning mohiyatini quyidagicha ifodalash lozim deb hisoblaymiz: “Korporativ moliya – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning korporativ shakldagi tuzilmalarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga erishish hamda ta’sischilar kapitalini oshirishni ta’minlash uchun turli pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pulli munosabatlar yig‘indisidir”.

Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar tizimi haqida fikr yuritilganda, avvalo davlat moliyasi va korporativ moliya va ular har ikkalasining umumiy moliyadagi tarkibiy tuzilishi ko‘z oldimizga keladi. Korporativ moliya va davlat moliyasi umumiy moliya tizimining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Krassimir Petrov o‘zining “Financial management” nomli video ma’ruzasida8 moliyaning tarkibiga korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot, investitsiya, uy xo‘jaligi moliyasi va davlat moliyasi kiritilishini ta’kidlab o‘tadi. Bizning fikrimizcha esa moliya o‘z ichiga davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va uy xo‘jaligi moliyasini oladi. Investitsiya esa ulardan har birining tarkibida mavjuddir.

Davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va uy xo‘jaligi moliyasining har biri har doim bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda o‘zaro moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy iqtisodiyot umumiy iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga moliya bozori, moliya institutlari, moliyaviy instrumentlarni oladi. Mamlakatimizda moliyaviy iqtisodiyot tushunchasi o‘rnida ko‘p holatlarda moliyaviy sektor tushunchasi qo‘llaniladi.

Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimining samarali tashkil etilishi, ayniqsa korporativ moliya subyektlari tomonidan puxta o‘ylangan qarorlarning qabul qilinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan barcha moliyaviy muammolarni hal etishda korporativ tuzilma egalari, davlat ulushiga ega korxonalarda esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy tangliklarni bartaraf etishda korporativ tuzilma egalari qatorida davlat ham ishtirok etadi.

Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, korxonalar va davlat o‘rtasidagi soliq munosabatlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Korxonalar va davlat o‘rtasidagi soliq munosabatlari korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumdan tortib, to sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lanishi bilan xarakterlanadi.

Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarni tadqiq etishda soliqlar va investitsiyalar bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga e’tibor qaratilgan.

Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, soliq munosabatlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu bo‘yicha Q.Yaxyoyev nafaqat korporativ tuzilmalar, balki barcha soliq to‘lovchilar va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar haqida to‘xtalib, “soliq to‘lovchi va davlat o‘rtasida bu yerda qarama-qarshi manfaat yotadi. Davlat iloji boricha o‘z xizmatlari uchun ko‘p soliq olishni istaydi, to‘lovchilar esa iloji boricha kam soliq to‘lashni istaydi”9 – deya, ta’kidlab o‘tadi. Demak, davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi soliq munosabatlarini o‘rganish, bundagi qarama-qarshiliklarni samarali tartibga olish, ham korporativ tuzilmalar ham davlat manfaatlariga salbiy ta’sir etmaydigan soliqqa tortish mexanizmlarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ham kelgusida soliq munosabatlarining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan ushbu Farmonga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash, xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan fuqarolarning majburiy sug‘urta badallaridan ozod etish belgilandi. Bu esa, o‘z navbatida, korporativ tuzilmalarda zamonaviy boshqaruv uslublarining joriy etilishiga hamda korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarning samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi.



Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish